O„zbеkiston rеspublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
-jadval 2017 yilda erishilgan asosiy makroiqtisodiy ko„rsatkichlar
Download 1.9 Mb. Pdf ko'rish
|
Sh Ergashxodjaeva, I Nematov Brendni boshqarish O„quv qo„llanma
1.1-jadval
2017 yilda erishilgan asosiy makroiqtisodiy ko„rsatkichlar 1 Asosiy makroiqtisodiy ko„rsatkichlar % da 2016 yil 2017 yil Yalpi ichki mahsulotning o„sishi 7,8 5,3 Sanoat mahsulotning o„sishi 6,6 7,0 Qishloq xo„jalik mahsulotlari 6,6 1,9 Qurilish-montaj ishlari 12,5 5,6 Davlat byudjetining bajarilishi 0,1 - Inflyatsiya darajasi 5,7 14,4 Chakana savdo aylanmasi 14,4 2,4 Pullik xizmatlar hajmi 12,5 8,9 Bank tizimi jami kapitalining o„sishi 23,3 2,3 marta Bank tizimi kapitalining yetarlilik darajasi 24,0 18,8 2017 yilda YaIM hajmi joriy narxlarda 249136,4 mlrd. so„mni tashkil etdi va 2016 yilga nisbatan 5,3 % ga o„sdi. YaIM deflyatori indeksi 2016 yildagi narxlarga nisbatan 118,9 foizni tashkil etdi. 3 Ш.М.Мирзиѐев. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик – ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак.//«Халқ сўзи», 16.01.17 й. 1 Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat‟iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo„lishi kerak. –T.: O„zbekiston, 2017. – 34 b. 17 2017 yil yakunlari bo„yicha aholi jon boshiga YaIM 7692 ming so„mni tashkil etdi va bu ko„rsatkich o„tgan yilga nisbatan 3,6 % ga oshdi. YaIM o„sish sur`atiga xizmatlar sohasi eng katta ta`sir ko„rsatdi va bu soha o„tgan yilga nisbatan 6,9 foizga oshdi. Jumladan, savdo, yashash va ovqatlanish bo„yicha xizmatlar 3,9 foizga (YaIM tarkibidagi ulushi -11,5 %), tashish va saqlash, axborot va aloqa – 8,9 % ga (11,0 %) va boshqa xizmatlar – 7,3 % ga (24,8 %) o„sdi. Sanoat tarmog„ining qo„shilgan qiymati 4,6 % ga o„sdi va YaIM tarkibidagi ulushi 26,7 % ni tashkil etdi. Sanoat ishlab chiqarishining YaIM mutloq o„sishi sur`atiga ijobiy ta`siri 1,1 % punkt darajasida baholandi. Sanoat tarmog„idagi o„sish asosan tog„-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash (114,6 %) va ishlab chiqaradigan sanoat (102,8 %) qo„shilgan qiymatlarining o„sishi hisobiga ta`minlandi. YaIM tarkibida qurilishning ulushi 6,8 foizga teng bo„ldi. YaIM ning mutloq o„sishida qurilish tarmog„ining ijobiy hissasi 0,4 % punkt darajada baholandi. 2017 yil yakunlariga ko„ra, qishloq, o„rmon va baliq xo„jaligida ham 2,0 % darajasida ijobiy o„sish sur`ati kuzatildi. Ushbu tarmoqning YaIM tarkibidagi ulushi 19,2 foizni tashkil etdi. Qishloq, o„rmon va baliq xo„jaligi tarmog„idagi o„sish sur`ati hisobidan YaIM ning 0,4 % punktga o„sishi ta`minlandi. Yuqorida keltirilgan diagrammada birlamchi sektorning (qishloq, o„rmon va baliq xo„jaligi) YaIM tarkibidagi ulushi 2016 yildagi 18,1 % dan 2017 yilda 19,2 % ga, ikkilamchi sektorning (sanoat va qurilish) ulushi 32,9 % dan 33,5 % ga oshganligini ko„rish mumkin. Uchlamchi sektor (xizmatlar sohasi) ning YaIM tarkibidagi ulushi esa, 49,0 foizdan 47,3 foizga kamaydi. 2017 yilda mulkchilik shakllari bo„yicha YaIM umumiy hajmining 81,0 %i iqtisodiyotning nodavlat sektoriga, 19,0 % i – davlat sektoriga to„g„ri keldi. Yuqori iqtisodiy o„sish sur‟atlari, o„z navbatida, O„zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan 2016 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo„nalishlari, jumladan, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishning barcha ichki imkoniyat hamda zaxiralarini izlab topish va safarbar etish, iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan isloh qilish, modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashni chuqurlashtirish, shuningdek, kichik 18 biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini jadal rivojlantirishga, ichki talabni rag„batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi va samarali makroiqtisodiy siyosatning yuritilishi hisobiga ta‟minlanmoqda (1.1-rasm). Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling