O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qalandar abduraxmonov, Samandar qurbonov


Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/112
Sana05.05.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1429095
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   112
Bog'liq
П INSON TARAQQIYOTI 2 тахрир булди

 
11.5. Professional ta’lim 
Professional ta’lim egallanadigan kasb va mutaxassislik bo‘yicha 
quyidagi darajalarni o‘z ichiga oladi: 
- boshlang‘ich professional ta’lim; 
- o‘rta professional ta’lim; 
- o‘rta maxsus professional ta’lim. 
Boshlang‘ich professional ta’lim kasb-hunar maktablarida IX sinf 
bitiruvchilari negizida bepul asosda kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha 
umumta’lim fanlarining va mutaxassislik fanlarining ikki yillik 
integratsiyalashgan dasturlari asosida amalga oshiriladi. 
O‘rta professional ta’lim kollejlarda davlat buyurtmasi yoki 
to‘lov-shartnoma asosida kasblar hamda mutaxassisliklarning murak-
kabligidan kelib chiqqan holda, davomiyligi ikki yilgacha bo‘lgan 
kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha umumiy o‘rta, 
o‘rta maxsus ta’lim hamda boshlang‘ich professional ta’lim negizida 
amalga oshiriladi. 
O‘rta maxsus professional ta’lim texnikumlarda umumiy o‘rta, 
o‘rta maxsus, boshlang‘ich professional va o‘rta professional ta’lim 
negizida davlat buyurtmasi yoki to‘lov-shartnoma asosida kasblar 
hamda mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda, 
davomiyligi kamida ikki yil bo‘lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim 
shakllari bo‘yicha amalga oshiriladi. 


144 
Ushbu Qonun kuchga kirguniga qadar o‘rta maxsus, kasb-hunar 
ta’limi (to‘qqiz yillik umumiy o‘rta va uch yillik o‘rta maxsus, kasb-
hunar ta’limi) olgan fuqarolar ham o‘rta professional va o‘rta maxsus 
professional ta’lim olish huquqiga ega. 
Kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar ta’lim oluvchi-
larning o‘zi tanlagan kasbga va mutaxassislikka ega bo‘lishini 
ta’minlaydi. 
Fuqarolar shartnoma asosida ikkinchi va undan keyingi 
professional ta’limni olish huquqiga ega. 
11.6. Oliy ta’lim 
Oliy ta’lim o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi negiziga asoslanadi 
hamda ikki (bakalavriat va magistratura) bosqichga ega. 
Oliy ta’lim muassasalariga talabalar qabul qilish davlat grantlari 
negizida va pullik-shartnomaviy asosda amalga oshiriladi. 
Bakalavriat mutaxassisliklar yo‘nalishi bo‘yicha fundamental va 
amaliy bilim beradigan, ta’lim muddati kamida to‘rt yil davom 
etadigan tayanch oliy ta’limdir. 
Bakalavrlik dasturi tugallanganidan so‘ng bitiruvchilarga davlat 
attestatsiyasi yakunlariga binoan kasb bo‘yicha “bakalavr” darajasi 
beriladi va davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi, kasb-hunar 
faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradigan diplom topshiriladi. 
Magistratura aniq mutaxassislik bo‘yicha fundamental va 
amaliy bilim beradigan, bakalavriat negizida ta’lim muddati kamida 
ikki yil davom etadigan oliy ta’limdir. 
“Magistr” darajasini beradigan davlat malaka attestatsiyasi 
magistrlik dasturining intihosidir. Magistrlarga davlat tomonidan 
tasdiqlangan namunadagi, kasb-hunar faoliyati bilan shug‘ullanish 
huquqini beradigan diplom topshiriladi.

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling