Qisqacha xulosa
Davlat yoki nodavlat pensiya tizimining milliy iqtisodiyotdagi
asosiy iqtisodiy funksiyasi – mehnatga layoqatli va mehnatga layoqati
bo‘lmagan toyifadagi fuqarolar o‘rtasidagi yalpi ichki daromadini
qayta taqsimlash, muntazam daromad manbayiga ega va daromadga
ega bo‘lmaganlar, katta daromadga ega shaxslar va past daromadga
ega shaxslar o‘rtasida hamda yoshiga doir pensiyaga ketayotgan
mutaxassislar va endi mehnat jarayoniga kirib kelayotgan yosh ishchi-
lar o‘rtasida, keksa avlod va yosh avlod o‘rtasidagi iqtisodiy-ijtimoiy
qarama-qarshi ziddiyatlarni bartaraf etish, jamiyatdagi ijtimoiy
keskinlikni yumshatib, barqaror iqtisodiy-ijtimoiy o‘sishni ta’minlaydi.
Pensiya tizimining subyektlari – davlat, ish beruvchilar va pensio-
nerlar (shu jumladan nogironlar, boquvchisini yo‘qotgan oilalar).
Pensiya miqdori ish stajining muddatiga bog‘liq bo‘lib, u
pensiyaning tayanch miqdoridan, ish staji uchun pensiyaning
oshirilishidan, pensiyaga qo‘shiladigan ustama haqlardan tarkib topadi.
Aholining qarishi pensiya tizimining taqsimlovchi yoki jamg‘arib
boriladigan modellaridan qat’i nazar ish bilan band fuqarolarga
pensiya bosimini kuchaytiradi.
Mavzu bo‘yicha savollar
1. Pensiya nima?
2. Nafaqa va pensiyaning farqi nimada?
3. Pensiya tizimining shakllanish tarixi haqida nimalarni bilasiz?
4. Pensiya tizimlari modellari nimalarda iborat?
5. O‘zbekistonda davlat pensiya ta’minotiga oid qanday huquqiy
hujjatlarni bilasiz?
6. Imtiyozli pensiya ta’minoti haqida nimalarni bilasiz?
7. Pensiya miqdorining shakllanish tarkibi nimalarda iborat?
8. Davlat va xususiy pensiya tizimining jahon tajribasi haqida
nimalarni bilasiz?
9. Pensiya tizimining uzoq muddatli barqarorligini ta’minlashda
qanday xalqaro tajribalarni taklif etgan bo‘lardingiz?
124
Do'stlaringiz bilan baham: |