O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti mustaqil ish mavzu


O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tish


Download 1.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/29
Sana05.04.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1276766
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29
Bog'liq
Mustaqil ishi -Axmedova Maftuna

O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tish 
kontseptsiyasi
 
O’zbekistonning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, uning bozor
i
qtisodiyotiga o’tish kontseptsiyasi ishlab chiqildi. Bu kontseptsiya Prezidentimiz
I. A. Karimovning qator asarlarida, Oliy Majlis qabul qilgan qonunlar va qarorlarda 
o’z ifodasini topgan. «O’zbekiston modeli»ning o’ziga xos tomoni, boshqa 
mamlakatlarning bozor 
iqtisodiyotiga o’tish modellaridan farqi bozor iqtisodiyotiga 
o’tish tamoyillarida o’z aksini topgan. Bu tamoyillarning asosiy mazmuni 
quyidagilardan iborat: 


1. Iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi. 
Bu tamoyilga binoan iqtisodiyotni 
m
afkuradan batamom xoli qilish, uning siyosatdan yuqori turishi ta’kidlanadi. 
Lekin shuni eslatish kerakki, mafkuradan 
batamom xoli qi-lish
, bu umuman 
mafkuradan voz kechishni anglatmaydi, chunki birorta ham jamiyat ijtimoiy 
ongning san’at, din, siyosat,axloq kabi turli shakllarda mujassamlashgan muayyan 
g’oyalar, tasavvurlar, tushunchalardan tashqari rivojlana olmaydi. 
2.Davlat 
bosh islohotchi. Yangi jamiyat qurish davrida, ayniqsa o’tish 
bosqichida 
davlat iqtisodiyotni boshqarish jilovini qo’ldan bermasligi zarur. 
Davlatning boshqaruvchilik roli iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning yana bir 
g’oyat muhim shartidir.O’tish davrida davlatning iqtisodiyotdagi roliga yangicha 
yondashib, islohotlarni keng jamoatchilik ishtirokida davlat ishlab 
chiqqan dasturlar 
asosida
, uning bevosita ishtiroki va rahbarligida amalga oshirish zarur. Bozor 
islohotlari umumiqtisodiy, umummilliy o’zgarishlar bo’lganidan uni ayrim jamoa, 
siyosiy partiya, jamoat tashkilotlari amalga oshira olmaydi, chunki ular shu guruh 
manfaatlarini himoya qilish bilan cheklanib qolishlari mumkin. Davlat esa jamiyat 
barcha a’zolari manfaatlarini ifodalaydi, shu manfaatlarni amalga oshirishni 
ko’zlaydi.Iqtisodiyot sohasida amalga oshirilayotgan o’zgarishlar, hal qilinayotgan 
vazifalarning serqirraligi, bozorni shakllantirishga qaratilgan aniq chora-
tadbirlarning murakkabligi bilan ajralib turadi. Bu jarayon iqtisodiyotni 
boshqarishni tashkil etish, bozor infrastrukturasini yaratish, jahon iqtisodiyotiga 
qo’shilish bilan bog’liqdir. 
Boshqarishni qayta tashkil etish sohasida markazlashtirilgan tartibda ish 
ko’ruvchi davlat tuzilmalarini tugatib, bozor iqtisodiyotiga xos tuzilmalar barpo 
qilishga kirishildi. Davlat reja 
qo’mitasi tugatilib o’rniga Davlat istiqbolni belgilash 
va statis-
tika qo’mitasi tuzildi.Keyinchalik, u Makroiqtisodiyot vazirligiga 
aylantirildi. Davlat ta’minot qo’mitasi Respublika ulgurji va birja savdosi 
aktsiyadorlik jamiyati bilan almashtirildi. Davlat narx qo’mitasini batamom tugatish 
asosida Moliya vazirligi tizimida maxsus Demonopoliyalash va monopol narxlar 
ustidan nazorat qilish Bosh boshqarmasi tashkil etilib, u 1996 yilda Antimonopol 
qo’mitaga aylantirildi. Bank tizimida ham katta o’zgarishlar yuz berdi. Qisqa 
muddat ichida Davlat s
oliq qo’mitasi va davlat bojxona qo’mitasi tashkil etildi.Ko’p 
ukladli iqtisodiyotni rivojlantirishda tashkil etilgan Davlat mulkini boshqarish va 
tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash Davlat qo’mitasining rag’batlantiruvchi ahamiyati 
katta. Davlat bozor iqtisodiyotining qaror topishiga zarur sharoit yaratar ekan, 
mulkchilikning turli shakllari, raqobatchilikni vujudga keltirilishiga alohida 
ahamiyat beradi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida jamiyatda yuz berayotgan 
tabaqalanish natijasida odamlarning hayot kechirishida katta 
farq bo’lishining oldini 
oladi. 

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling