O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti mustaqil ish mavzu
O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tish
Download 1.36 Mb. Pdf ko'rish
|
Mustaqil ishi -Axmedova Maftuna
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi.
- 2.Davlat — bosh islohotchi.
O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tish
kontseptsiyasi O’zbekistonning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, uning bozor i qtisodiyotiga o’tish kontseptsiyasi ishlab chiqildi. Bu kontseptsiya Prezidentimiz I. A. Karimovning qator asarlarida, Oliy Majlis qabul qilgan qonunlar va qarorlarda o’z ifodasini topgan. «O’zbekiston modeli»ning o’ziga xos tomoni, boshqa mamlakatlarning bozor iqtisodiyotiga o’tish modellaridan farqi bozor iqtisodiyotiga o’tish tamoyillarida o’z aksini topgan. Bu tamoyillarning asosiy mazmuni quyidagilardan iborat: 1. Iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi. Bu tamoyilga binoan iqtisodiyotni m afkuradan batamom xoli qilish, uning siyosatdan yuqori turishi ta’kidlanadi. Lekin shuni eslatish kerakki, mafkuradan batamom xoli qi-lish , bu umuman mafkuradan voz kechishni anglatmaydi, chunki birorta ham jamiyat ijtimoiy ongning san’at, din, siyosat,axloq kabi turli shakllarda mujassamlashgan muayyan g’oyalar, tasavvurlar, tushunchalardan tashqari rivojlana olmaydi. 2.Davlat — bosh islohotchi. Yangi jamiyat qurish davrida, ayniqsa o’tish bosqichida davlat iqtisodiyotni boshqarish jilovini qo’ldan bermasligi zarur. Davlatning boshqaruvchilik roli iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning yana bir g’oyat muhim shartidir.O’tish davrida davlatning iqtisodiyotdagi roliga yangicha yondashib, islohotlarni keng jamoatchilik ishtirokida davlat ishlab chiqqan dasturlar asosida , uning bevosita ishtiroki va rahbarligida amalga oshirish zarur. Bozor islohotlari umumiqtisodiy, umummilliy o’zgarishlar bo’lganidan uni ayrim jamoa, siyosiy partiya, jamoat tashkilotlari amalga oshira olmaydi, chunki ular shu guruh manfaatlarini himoya qilish bilan cheklanib qolishlari mumkin. Davlat esa jamiyat barcha a’zolari manfaatlarini ifodalaydi, shu manfaatlarni amalga oshirishni ko’zlaydi.Iqtisodiyot sohasida amalga oshirilayotgan o’zgarishlar, hal qilinayotgan vazifalarning serqirraligi, bozorni shakllantirishga qaratilgan aniq chora- tadbirlarning murakkabligi bilan ajralib turadi. Bu jarayon iqtisodiyotni boshqarishni tashkil etish, bozor infrastrukturasini yaratish, jahon iqtisodiyotiga qo’shilish bilan bog’liqdir. Boshqarishni qayta tashkil etish sohasida markazlashtirilgan tartibda ish ko’ruvchi davlat tuzilmalarini tugatib, bozor iqtisodiyotiga xos tuzilmalar barpo qilishga kirishildi. Davlat reja qo’mitasi tugatilib o’rniga Davlat istiqbolni belgilash va statis- tika qo’mitasi tuzildi.Keyinchalik, u Makroiqtisodiyot vazirligiga aylantirildi. Davlat ta’minot qo’mitasi Respublika ulgurji va birja savdosi aktsiyadorlik jamiyati bilan almashtirildi. Davlat narx qo’mitasini batamom tugatish asosida Moliya vazirligi tizimida maxsus Demonopoliyalash va monopol narxlar ustidan nazorat qilish Bosh boshqarmasi tashkil etilib, u 1996 yilda Antimonopol qo’mitaga aylantirildi. Bank tizimida ham katta o’zgarishlar yuz berdi. Qisqa muddat ichida Davlat s oliq qo’mitasi va davlat bojxona qo’mitasi tashkil etildi.Ko’p ukladli iqtisodiyotni rivojlantirishda tashkil etilgan Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash Davlat qo’mitasining rag’batlantiruvchi ahamiyati katta. Davlat bozor iqtisodiyotining qaror topishiga zarur sharoit yaratar ekan, mulkchilikning turli shakllari, raqobatchilikni vujudga keltirilishiga alohida ahamiyat beradi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida jamiyatda yuz berayotgan tabaqalanish natijasida odamlarning hayot kechirishida katta farq bo’lishining oldini oladi. Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling