O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qalandar abduraxmonov, Samandar qurbonov


 Aholiga tibbiy yordam va tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimi


Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/112
Sana05.05.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1429095
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   112
Bog'liq
П INSON TARAQQIYOTI 2 тахрир булди

 
10.2. Aholiga tibbiy yordam va tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimi 
Sog’liqni saqlash sohasi – aholiga kafolatlangan yuqori sifatli 
tibbiy yordam va tibbiy xizmat ko‘rsatadigan muassasalari tizimidir.
Sog’liqni saqlash tizimi milliy iqtisodiyotimizda aholining 
sog’ligini saqlash va ularga tibbiy yordam hamda tibbiy xizmatlar 
ko‘rsatish bilan jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlarini kasallikdan 
saqlash, davolash, reabilitatsiya qilish va sog’lom tarzida hayot 
kechirishni targ‘ibot qiluvchi tizim sifatida muhim iqtisodiy-ijtimoiy 
rol o‘ynaydi.
Bu soha jamiyatning mehnat resurslarini qayta ishlab chiqarish 
jarayonini muntazam ravishda amal qilib turishini ta’minlovchi hamda 
jamiyatda ishlab chiqarilgan moddiy boyliklar miqdorining o‘sishi va 
ularni odamlar o‘rtasida adolatli qayta taqsimlashga zamin yaratuvchi 
iqtisodiy vazifani bajaradi. 
Tibbiyotda aholiga tibbiy yordam va tibbiy xizmatlar ko‘rsatish-
ning davolash – diagnostika jarayoni turli bosqichlariga muvofiq 
bo‘lgan quyidagi turlari farqlanadi. 
Jahon amaliyotida tibbiy texnologiyalarni qo‘llash murakkabligiga 
qarab aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishning quyidagi darajalari mavjud: 
Birlamchi bosqich – bu aholi istiqomat va ishlaydigan qiladigan 
joylarda kasallikka qarshi profilaktika tadbirlari, birinchi tez tibbiy 
yordam, qishloq va shahar vrachlik ambulatoriyalarida umumiy 
amaliyot vrachlari va terapevtlar tomonidan ko‘rsatiladigan dastlabki 
tibbiy–sanitariya yordami va tibbiy xizmatlar. 
Ikkilamchi bosqich – bu bevosita hududlardagi shifoxonalar va 
oilaviy poliklinikalar tomonidan yangi tibbiy texnologiyalar asosida 
ko‘rsatiladigan va ommaviy tarzda qo‘llaniladigan tibbiy yordam va 
tibbiy xizmatlardir (muayyan kasalliklarni davolashga ixtisoslashgan 


127 
vrachlar – jarrohlar, oftalmolog, otolaringologlar va hokazolar tomoni-
dan ko‘rsatiladigan malakali tibbiy yordam va tibbiy xizmatlar) 
hisoblanadi. 
Uchinchi bosqich – bu innovatsion tibbiy texnologiyalar asosida 
jihozlangan Respublika Ilmiy – tibbiy Markazlarida ko‘rsatiladigan 
yuqori malakali va kafolatlti ko‘rsatiladigan tibbiy yordam va tibbiy 
xizmatlar. 
Mazkur uch bosqichli aholiga tibbiy yordam va tibbiy xizmatlar 
turlari hamda ularda qo‘llaniladigan davolash texnologiyalar biri bilan 
texnologik bevosita va uzviy bog‘liqdir. Aholi o‘rtasida sanitariya-
profilaktika tadbirlari (masalan, aholini yoppasiga vaksinatsiya qilish 
yoki ularni tibbiy ko‘riklardan o‘tkazish), bir tomondan, kasalliklar 
kamayishiga, ikkinchi tomondan, xastaliklarning barvaqt aniqlashga 
xizmat qiladi. Kasalliklarni davolash tez yordam va ambulatoriya–
poliklinika tomonidan tibbiy yordam va xizmat ko‘rsatilishi bosqichida 
boshlanadi. Bunda dastlabki tibbiy–sanitariya yordami bosqichida 
umumiy amaliyot shifokorlari, terapevt, pediatr tomonidan belgilangan 
reja va miqdor doirasida amalga oshiriladi. Agar bu tibbiy yordam 
yetarli darajada oshirilmagan bo‘lsa, bemor viloyat yoki Respublika 
ixtisoslashtirilgan tibbiy-amaliy markazlarining doktorlari tomonidan 
chuqur tekshiriladi va zarurat bo‘lgan tarzda, uni davolash statsionar 
sharoitlarda davom ettiriladi. 
Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti nuqtayi nazaridan odamlarning 
salomatligi – ijtimoiy xususiyatdir, shuning uchun ijtimoiy salomat-
likni baholash uchun quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalanish tavsiya 
etiladi: 

yalpi ichki mahsulot hajmida sog‘liqni saqlashga xarajatlar 
ulushi; 

birinchi tibbiy-sanitariya yordamdan foydalanish imkoniyati; 

aholini emlash darajasi

homiladorlarning malakali personal tomonidan tekshirilishi 
darajasi; 

bolalarni ovqatlantirish ahvoli; 

bolalar o‘limining darajasi; 

kutilayotgan o‘rtacha umr davomiyligi; 

aholining gigiyenik savodxonligi. 


128 
Sog‘liqni saqlash xizmatlari bilan qamrab olishning ko‘rsatkichlari 
tibbiy yordamga muhtoj aholining sog‘liqni saqlash sohasida eng 
muhim choralar bilan amalda qamrab olingani darajasini ifoda etadi. 
Bunday choralarga quyidagilar kiradi: 

ayollarga homiladorlik va tug‘ish paytida malakali tibbiy xizmat 
ko‘rsatish; 

reproduktiv salomatlik sohasidagi xizmatlar; 

bolalarning yuqumli kasalliklarga chalinishining oldini olish 
maqsadlarida emlash; 

bolalarni A guruh vitaminlari bilan ta’minlanishi; 

bolalar, o‘smirlar va katta yoshdagilarning kasalliklarini 
davolash. 
Odatda 
bunday 
qamrab 
olish 
ko‘rsatkichlari 
muayyan 
kasalliklardan davolangan yoki profilaktikadan o‘tgan odamlar sonini 
tibbiy yordam olish huquqiga ega yoki tibbiy yordamga muhtoj aholi 
soniga bo‘lish orqali aniqlanadi. 
Jahon mamlakatlaridagi aholi salomatligini muhofaza qilish 
tizimini tashkil etish shakllari, sog‘liqni saqlash sohasidagi iqtisodiy 
munosabatlar va boshqa omillar xilma-xilligiga qaramasdan ularni 
quyidagicha xususiyatlar bo‘yicha tasniflash mumkin: 

mulkka egalik; 

moliyalash manbalari; 

tibbiy xizmat ko‘rsatuvchilarni (tibbiyot xodimlarini) va bu 
xizmatlar iste’molchilarini (bemorlarni) rag‘batlantirish mexanizmlari; 

tibbiy xizmat ko‘rsatish hajmi va sifatini nazorat qilish shakl va 
usullari. 

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling