O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qalandar abduraxmonov, Samandar qurbonov


Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/112
Sana05.05.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1429095
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   112
Bog'liq
П INSON TARAQQIYOTI 2 тахрир булди

 
10.4. Sogliqni saqlash tizimini moliyalashtirish 
Sog‘liqni saqlash sohasida iqtisodiy munosabatlar o‘ziga xos 
xususiyatlarga ega. Mazkur tarmoqda tibbiy xizmatlarni taqdim 
etuvchilar – tibbiyot muassasalar va tibbiyot xodimlaridir. Bu 
xizmatlarning iste’molchilari esa bemorlar bo‘lib, ular tibbiy 
xizmatlarga talabni shakllantiradilar. Biroq tibbiy xizmatlar bozoridagi 
talab va taklif tovar bozorlaridagidan farq qiladi. Ushbu tafovutlar 
quyidagilarda o‘z ifodasini topadi: 

talab paydo bo‘lishining mavhumligi; 

manfaatlar ziddiyati

xizmatlar taqdim etuvchilarning monopol holati. 
Yuqorida qayd qilingan xususiyatlar sog‘liqni saqlash sohasini 
moliyalashtirishga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bunda tarmoqni 
moliyalashtirishning quyidagi tizimlari amal qiladi: 
1. Sogliqni saqlash sohasini byudjet orqali moliyalashtirish 
tizimi. Mazkur tizimda aholiga bepul tibbiy yordam miqdori va 
sifatiga qarab soliq tushumlaridan shakllanadigan davlat byudjeti 
mablag‘lari hisobidan qoplanadi.


132 
2. Sogliqni saqlash sohasini majburiy tibbiy sugurta 
hisobidan moliyalash tizimi. Ushbu tizimda aholiga bepul tibbiy 
yordam va tibbiy xizmat ko‘rsatishni moliyalash manbayi sug‘urta-
chilar ayrim toifalari tomonidan majburiy ravishda to‘lanadigan 
sug‘urta badallar hisobidan shartnoma talablariga muvofiq amalga 
oshiriladi. Majburiy tibbiy sug‘urta tizimi amal qiladigan ko‘pgina 
mamlakatlarda sug‘urta badallari odatda ish beruvchilar va yollanma 
xodimlar tomonidan teng hissada to‘lanadi.
3. Sogliqni saqlash sohasini xususiy moliyalashtirish tizimi. 
Mazkur usulda ko‘rsatilgan tibbiy xizmatning miqdoriga qarab 
moliyalashning manbayi fuqarolarning shaxsiy daromadlari, homiylar
va ish beruvchilarning mablag‘lari hisobidan amalga oshirilanadi. 
Fuqarolar ixtiyoriy ravishda o‘zlari va oila a’zolari uchun ixtiyoriy 
tanlagan ishonchli tibbiy sug‘urta kompaniyalarining polislarini xarid 
qilishlari mumkin. Ixtiyoriy tibbiy sug‘urta polisi uning egalariga 
malakali tibbiy yordam va tibbiy xizmatni uning hisobiga olish 
imkoniyatini beradi yoki birmuncha engilliklar berishi mumkin.
Sog‘liqni saqlash tizimi amal etishi samaradorligining eng 
muhim omili - tibbiy yordam va tibbiy xizmatlar taqdim etuvchilarni 
moliyalashtirishni samarali tashkil etishdir. Jahon amaliyotida mazkur 
tarmoqni moliyalashtirishda quyidagi asosiy usullar qo‘llaniladi: 
1. Smetali moliyalashtirish. Bu usulda moliya mablag‘lari miqdori 
tibbiyot muassasalariga byudjet xarajatlari yillik reja moddalari 
bo‘yicha ajratiladi. Odatda xarajatlarning bu moddalari mehnatga haq 
to‘lash, tibbiyot uskunalari, jihozlari, dori-darmonlar xarid qilish, 
transport, aloqa, kommunal xizmatlar, ta’mirlash va hokazolar uchun 
xarajatlarni mujassamlashtiradi. Smetali moliyalashtirishda byudjet 
mablag‘lari profilaktika–davolash muassasalari kategoriyasiga qarab 
ajratiladi. Davlat tibbiyot muassasalari byudjet mablag‘larini qat’iy 
belgilangan maqsadga sarflanishi nazorat qilinadi. 

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling