O„zbеkiston rеspublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


-rasm. O„zbekistonda iqtisodiyotning asosiy tarmoq va sohalaridagi o„sish


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/141
Sana04.11.2021
Hajmi1.9 Mb.
#170797
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   141
Bog'liq
Sh Ergashxodjaeva, I Nematov Brendni boshqarish O„quv qo„llanma

1.2-rasm. O„zbekistonda iqtisodiyotning asosiy tarmoq va sohalaridagi o„sish 
sur‟atlari, foizda
3
 
 
Xususan,  2015  yilda  iqtisodiyotga  yo„naltirilgan  investitsiyalarning  67,1  foizi 
yangi  ishlab  chiqarish  quvvatlarini  barpo  etishga  yo„naltirildi.  Jumladan,  ushbu 
davrda  umumiy  qiymati  7,4  mlrd.  AQSH  dollariga  teng  bo„lgan  158  ta  yirik  ishlab 
chiqarish obyekti qurilishi yakunlanib, foydalanishga topshirildi. 
                                                 
3
  http://www.cbu.uz/ru/monetarnaya-politika/doklad-o-monetarnoy-politike/  2015  yildagi  makroiqtisodiy  holat 
va real sektor tahlili. 
12,1 
12,7 

8,3 
6,6 
7,7 
8,8 

7,5 
6,6 
6,1 
4,5 
5,7 
6,8 
6,3 

6,8 
6,5 
6,7 
6,6 
21 
7,2 
16,6 
14,7 
16,4 
14,2 
15,3 
14,2 
14,6 
14,4 
20,6 
21,3 
12,9 
13,4 
16,1 
13,9 
14,8 
13,4 
12,2 
12,5 
0
5
10
15
20
25
2007 yil
2008 yil
2009 yil
2010 yil
2011 yil
2012 yil
2013 yil
2014 yil
2015 yil
2016 yil
Sanoat ishlab chiqarish
Qishloq xo„jaligi mahsulotlarini yetishtirish 
Chakana savdo aylanmasi
Aholiga pullik xizmatlar ko„rsatish 


20 
 
2015  yilda  ish  o„rinlarini  tashkil  etish  va  aholi  bandligini  ta‟minlashga 
qaratilgan  dasturiy  chora-tadbirlarning  davom  ettirilishi  natijasida  jami  980  mingta 
yangi ish o„rinlari tashkil etildi, shuning 60 foizdan ziyodi qishloq joylarda yaratildi. 
Yangi  ish  o„rinlarining  yaratilishi  bilan  birga  iqtisodiyotda  mehnat 
unumdorligining  barqaror  oshib  borishi  aholi  real  daromadlarining  o„sishiga  xizmat 
qilmoqda.  Xususan,  2015  yilda  aholi  jon  boshiga  to„g„ri  keladigan  jami  real 
daromadlarning o„sishi 9,6 foizni tashkil etdi. 
Aholi  daromadlari  va  iste‟mol  xarajatlarining  barqaror  oshishi,  o„z  navbatida, 
2015 yilda chakana savdo aylanmasining 15 foizdan ziyodga oshishiga xizmat qildi. 
Iqtisodiyotni  isloh  qilishni  chuqurlashtirish,  tarkibiy  o„zgartirishlarning  o„rta 
muddatli dasturlari izchil amalga oshirilishi 2015 yilda  makroiqtisodiy barqarorlikni 
saqlab  qolish  va  iqtisodiyotning  barcha  tarmoqlarida  ishlab  chiqarish  hajmlarining 
yuqori o„sish sur‟atlarini ta‟minladi. 
Xususan,  2015  yilda  sanoat  mahsulotlari  ishlab  chiqarish  umumiy  hajmi  2014 
yilga nisbatan 8,0 foizga oshdi va 91,7 trln. so„mni tashkil etdi. 
Sanoatda  yuqori  o„sish  sur‟atlari  asosan  yengil  sanoat  (16,6  foiz),  qurilish 
materiallari  ishlab  chiqarish  (14,1  foiz)  hamda  oziq-ovqat  sanoati  (14,4  foiz) 
tarmoqlarida kuzatildi. 
Bunda  yengil  sanoat  tarkibiga  kiruvchi  to„qimachilik  sanoatida  o„sish  sur‟ati 
12,1 foizni, charm va poyabzal sanoatida 22,0 foizni hamda tikuvchilik sohasida 18,9 
foizni tashkil qildi. 
Qishloq xo„jaligini rivojlantirishda asosiy e‟tibor ushbu sohada ham tub tarkibiy 
o„zgarishlarni  davom  ettirishga  hamda  qishloq  xo„jaligida  yetishtirilgan 
mahsulotlarni chuqur qayta ishlash va ularni saqlash infratuzilmasini rivojlantirishga 
qaratildi. 
2015  yilda  qishloq  xo„jaligida  mahsulot  ishlab  chiqarish  hajmi  2014  yilga 
nisbatan  6,8  foizga  oshib,  42,3  trln.  so„mni  tashkil  etdi.  Bunda  dehqonchilik 
mahsulotlarini  etishtirish  hajmining  o„sish  sur'ati  6,7  foizni,  chorvachilik 
mahsulotlarini etishtirish hajmining o„sishi esa 6,8 foizni tashkil etdi.  


21 
 
2015  yilda  iqtisodiyotda  pullik  xizmatlar  ko„rsatish  hajmi  2014  yilga  nisbatan 
10,8 foizga o„sishi xizmat ko„rsatish sohasining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 54,5 
foizgacha oshishini ta‟minladi. 
2015  yilda  xizmat  ko„rsatish  sohasida  yuqori  o„sish  sur‟atlari  moliyaviy 
xizmatlar  (30,0  foiz),  sog„liqni  saqlash  (17,3  foiz),  aloqa  va  axborotlashtirish  (15,4 
foiz), savdo va umumiy ovqatlanish (18,1 foiz), maishiy xizmatlar (17,5 foiz), turistik 
xizmatlar ko„rsatish (15,9 foiz), qurilish (18,6 foiz), kompyuter dasturlash (13,4 foiz) 
hamda qishloq xo„jaligi texnikasini ta‟mirlash (14,7 foiz) kabi sohalarda kuzatildi. 
Jumladan, bank, sug„urta, lizing, konsalting va boshqa turdagi bozor xizmatlari 
barqaror  sur‟atlar  bilan  rivojlanib  borishi  xususiy  sektor  va  kichik  biznes  rivojiga 
xizmat  qilmoqda.  Xizmat  ko„rsatish  sohasida  80,4  mingta  kichik  biznes  subyekti 
faoliyat yuritmoqda va bu xizmat ko„rsatish sohasi korxonalari umumiy sonining 80 
foizdan ortig„ini tashkil qiladi. 
2015  yilda  iste‟mol  tovarlarini  ishlab  chiqarish  hajmi  2014  yilga  nisbatan  9,7 
foizga o„sib, 36,2 trln. so„mni tashkil etdi. 
Bunda oziq-ovqat  mahsulotlari ishlab  chiqarish  hajmi  2014  yilga nisbatan 17,8 
foizga va nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlari 3,6 foizga ortdi. 
2016  yil  1  oktyabr  holatiga  faoliyat  ko„rsatayotgan  kichik  tadbirkorlik 
subyektlarining soni 215801tani tashkil etib, o„tgan yilning shu davriga nisbatan 5,8 
foizga o„sdi. 
2016  yilga  mo„ljallangan  iqtisodiy  dasturning  eng  muhim  ustuvor  yo„nalishlari  
quyidagilar hisoblanadi: 
– 
boshlangan 
tizimli 
demokratik 
islohotlarni 
va 
mamlakatni 
modernizatsiyalashni,  iqtisodiyotdagi,  eng  avvalo,  sanoat  va  qishloq  xo„jaligidagi 
chuqur  tarkibiy  o„zgartirishlarni  so„zsiz  davom  ettirish,  xususiy  mulkchilik, 
tadbirkorlik  va  kichik  biznesni  jadal  rivojlantirish  va  ularning  manfaatlarini  himoya 
qilish, iqtisodiyotda davlat ulushini izchil kamaytirish, makroiqtisodiy mutanosiblikni 
ta‟minlash; 


22 
 
–  2015-2019  yillarda  muhandislik-kommunikatsiya  va  yo„l-transport 
infratuzilmasini  rivojlantirish  dasturining  asosiy  tadbirlarini  so„zsiz  amalga  oshirish 
bo„yicha boshlangan ishlarni davom ettirish; 
–  qishloq  xo„jaligida  islohotlarni  va  tarkibiy  o„zgartirishlarni  yanada 
chuqurlashtirish, er va suv resurslaridan samarali foydalanish; 
– ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholi turmush darajasi va sifatini yanada oshirish; 
–  iqtisodiyotning  raqobatdoshligini  tubdan  oshirish,  eksport  qiluvchi 
korxonalarni  qo„llab-quvvatlashni  kuchaytirish,  eksportda  fermer  xo„jaliklari,  kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlikning ishtirokini har tomonlama rag„batlantirish; 
– 
iqtisodiyot 
tarmoqlarida 
zamonaviy 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini  keng  joriy  etish,  «Elektron  hukumat»  tizimi  yaratilishini  tubdan 
tezlashtirish. 
O„zbekiston  Respublikasi  milliy  iqtisodiyotining  yuqori  o„sish  sur‟atlarini 
ta‟minlayotgan omillar quyidagi 1.3-rasmda keltirilgan. 

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling