Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Menejment barcha fak. keyslar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Global strategiya.
- Birlamchi evropa tresti.
- YApon strategiyasi
- Ikkinchi evropa tresti.
- AKSH va Kanada urtasidagi erkin savdo tugrisidagi kelishuv.
- Meksikaning kushilishi.
Savollar: 1.AKSH agar chet el rakobatchilariga bardosh berolmagan takdirda uz pulat sanoatini davom ettirishi kerakmi eki yukmi? 2.AKSH chet el ishlab chikaruvchilarga past narxlarda eksport kilishga ruxsat berish kerak mi eki yukmi? 3.AKSHning pulat kuyish tashkilotlari chet el rakobaichilariga nisbatan uz rentabelligini kutara oladimi eki yukmi? 4. AKSH xukumati uz ishlab chikaruvchilariga chet el rakobatchilari bilan kurashishda kanday usullarda erdam berishi mumkin
70-yillarning oxirida kelib chikishi ingliz bulgan Uilfred Korrigan, «Feyrchayld Kamera end Instrument» (Fairchild Camera & Instrument) firmasi boshkaruvi raisi va prezidenti, firmani SHlyumberje korporatsiyasiga sotdi. Oradan taxminan bir yil utgach, 1980 yilning noyabrida u boshkaruv idorasi Kaliforniya shtatining Malpitas shaxrida joylashgan, buyurtma buyicha loyixalangan mikrosxemalar ishlab chikaruvchi «ElEsAy Lodjik» (LSI Logic) korporatsiyasini tuzdi. Janob Karriganning buyurtma buyicha mikrosxema ishlab chikarish fikri usha paytda noodat tuyulgan bulsada, u «Feyrchayld»dagi obrusidan foydalanishga xamda AKSHdagi bir kancha kapital egalarini yangi firmaning rivojlanishiga 7 million dollar kiritishlariga erishdi. Usha paytda uning kompaniyasida fakat turt kishigina ishlardi. Lekin shunga karamay Korrigan ikkita asosiy muammo - maxsulotni tanlab olish va boshlangich mablagni topish muammosini echganligi sababli, firmaning usishi uchun mustaxkam poydevor borligi yakkol kuzga tashlanardi. Endi Korrigan «Lodjik» firmasi butun dunyoda mijozlarga kanday xizmat kursatishi, ishlab chikarishni kengaytirish uchun kerak buladigan mablagni kaerdan va kanday kilib topishi kerakligini xal kilishi kerak edi. Global strategiya. Janob Korrigan «Feyrchayld»dagi ish tajribasidan mikrosxema ishlab chikaruvchi firma mijozlar bilan ishlash xamda ishlab chikarishni joylashtirish tugrisida global tarzda fikr yuritishi kerakligini bilardi. U tezda muvaffakiyatga erishish uchun uchta muxim iktisodiy xudud - YAponiya, AKSH va Evropaga e‘tibor karatish kerak deb karor kildi va buni uzining «global triada strategiyasi» deb atadi. Umumiy strategiyaning asosiy tashkiliy davri bu ishlab chikaruvchi xamda iste‘mol kiluvchi davlatlarda bir vaktning uzida «Lodjik» firmasi va maxalliy investorlarga tegishli bulgan kushma korxonalar ochish bulib, bunda «Lodjik» bu korxonalar chikargan aksiyalarining kontrol paketiga ega bulishi kerak edi. Firmaning xar bir davlatdagi filiallari faoliyati nisbatan mustakil bulsada, ularni umumiy texnologiyalar, pul mablaglari va boshkaruv birlashtirib turardi. Bu uzaro bogliklikdan foyda olish imkonini berardi. Lekin shu bilan birga muayyan bozorning talablarini kondirishga etarli darajada erkinlik koldirardi. Birlamchi evropa tresti. Korrigan operatsiyalarni amalga oshirishni boshlashi bilan kushimcha daromad manbalarini izlashga tushdi. Bu ishda asosiysi kerakli summani eng kam kiyinchilik bilan, tugri narxlarda topishdir. 1982 yilning fevralida, AKSH risk kapitali kompaniyaning ish boshlashiga imkon bergandan ikki yildan sal kuprok vakt utgach, «Lodjik» firmasi xuddi shunday kapital topish maksadida uz nigoxini Evropaga karatdi. Izlangan mablag 10 million dollar mikdorida AKSHning aksiyalari bilan kizikuvchi evropalik investitsion firmalarda, asosan Buyuk Britaniyada topildi. «Lodjik» uz takliflari uchun xar bir aksiyaga urtacha 7 dollardan oldi. Bir yil oldin kompaniya tuzilgan paytda esa xar bir aksiyaga 0,9 dollar turardi.
Kushma SHtatlardagi firmasini korporatsiyaga aylantirdi. Uning aksiyalari keng ommaga xam tavsiya etildi va shu yul bilan 162 million dollardan oshik mablag jalb kilindi, aksiyalarning narxi esa xar bir donasi uchun 21 dollargacha kutarildi. Bu Evropadagi natijalarga karaganda ancha katta kadam buldi xamda bu safar investorlarning ilgor texnologiyalarga kizikishlari kuchayib borayotganidan dalolat berdi. YApon strategiyasi. Evropa va AKSHda muvaffakiyatga erishilgan bulsada, xali Korrigan triadasining uchinchi kismi – YAponiya bor edi. Korrigan usha paytda YAponiyaning (keyinchalik esa butun dunyoning) eng yirik brokerlik firmasi «Nomura Sekyuritiz» uz mijozlari uchun «Lodjik»ning yirik aksiyalar paketini sotib olganini anikladi. Ushbu axborotdan ilxomlangan Korrigan «Nomura» firmasining raxbariyati bilan uchrashib, keyingi kadam kanday bulishini aniklash maksadida YAponiyaga otlandi. Tashrif davomida muzokaralardan sung Korrigan YAponiyadagi faoliyatni boshlashga karor kildi. Uzining boshka xududlarda kullagan strategiyasiga amal kilgan Korrigan YAponiyada firmaning «ElEsAy Lodjik» shu‘ba korxonasini tashkil kildi. Korxona kapitalining 70 foizi firmaga, 30 foizi esa 25 ta maxalliy yapon investorlariga tegishli edi. YAngi korxona aksiyalarining katta kismiga jaxonda sugurta korxonalari orasida yirikligi jixatidan «Prudenshel» (Prudential) va «Metropoliten Layf» (Metropolitan Life)dan keyingi uchinchi urinda turuvchi «Nippon Layf Inshurans Kompani» (Nippon Life Insurance Company) ega buldi. YAngi investitsiyalar «ElEsAy Lodjik» ayni muxtoj bulib turgan narsa edi. SHu tarika Korrigan YAponiyadagi iste‘molchilar bozoridan tashkari yapon kapital bozoriga xam chikdi. YApon firmasi xisoblanuvchi «ElEsAy Lodjik K.K» va uning filiali «Nixon Semikondaktor Ink». (Nihon Semiconductor Inc.) yapon banklarida kredit liniyalari ochish imkoniyatiga ega buldilar. «Lodjik»ga kapital bozoriga yul ochish xamda firmaning YAponiyadagi obrusini oshirish maksadida Korrigan usha paytda YAponiyadan tashkarida ishlayotgan «EnISi» (NEC Corp) korporatsiyasining raxbar xodimlaridan biri Keyski Avatuni ishga kabul kildi. Janob Avata «Lodjik» firmasiga «yapon obrazi»ni berdi va moliya dunyosining kerakli eshiklari ochilishiga uz xissasini kushdi. Natijada «Lodjik» Kushma SHtatlardagi 9 foizli stavka urniga maxalliy 6 foizli stavkali kredit liniyasini olishga erishdi. Ikkinchi evropa tresti. Firmaning YAponiyadagi faoliyati yulga kuyilgach, Korrigan uz nigoxini yana Evropaga karatdi. U kuxna kit‘ada yangi kompaniya ochishni rejalashtirgan bulib, kompaniyaning tizimi kanday bulishini xal kilish masalasini echishi kerak edi. Kompaniyani AKSHdagi asosiy korxonaning filiali yoki evropa kompaniyasi sifatida tashkil kilish mumkin edi. Birinchi xolda kompaniya amerika kapitalidan foydalanar edi xamda firma
tomonidan nazorat kilinar va ximoyalanardi. Korrigan ikkinchi yulni tanladi va «ElEsAy Lodjik Ltd» kompaniyasini tashkil kilishda AKSHda joylashgan kimmatbaxo kogozlar buyicha yirik firma «Morgan Stenli end Ko». (Morgan Stanley & Co) ning yordamidan foydalandi. Firma yangi kompaniya kapitalining 82 foizini saklab koldi, kolgan kismi esa xususiy takliflar asosida evropalik investorlarga sotildi. Bu investorlardan biri garbiy germaniyadagi beshta bankning risk kapitali manbai edi. Korriganning evropa kompaniyasini tashkil kilish yuli bilan aksiyalarni kimmatrok narxda sotib kuprok pul topish mumkinligiga xamda evropalik mijozlar bilan ishlashda «ElEsAy Lodjik Ltd» amerika firmasining oddiy filialiga nisbatan kuprok muvaffakiyat kozonishiga ishonchi komil edi.
«ElEsAy Lodjik» obligatsiyalar tarkatdi. Obligatsiyalarning 23 million dollar mikdoridagi birinchi chikarilishi jaxonning eng yirik banklaridan biri - SHveysariya bank korporatsiyasi (Swiss Bank Corp.) – tomonidan chikarildi. Obligatsilar oddiy aksiyalarga konvertatsiya kilingan ikkinchi chikarilishi «Morgan Stenli» va «Prudenshel-Beych Kepitel Fanding» (Prudential- Bache Capital Funding) tomonidan chikarildi. «Lodjik» uchun evropa obligatsiyalar bozorining ikkita muxim tomoni mavjud edi: past narx (Kushma SHtatlarda taklif kilingan foiz stavkalariga nisbatan ancha past stavkalar) xamda ancha kiska muddat ramkalari. «Lodjik» firmasi Kushma SHtatlarning kimmatbaxo kogozlar va birjalar Komissiyasi tomonidan belgilangan koidalarni bajarishga majbur bulmagani sababli obligatsiyalarni investorlarga qisqa fursatda sotishning uddasidan chikdi. Firma kapitalining sezilarli kismini xorij bozorida yiqqan bulsada (1982 yildan 200 million dollardan ortik), uzini valyuta riskiga uchrashga yul kuymagan. Uning faoliyati global masshtabda daromad olish imkonini berib, moliyaviy majburiyatlar shu yul bilan koplanardi. Bundan tashkari, «ElEsAy Lodjik»ning shu‘ba korxonalari xorijiy korporatsiyalarning filiali emas, maxalliy korporatsiya sifatida tashkil kilingani sababli maxalliy kredit bozori bilan alokalarida muammo yuk edi.
1. «ElEsAy Lodjik» firmasi xalkaro kapital bozorida kanday usullardan foydalangan? Moliyaviy vositalarni aloxida kurib chiking (maxalliy va xorijiy bozirlar, evropa bozori va xokazo). 2.Nima uchun firma nafakat AKSH bozordan foydalandi? 3. Firmaning tashkiliy strategiyasi kapitalni jalb kilish strategiyasi bilan kanday tarzda kelishgan? Keys «Shimoliy Amerika erkin savdo xududi» 1990 yilning 26 sentyabrida bir necha oylik norasmiy va asosan yashirin muzokaralardan sung AKSH prezidenti Bush Kongressdan 1991 yilda Meksika bilan bulib utadigan savdo tugrisidagi muzokaralarni boshlashga vakolat berilishini suradi. Muzokaralar natijasida AKSH bilan Meksika urtasida erkin savdo tugrisidagi kelishuv imzolanishi kerak edi. Birok kanadaliklar xam (ularning AKSH bilan erkin savdo tugrisidagi kelishuvi bor edi), amerikaliklar xam bu kadamning makbulligi xakida o‗ylanib kolgandilar. Ishning moxiyatiga kura, erkin savdo xududiga kiruvchi uchala mamlakatning axolisi va YAMM birgalikda Evropa Xamjamiyatining xuddi shunday kursatkichlarilan ustun kelishi xamda YAponiyaning Osiyodagi mavkeini cheklashi kerak edi. SHunisi kizikki, AKSH axolisi ushbu xudud axolisining 69 foizini, Evropa Xamjamiyatining eng yirik a‘zosi Germaniya axolisi esa EX axolisining atigi 19 foizini tashkil kiladi. Masalan, 1989 yilda AKSHning Kanadaga eksporti 80,451 mlrd. dollarni, Kanadadan import esa (yoki Kanadaning AKSHga eksporti) — 88,960 mlrd. dollarni tashkil kildi. Kanada bilan Meksikaning savdo ayirboshlashi nisbatan kichikligini kursatib utish mumkin: 1990 yilda 2,6 mlrd. dollarni tashkil kildi.
YUkorida kayd kilingan uch mamlakat ishtirokidagi erkin savdo xududi ularni energiya resurslarining chetdan keltirilishiga karam bulishdan ozod kildi. Xar bir mamlakatdagi ishlab chikaruvchilar boshka ikki davlatning bozorlarida xech kanday cheklashlarsiz ishtirok etishlari mumkin. Kanada va Meksikaning kishlok xujaligi va sanoati AKSHda ishlab chikilgan texnologik jarayonlardan foydalanish sababli yutukka erishishlari kerak. Zamonaviy texnologiyalarning tarkalishi ayniksa Meksika uchun juda kulaydir. CHunki buning natijasida xozirgi paytda juda yukori darajadagi ishsizlikning kamayishiga erishish mumkin.
ikki mamlakatning iktisodiy xamkorligi turli kurinishga ega bulgan. 1965 yildan beri avtomobil sanoati maxsulotlari savdosi tugrisidagi Kelishuvga amal kilib kelinmokda. Kelishuvda ikkala tomon vakillari ushbu tarmok maxsulotlarining belgilangan turlari bilan bojxona tulovisiz savdo kilishlari kuzda tutilgan. 80-yillarning boshida kora metallurgiya va tekstil sanoati maxsulotlari bilan erkin savdo kilish imkoniyatlari muxokama kilingan. Bu esa uz navbatida ikki mamlakat urtasida savdoni umuman erkin tarzda olib borish imkoniyatlarini kurib chikishga turtki bulgan. 1987 yilda bulib utgan muzokaralarda savdodagi cheklashlarni umuman olib tashlash tugrisida fikr yuritilgan. AKSH Kanada xukumatining uz korxonalariga berayotgan subsidiyalari xajmining ortishidan, shuningdek sezilarli darajadagi investitsion resurslardan xavotirda edi. Kanada esa, uz navbatida, amerikalik ishlab chikaruvchilarni kanadalik rakobatchilardan ximoya kiluvchi konunlarni bekor kilinishini talab kilgan. Kanadaliklar savdodagi muammolarni echish uchun amerikaning tenglashtiruvchi kompensatsion bojlari va dempingga karshi konunlaridan kura xalkaro tribunalga murojaat kilishni afzal xisoblardilar. Amerika bozoriga kirishda engilliklarga erishgandan sung kanadalik ishlab chikaruvchilar ishlab chikarish masshtabining usishi tufayli xarajatlarni 20 foizga kamayishiga umid kilishlari mumkin edi. Dastlabki muxokamalar 1989 yilning 1 yanvaridan kuchga kirgan AKSH va Kanada urtasidagi erkin savdo tugrisidagi Kelishuvning imzolanishiga yul ochib berdi. Lekin shundan sung xam ba‘zi bir xavfsirashlar, koldiki, ularni kanadaliklar kuyidagicha izoxladilar: 1) mamlakat uz madaniyatining takrorlanmasligini yukotadi; 2) zuravonlik xukmronlik kilayotgan jamiyat bilan boglanib koladi; 3) tezligini yukotayotgan poezdning oxirgi vagoni bulib koladi; 4) tashki siyosat yuritishda mustakillikni yukotadi; 5) Kushma SHtatlar tomonidan siyosiy va iktisodiy jixatdan ezib tashlanadi. AKSHda, ayniksa Urta Garbda, ba‘zi bir siyosatchilar maxsulotlarning katta kismi Kanadaga ketib kolishidan xavfsiragan. Ikki davlat bozorining kengayishi natijasida dinamik effektlar tufayli AKSHda 750 mingta, Kanadada 150 mingta kushimcha ishchi urni paydo bulishi taxmin kilingandi. Mutaxassislarning ba‘zilari yirik masshtabli ishlab chikarishning AKSHga kuchishini, ba‘zilari esa Kanadaga kuchishini bashorat kilardilar. Birok ikkala bozorda Evropa Xamjamiyatidagiga nisbatan tovar cheklanishlari kamligi sababli 15 foizdan kattarok xajmdagi bozor tashkil kilishi kerak edi. YUkorida eslab utlganidek, AKSH va Kanada urtasidagi savdo ayirboshlashi jaxondagi ikkitomonlama savdo munosabatlarining eng yirigi xisoblanadi. Kanada — AKSHning birinchi rakamli savdo sherigi bulib, importning 20 foizini, ya‘ni Evropa Xamjmiyatidan bir oz kam kismini tashkil kiladi. AKSH —Kanadaga eng kup tovar etkazib beruvchi davlat bulib, importning 70 foizini amerika tovarlari tashkil kiladi (Kanada eksportining 78 foizi esa AKSHga yuboriladi). Garchi Amerikaning Kanadaga eksportining 73 foizi kelishuv imzolanmasidan oldin xam bojxona tulovisiz amalga oshirilgan bulsada, erkin savdo tugrisidagi Kelishuvda 1998 yilga kelib barcha cheklashlarni yuk kilish kuzda tutilgan edi. SHu bilan bir paytda xar bir davlat uzining tashki tariflarini mustakil ravishda belgilashi mumkin edi. Ikki tomonlama munosabatlarning butunligini saklab kolish maksadida erkin savdo tugrisidagi Kelishuvda kelib chikish koidalari, ya‘ni chegarani kesib utganda maxsulot ishlab chikarilgan joy kursatilishi kuzda tutilgan. SHu yul bilan Kelishuvda kursatilmagan tovarlarning bir davlatdan ikkinchisiga utishining oldini olish maksad kilingan edi. Etkazib berishda boshka davlatlik eksportchilar katnashishi mumkin bulgan
tovarlar ruyxati
xam kengaytirilgan. Kelishuv imzolangunga kadar xam
investitsiyalarning ikki tomonga utishi katta bulgan (1988 yilda 79 mlrd. dollar) xamda xizmat kursatish keng tarkalgan bulsada, unda investitsiya jarayonini erkinlashtirish xamda amerika firmalarini Kanada bozoriga, kanada firmalarini Amerika bozoriga kirishini engillashtirish kuzda tutilgan edi. Kelishuvda muammoli vaziyatlarni xal kilish mexanizmi krsatilgan. Bu mexanizmga kura savdo komissiyasi tashkil kilinib, unga shartnomala punktlarini talkin kilish va kullashda yuzaga keladigan muammolarni xal kilish vazifasi topshirilgan. Komissiya tenglashtiruvchi kompensatsion bojlari va antidemping masalalari, shuningdek moliyaviy xizmatdan tashkari barcha kelishmovchiliklarni kurib chikishi mumkin edi. Nizolarni xal kilish mexanizmi shikoyat kelib tushganlan sung sakkiz oy muddat ichida kurib chikishni kuzda tutgan. Vakti kelib erkin savdo tugrisidagi Kelishuvda yangi muxim bulimlar paydo buladi, lekin xali bu xakida gapirishga biroz erta. Kanada sanoatining ba‘zi tarmoklari samarali bulsa, ba‘zilari samarasizdir. Firmalarning bozorda uzlariga makbul keladigan kidirishlari natijasida firmalar bir-biriga kushiladi, samarasiz korxonalar yopiladi. Ikkala davlatdagi bosh kompaniyalar ikkala bozorda xizmat kursatish uchun kurash olib boradilar xamda ishlab chikarishni ratsionalizatsiya kilish xakida karor kabul kiladilar. Kanadaning 25 ta yirik korporatsiyalari xozirda davlat korporativ aktivlarining 35 foizini nazorat kilayotganligi sababli sanoatda konsentratsiyaning oshishi xavotirga asos bulmokda. Meksikaning kushilishi. Oxirgi yillarda Meksikada bir kancha muxim uzgarishlar ruy berdi. 1986 yilda u BST (GATT)ga kushildi xamda tarif va notarif tusiklarni yuk kilishga kirishdi. Bungacha savdodagi boj tulovlari 35 dan 100 foizgachani tashkil kilardi. Meksikaning prezidenti bulgach Karlos Salinas de Gortari mamlakatning XXI asrni munosib tarzda karshilashi uchun iktisodiyot tizimini kayta kurishga karor kildi. U davlat idoralarida ishlovchilar sonini kiskartirdi, neftning yagona eksport manbai ekanligidan voz kechib iktisodiyotni diversifikatsiya kildi xamda korxonalarni xususiylashtirishni boshladi. 1989 yilda u milliy iktisodiyotga xorijiy investorlar tomonidan kapital kiritilishini liberalizitsiya kildi xamda Meksikaning yirik tashki karzi xususida muzokaralar olib bordi. SHarkiy Evropa mamlakatlariga tashrifdan sunggina prezident Evropa va Osiyoning ekspress tezligida rivojlanayotgan davlatlari bilan rakobatlashish uchun xali kup ish kilish kerakligini tushunib etdi. U Meksikada isloxotlarni tezlashtirish xakida karor kabul kildi. AKSH bilan tashki savdo tugrisidagi muzokaralar 1990 yilda boshlandi. Keyinchalik Kanada xam bu muzokaralarning doimiy katnashchisiga aylandi. Meksika AKSHga xam Kanadaga xam kup narsani taklif kilishi mumkin. Meksika konstitutsiyasida neft sanoatiga xorijiy investitsiyalar kiritilishi ta‘kiklanganligiga karamay u SHimoliy Amerikaning neftga bulgan extiyojini bir uzi kondirishi mumkin. Bundan tashkari Meksika — iste‘mol tovarlari uchun juda katta potensial bozordir. 1988 yilning urtalarida mamlakat axolisining soni 83,7 mln. kishi edi; tugri, axoli jon boshiga YAMM darajasi buyicha Meksika (1760 dollar) urta mamlakatlardan pastda edi. Ish xakining usishi bilan Meksikada keng qamrovli iste‘mol bozori vujudga kelishi kerak. Amerikaning yirik kiyim-kechak ishlab chikaruvchi kompaniyasi raxbari kuyidagi muloxazalarni bildirgan edi: «Naxotki biz butun bir ishlab chikarishni mexnatkashlari turli xukuk va imtiyozlardan maxrum bulgan davlatga kuchirib utkazsak? Naxotki kompaniyada 20 yil mexnat kilgan amerikalik ishchini ishdan bushatib Meksikaga kuchib utish va u erda 16 yoshli bolakayni ishga olish adolatli bulsa?» Bir kator kompaniyalar xozrida Meksikadagi ish xakining pastligidan foyda kurmokdalar. Maslan, «Djerold Elektroniks» (Jerrold Electronics) firmasi Kanzas-Sitidagi zavodini yopib, soatiga 9 dollardan xak tulayotgan 190 ishchisini ishdan bushatdi va Meksikaga kuchib utib xuddi shu ish uchun soatiga 1 dollardan xak tulamokda. «Djeneral Motors» firmasining Ogayo shtatidagi filiali turli xil detallarni ishlab chikarib Meksikadagi yiguv konveyeriga yuboradi. U erda ishlab xarajatlarining pastligi sababli kompaniya AKSHdagi zavodida 8400 ishchi urnini saklab kolgan xolda umumiy xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirishga erishdi. Erkin savdo tugrisidagi Kelishuv kup mexnat talab kiluvchi maxsulot ishlab chikaruvchi yirik firmalarga (maxsulot tannarxining 30 foizi ish xakiga tugri keladi) nisbatan arzonrok ishchi kuchi va detallarga yul ochdi. Ilgari ximoya kilingan sanoat tarmoklari, jumladan neft sanoatiga xam xorijiy investitsiyalar okimining usishi kutilmokda. Kuplab kushimcha ish urinlarining paydo bulishi Meksikadagi siyosiy axvolni barkarorlashtirishga xizmat kilishi mumkin. Birok shuni unutmaslik kerakki, ish xaki past bulgan joylarda ish urinlari kiskarishi xam kupayadi. Iktisodiyotningn ba‘zi tarmoklarida, masalan kishlok xujaligida tizimni kayta kurish kiyinchiliklar bilan utishi mumkin. Meksika jaxonda eng kup avokado etishtirvchi mamlakat xisoblanadi, birok proteksion konunchilikning aybiga kura AKSHga bir dona xam meva junatilmaydi. AKSH va Kanada kasaba uyushmalari past ish xakiga ega bulgan ish urinlarining yukolishidan zarar kuradilar. Rakobat kuchayib, ishlab chikaruvchilarning xayotini murakkablashtiradi va xaridorlar uchun ayni muddao buladi; savdoga ta‘sir bir maromda bulmaydi: chegaraga yakin xududlar chegaradan uzokda joylashgan xududlardan kura kuprok yutukka ega buladilar. Erkin sado tugrisidagi muzokaralarda kurib utilgan yana bir masala atrof- muxitga kursatilgan salbiy ta‘sir xakida edi. Mexiko shaxrining uzida va yirik investitsiyalarni kabul kilishga xozirlik kurayotgan AKSH bilan chegaradosh shaxarlarda ifloslanish darajasi juda yukoridir. Gap shundaki, Meksika xujaligiga kiritiladigan investitsiyalar atrof-muxitni yanada ifloslanishiga sabab buladi. Bir muddat kanadaliklar uzlarini kamsitilgan xisobladilar. CHunki ularning nazarida AKSH va Meksika muzokaralar chogida ularni bir chekkaga surib kuyganday tuyulgandi. Bu xakda bir jurnalist shunday deb yozgan edi: «AKSH uz kushnilari bilan aloxida-aloxida kelishib olmokchi: avval Kanada bilan uning zaxiralaridan foydalanish, keyin esa Meksika bilan uning arzon ishchi kuchidan foydalanish xakida. Ikkala kichik xamkorlar bilan bir paytning uzida muzokara yuritish kushimcha kiyinchiliklar tugdirar edi».
Savollar 1. YAngi umumiy bozor tashkil kilinishidan uchala ishtirokchi davlat erishadigan yutuklarni sanab uting. 2. Kelishuv tufayli yuzaga kelishi mumkin bulgan iktisodiy muammolarni sanab uting. 3. Kelishuv natijasida yuzaga keladigan siyosiy xamda millatlararo muammolarni kurib chiking. 4. Agar siz xozirgina tashkil kilingan bozorga baxo berayotgan amerikalik menedjer bulganingizda uchala bozorga kirish uchun kanday strategiyani tanlagan bulardingiz? Strategiyani tanlashda siz kaysi omillarni e‘tiborga olgan bulardingiz? Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling