Guruh talabasi isomiddinova dilnuraning
Download 0,86 Mb.
|
латинский язык
- Bu sahifa navigatsiya:
- FANIDAN TAYYORLAGAN
- Ortopediya va onkologiya emblemalari
Lotin tili va tibbiy terminologiyaFARG’ONA JAMOAT SALOMATLIGI TIBBIYOT INSTITUTIDAVOLASH ISHI FAKULTETI STOMATOLOGIYA YO’NALISHI60.22 GURUH TALABASIISOMIDDINOVA DILNURANINGLOTIN TILI VA TIBBIY TERMINOLOGIYAFANIDAN TAYYORLAGANMUSTAQIL ISHIMAVZU: TIBBIYOT EMBLEMALARI.REJA:
Tibbiyot emblemasi (yunoncha emblema - qo’shimcha, qavariq bezak, belgi) bu shartli tasvir hisoblanib, tibbiyot kasbini, tibbiyot sferasini, tibbiyotning ma’lum bir sohalarini ayrim belgi va simvollar bilan ifodalanishi hisoblanadi.1971-yil Moskvada bo’lib o’tgan 13-xalqaro ilm-fan tarixi kongressida tibbiyot emblemalari klassifikatsiya qilingan. Natijada tibbiyot emblemalari 2 ta guruhga bo’lingan: 1. Umumiy tibbiyot emblemalari; 2. Xususiy tibbiyot emblemalari.Umumiy tibbiyot emblemalari - meditsinani umumiy belgilar bilan simvollaydi; Xususiy tibbiyot emblemalari - tibbiyotning boshqa bir yo’nalish va sohalarini belgilaydigan simvollar. Bundan tashqari hozirgi kunda harbiy-tibbiyot emblemalari ham mavjud.Umumiy tibbiyot emblemalariga ilonning tasviri, shu jumladan piyola bilan birgalikdagi ilon, Apollonning tripodi, sham (yonayotgan sham), oyna, tayoq, kaftdagi yurak tasviri kabilarni misol qilishimiz mumkin.Apollon tripodiXususiy tibbiyot emblemalarini bir necha guruhga bo’lib o’rganamiz. Masalan, terapiya emblemalari, xirurgiya emblemalari, stomatologik emblemalar va hokazo. Terapiya emblemalariga vodiy zambaklari, pelikan, pulsni tekshirayotgan qo’l; Xirurgiya emblemalariga bir tomchi qon, turli xil jarroxlik instrumentlari, pentagram; Stomatologik emblemalar esa asosan tish orqali ifodalanadi.Ortopediya va onkologiya emblemalariTibbiyotning zamonaviy timsoli - kosaning oyog`ini o`rab, boshini kosaning o`zi ustiga egib turgan ilon 1924-yildayoq mamlakatimizda tasdiqlangan, so`ngra undan tashqarida ham keng tarqalgan. O`tkir tilli tibbiyot talabalari uzoq vaqtdan beri tibbiyot belgisining talqinini o`ylab topishgan. Ramz shifokorning oddiy emasligini, u ilon kabi ayyor ekanligini tushuntiradi.Ilon - donolik va kuchning an`anaviy ramzdir. Qadimgi sharq mamlakatlari afsonalarida ilon o’lim va boqiylikni, yaxshilik va yomonlikni ramziy qiladi. Dastavval ilon tibbiyot belgisi sifatida hech qanday atributsiz tasvirlangan.Qadim zamonlardan beri ilon shifokorlarga hamroh bo`lib kelgan. Afsonaviy yunon shifokori Asklepiy doimo ilon bilan tasvirlangan, chunki ilonlar tufayli u nafaqat buyuk shifokor, balki shifokor-xudo, tibbiyotning xomiysi bo`lgan.Download 0,86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling