O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qalandar abduraxmonov, Samandar qurbonov


- aprelda «Sog’liqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada


Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/112
Sana05.05.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1429095
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   112
Bog'liq
П INSON TARAQQIYOTI 2 тахрир булди

1- aprelda «Sog’liqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada 
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘grisida»gi PQ-2863-sonli qarori 
qabul qilindi. 
Mazkur qarorga muvofiq, sog‘liqni saqlash sohasida xususiy 
sektorni yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalish va vazifalari 
qatorida xususiy tibbiyot muassasalari tashxis qo‘yish va davolashning 
zamonaviy yuqori texnologiyali usullarini keng qo‘llagan holda sifatli 
tibbiy xizmatlar ko‘rsatishi uchun zarur sharoitlar yaratish, ularning 
moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda ularga kredit ajratish va 
moliyaviy yordam ko‘rsatish, xususiy tibbiyot sohasiga xorijiy 
investistiyalar va malakali mutaxassislarni jalb qilish, tibbiy xizmatlar 
eksportini kengaytirish, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish bozori 
infratuzilmasini rivojlantirish belgilangan. 


130 
Shuni qayd etish lozimki, agar avval qabul qilingan qonunchilik 
hujjatlarida xususiy tibbiyot muassasalari shug‘ullanishi mumkin 
bo‘lgan faoliyat turlari tasdiqlangan bo‘lsa, endi faqat davlat sog‘liqni 
saqlash muassasalari amalga oshirishi mumkin bo‘lgan va xususiy 
tibbiyot muassasalari uchun taqiqlangan ayrim cheklangan faoliyat 
turlari tasdiqlanmoqda. Ushbu faoliyat turlari aholi hayoti, salomatligi 
va sanitariya-epidemiologik holatiga katta xavf tug‘dirishi mumkin 
bo‘lgan, jumladan, o‘ta yuqumli, xavfli va karantin kasalliklarga 
tashxis qo‘yish va davolash, toksikologik, venerik va ruhiy xastaliklar, 
chaqaloqlar va 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar kasalliklari va patolo-
giyasini davolash, tug‘uruqni qabul qilish va homiladorlikni to‘xtatish, 
organlarni ko‘chirish, qon donorligini tashkil etish va boshqa o‘ziga 
xos yo‘nalishlar bilan bog‘liqdir. 
Bugungi kunda O‘zbekistonda xususiy tibbiyot muassasalariga 
keng ko‘lamli imtiyoz va preferensiyalar berilmoqda. Xususan, ushbu 
muassasalar 2022-yilning 1-yanvariga qadar barcha turdagi soliqlar va 
majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod etilgan. Alohida ta’kidlash 
lozimki, taqdim etilgan soliq imtiyozlari xususiy tibbiyot muassasa-
larining moddiy-texnik bazasini sezilarli darajada mustahkamlash 
imkonini beradi. Bo‘shagan mablag‘lar ularni zamonaviy tibbiy asbob-
uskunalar bilan jihozlash, ularga texnik xizmat ko‘rsatish, tibbiyot 
maqsadlari uchun ehtiyot qismlar, inventar va boshqa buyumlar xarid 
qilish, yangi bino va inshootlarni qurish va mavjudlarini rekonst-
ruktsiya qilishga maqsadli yo‘naltiriladi. 
Taqdim etilgan soliq imtiyozlari hisobidan tejalgan mablag‘-
larning bir qismi aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga 
bepul tibbiy xizmat ko‘rsatishga yo‘naltiriladi. Shunday qilib, berilgan 
soliq imtiyozlari evaziga davlat bir vaqtning o‘zida aholini manzilli 
ijtimoiy himoya qilish bilan birga, sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni 
kengaytirishni rag‘batlantirish bo‘yicha muhim vazifalarni hal etadi, 
shu bilan birga, xususiy tibbiyot muassasalari zimmasiga qo‘shimcha 
moliyaviy xarajatlar yuklanmaydi. 
Qishloq joylarda va chekka tumanlarda tibbiyot sohasida xususiy 
sektorni jadal rivojlantirish maqsadida qarorda qishloq joylarda tibbiy 
xizmat ko‘rsatish sohasida tashkil etiladigan yangi mikrofirmalar va 
kichik korxonalar davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab 10 yil 
muddatga yagona soliq to‘lovidan ozod etilgan. 


131 
2017-yil 1-maydan boshlab sog‘liqni saqlash sohasida kichik 
korxonalar xodimlarining yillik o‘rtacha cheklangan soni 25 kishidan 
100 kishigacha ko‘paytirildi. Bu esa tibbiyot sohasining xususiy 
sektorida bandlikni kengaytirishni rag‘batlantirish imkonini berdi, 
xususiy tibbiyot muassasalari xizmat ko‘rsatadigan aholi sonini 
oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratdi. 
Xususiy 
tibbiyot 
muassasalarini 
rivojlantirishni 
yanada 
rag‘batlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlangan. Mazkur dasturda 
xususiy tibbiyot muassasalarini har tomonlama rag‘batlantirish va 
qo‘llab-quvvatlash, ular faoliyatining barcha yo‘nalishlarini qamrab 
olish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. 
Xususan, xususiy tibbiyot muassasalariga litsenziya berishni sezilarli 
darajada soddalashtirish va muddatlarini tezlashtirish, jumladan, 
litsenziya berish to‘g‘risidagi qarorni 30 kundan 20 kungacha 
qisqartirish, litsenziya berish uchun davlat bojini eng kam ish haqining 
10 barobaridan 5 barobarigacha kamaytirish nazarda tutilgan. 

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling