Uchinchi bo‘lim - «Ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigiyenasi»da ishlab chiqarish binolari va ish joylari havosining ifloslanish sabablari, havo tarkibidagi zararli moddalarni me’yorlashtirish, sanitar me’yorlar va talablar, zararli va zaharli moddalarning ruxsat etilgan miqdorlari, ish joylari havosi tarkibini me’yorlashtirish, shamollatish va isitish sistemalari, shovqin va titrashlar, ularning inson sog‘ligi va mehnat qobiliyatiga ta’sirini kamaytirish hamda ulardan himoyalanish usullari, yoritilganlik va uning me’yorlari, ionli va radioaktiv nurlanishlardan himoyalanish yo‘llari, korxonalar va ishlab chiqarish binolari, shuningdek, turar joy va aholi yashash joylariga qo‘yilgan sanitar- gigiyenik talablar, shaxsiy gigiyena kabi masalalar o‘rganiladi.
To‘rtinchi bo‘lim – “Xavfsizlik texnikasi asoslari” da mashina va mexanizmlarning ish jarayonlariga qo‘yilgan umumiy xavfsizlik talablari, xavfsizlikni ta’minlovchi texnik vositalar (to‘siqlar, saqlash qurilmalari, tormozlar, signallar, xavfsizlik belgilari), ishlab chiqarishdagi mashina va mexanizmlardan foydalanishda xavfsizlik texnikasi, elektr xavfsizligi, texnik vositalar, mashina va mexanzmlar hamda qurilmalarni ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatishda xavfsizlik texnikasi, yuk ko‘tarish-tushirish mashinalari va qurilmalari bilan ishlashda, transport ishlarini amalga oshirishda, bosim ostida ishlovchi idishlar va qurilmalardan foydalanishda, sovutuvchi suyuqliklar (freon, ammiak va b.) va zaharli kimyoviy moddalar bilan ishlashda, neft va gaz quduqlarini burg‘ulash, neft va gaz quduqlaridan foydalanish, neft va gazni tashish hamda saqlashda xavfsizlik texnikasi kabi masalalar o‘rganiladi.
Beshinchi bo‘lim – “Yong‘in xavfsizligi”da yong‘in xavfsizligi bo‘yicha umumiy talablar, yonish jarayonining mohiyati, yong‘in va portlash sabablari, materiallarning yonish va portlash xususiyatlari bo‘yicha tasniflanishi, ishlab chiqarishni portlash, yonib-portlash va yong‘in xavfliligi bo‘yicha kategoriyalari, yong‘in zonalari, yon-g‘indan himoyalanish tizimlari, binolar va inshootlarning yong‘inga mustahkamligi va chidamligi bo‘yicha tasnifi, o‘t o‘chiruvchi vositalar, yong‘inga qarshi suv ta’minoti, o‘t o‘chirgichlar va o‘t o‘chirish texnikalari, yong‘inni o‘chirishni tashkil etish, yong‘in aloqasi va signalizatsiyasi, yong‘in vaqtida evakuatsiya ishlarini tashkil etish kabi masalalar o‘rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |