Mexanika –mashinasozlik fakulteti
Topshirdi: G’ufronov .M
Qabul qildi: To’rayev .T
20-20 MST va A guruh talasi
G’ufronov Ma’rufxonning
‘’Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishni texnologik jihozlari’’ fanidan
Tayyorlagan taqdimot loyihasi.
Mavzu: Stanoklarni kinematik guruhlari. Reja: 1.Stanokning kinematik sxemasi. 2. - Stanokning turli organlariga harakatlarni uzatishda qatnashayot-gan alohida elementlar va mexanizmlarning o'zaro bog'lanishini ifo-dalovchi shartli tasvir stanokning kinematik sxemasi deb ataladi. Kinematik sxemalarni chizishda ГОСТ 2. 770-68 bo'yicha qabul qilin-gan shartli belgilardan foydalaniladi. Kinematik sxema ayrim kinematik zanjirlardan tashkil topadi. Stanokning kinematik zanjiri deb hara-katni
- boshlang'ich zvenodan oxirgi zveno (masalan, elektr dvigateldan shpindel)ga uzatishni ta'minlovchi qator (tasmali, tishli, reykali, vintli, zanjirli, chervyakli) uzatmalar to'plamiga aytiladi. Harakatni bir ele-mentdan ikkinchi element (masalan, valdan val)ga yoki harakatni bir turdan ikkinchi tur (masalan, aylanma harakatni to'g'ri chiziqli harakat)ga aylantirib beruvchi mexanizm uzatma deyiladi.
- Harakatni uzatuvchi element yetaklovchi, harakatni qabul qiluvchi element esa yetaklanuvchi deb ataladi. Yetaklanuvchi val aylanish chastotasi nvd
- ning yetaklovchi val aylanish chastotasi ga nisbatiga uzatish nis-bati deyiladi:
- Kinematik zanjirlar doirniy o'zaro bog'langan elementlardan tashkil topgan yoki almashinuvchi elementlarga ega boiishi mumkin. Almashi-nuvchi elementlar ko'pincha tishli g'ildiraklar, disk yoki baraban shak-lidagi kulachoklar, shkivlardan iborat bo'ladi. Almashinuvchi o'zaro bog'langan elementlar guruhi sozIash uzeli deb ataladi.
- Kinematik zanjirning tishli g'ildiraklardan tuzilgan sozlash uzeli gitara deb ataladi. Gitaralarbir, ikki va uchjuftli boTib, ko'proq ikkijuftligi uchraydi.
- Kinematik zanjir oxirgi zvenolarining hisoblangan surilishlarini bog'lovchi tenglamalar kinematik zanjir balansi deb ataladi.
- Bu tenglama asosida sozlash uzelining uzatish nisbati aniqlanadi.
- Mexanik uzatmalardan tashqari gidravlik, pnevmatik va elektrik uzatish qurilmalariga ega bo'lgan stanoklar uchun shuningdek gidravlik, pnevmatik, elektrik va boshqa sxemalar ham tuziladi.
- Kinematik juftlik - bu bir bo'g'inning ikkinchisiga nisbatan harakatini ta'minlaydigan ikkita bo'g'inning ulanishi.
- Kinematik juftliklar yuk va harakatni uzatadi va ko'pincha mexanizm va umuman mashinaning ishlashi va ishonchliligini aniqlaydi. Shu sababli, mashinalarni loyihalash va ishlatishda juftlik turini, uning shakli va o'lchamlarini, shuningdek, konstruktiv materiallar va moylash sharoitlarini to'g'ri tanlash katta ahamiyatga ega.
- Kinematik juftliklar quyidagi mezonlarga ko'ra tasniflanadi:
- Harakatchanlik darajalari soniga ko'ra
- Bir bo'g'inning boshqasiga nisbatan mumkin bo'lgan mustaqil harakatlari kinematik juftlikning erkinlik darajalari deb ataladi.
- Bog'lanishlarning nisbiy harakatlariga qo'yilgan cheklovlar kinematik juftliklarda ulanish shartlari deb ataladi.
- Kinematik juftlikning erkinlik darajalari soni bog'liqlik bilan belgilanadi
Foydalanilgan adabiyotlar. - 1.kinematika asoslari.
- 2.Stanoklar kinematikasi asoslari.
- 3.Stanoklarning kinmeatik belgilanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |