4.Bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida kuchli ijtimoiy siyosat yuritish.
Respublikaning nufuzi, tarixiy-madaniy xususiyatlarini albatta hisobga olgan
holda kuchli
ijtimoiy siyosat o’tkazish, aholining kam ta’minlangan tabaqalarini,
qariyalar va bolalarni himoya qilish lozim.
«Demografiya sohasidagi real ahvolni,
aholining mavjud turmush darajasini hisobga olgan holda bozor munosabatlariga
o’tish bilan bir qatorda odamlarni ijtimoiy himoyalash sohasida kuchli chora-
tadbirlarni oldindan amalga oshirish kerak. Ijtimoiy himoya-lash va kafolatlarning
kuchli, ta’sirchan mexanizmi mavjud bo’lgandagina, ijtimoiy-siyosiy 1 Karimov I.
A. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida. T.,«O’zbekiston»
1995y., 32-bet barqarorlikni saqlagan holda bozor iqtisodiyoti sari tinimsiz
rivojlanib borishni ta’minlash mumkin.»
«O’zbekiston modeli»ning eng muhim jihatlaridan biri unda aholini ijtimoiy
himoya
qilishga alohida ahamiyat berilishidir. Bozor iqtisodiyotiga o’tishdan asl
maqsad insonlarning
hayoti farovon bo’lishini ta’minlash uchun sharoit yaratishdir.
Lekin
bozor iqtisodiyotiga o’tish bir qator ijtimoiy muammolarning vujudga kelishi
bilan
— jamiyatning tabaqalashuvi, inflyatsiya, ishsizlik, turmush darajasining
pasayishi, ijtimoiy ziddiyatlarning keskinlashuvi bilan birga yuz beradi. Shunday
sharoitda aholi turmush darajasining haddan tashqari pasayib
ketishiga yo’l
qo’ymaslik uchun uni ijtimoiy himoya qilishga alohida e’tibor qaratiladi.
Ijtimoiy
siyosat har
bir jamiyatning o’ziga xos ijtimoiy himoya qilish mexanizmiga
asoslanadi. O’tish davrida ijtimoiy himoyalashning o’tkinchi mexanizmi amal
qiladi. Davlat va nodavlat mexanizm-lari birikib, aholining ijtimoiy himoyasini
birgalikda amalga oshiradilar. Ximoya byudjet va byudjetdan tashqari moliyaviy
manbalar hisobidan ta
’minlanadi.
Kuchli ijtimoiy yo
’naltirilgan siyosatning mohiyati shundaki, davlat butun
jamiyatni aniq ishlab chiqilgan, ya
’ni bozor munosabatlariga o’tishdagi
qiyinchiliklarni yumshatadigan ijtimoiy himoya tizimi bilan qamrab olishga harakat
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |