O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qalandar abduraxmonov, Samandar qurbonov


 Ta’lim tizimi, turlari va shakllari


Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/112
Sana05.05.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1429095
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   112
Bog'liq
П INSON TARAQQIYOTI 2 тахрир булди

11.2. Ta’lim tizimi, turlari va shakllari
Ta’lim tizimiga quyidagilar kiradi: 

davlat ta’lim standartlarini, davlat ta’lim talablarini, o‘quv 
rejalari va o‘quv dasturlarini; 

davlat ta’lim standartlarini, davlat ta’lim talablari va o‘quv 
dasturlarini amalga oshiruvchi ta’lim tashkilotlarini; 

ta’lim sifatini baholashni amalga oshiruvchi tashkilotlarni; 

ta’lim tizimining faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishini ta’minlash 
uchun zarur bo‘lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik 
muassasalarni; 

ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlarini, shuningdek, 
ularning tasarrufidagi tashkilotlarni o‘z ichiga oladi. 
Ta’lim tizimi yagona va uzluksizdir. 
Ta’lim turlari quyidagilardan iborat: 

maktabgacha ta’lim va tarbiya; 

umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim; 

professional ta’lim; 

oliy ta’lim; 

oliy ta’limdan keyingi ta’lim; 

kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish

maktabdan tashqari ta’lim. 
11.3. Maktabgacha ta’lim 
Maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi 
bo‘g‘ini hisoblanib, u har tomonlama sog‘lom va barkamol bola 
shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat 
kasb etadi. 
Mustaqillik yillarida respublikada ta’lim-tarbiya tizimi va 
barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosatining asosiy ustuvor 
yo‘nalishlari darajasiga ko‘tarildi.


138 
Maktabgacha ta’lim va tarbiya bolalarni o‘qitish va 
tarbiyalashga, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy, yetik, estetik va 
jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek, bolalarni umumiy o‘rta 
ta’limga tayyorlashga qaratilgan ta’lim turidir. 
Maktabgacha ta’lim va tarbiya olti yoshdan yetti yoshgacha 
bo‘lgan bolalarni boshlang‘ich ta’limga bir yillik majburiy tayyor-
lashni ham nazarda tutadi. 
Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari 
“Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respub-
likasi Qonuni
32
va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Ta’lim tizimining muhim bo‘g‘ini bo‘lgan maktabgacha ta’lim 
tizimini yanada takomillashtirish, samarali davlat boshqaruvi tizimini 
yaratish, maktabgacha ta’lim muassasalari davlat va nodavlat 
tarmog‘ini kengaytirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, 
ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, maktabgacha ta’lim 
muassasalariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta’lim-tarbiya 
jarayonlariga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq 
etish orqali bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik, 
jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini 
tubdan yaxshilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2017 yil 30 sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini 
tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5198-sonli 
farmoni qabul qilindi.
Mazkur farmonga asosan O‘zbekiston Respublikasi Maktab-
gacha ta’lim vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha 
ta’lim vazirligi, Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh 
boshqarmasi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari hamda 
ularning tuman(shahar)lardagi bo‘limlari tashkil etildi. 
Maktabgacha ta’lim muassasalarining asosiy maqsadi maktab-
gacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik 
va jismoniy rivojlantirish, ta’lim-tarbiya berish orqali bolalarni maktab 
ta’limiga sifatli tayyorlash, bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab 
olish hisoblanadi. 
32
O‘zbekiston Respublikasi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni. 
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 22-oktabrda qabul qilingan va Senat tomonidan 
2019-yil 14-dekabrda ma’qullangan.
URL:https://lex.uz/docs/-4646908 


139 
Aytish joizki, respublika hududlarida 50, 70, 100, 120 va 150 
o‘ringa mo‘ljallangan davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim 
muassasalarini qo‘shimcha barpo etish orqali bolalarni maktabgacha 
ta’lim bilan bosqichma-bosqich to‘liq qamrab olish, bolalarga 
maktabgacha ta’lim-tarbiya berishning muqobil turlarini amaliyotga 
joriy etishga qaratilgan kompleks dasturi ishlab chiqilgan va tasdiq-
langan. 
Shuningdek, har yili maktabgacha ta’lim tizimining oliy 
ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini hududlar bo‘yicha o‘rganish 
va tahlil natijalariga ko‘ra pedagogika yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan 
oliy ta’lim muassasalariga maqsadli qabul kvotalari shakllantiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim 
tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 
2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-son qaroriga muvofiq, shuningdek, 
maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sog‘lom, faol, 
to‘laqonli, jamiyatga moslashgan bola shaxsini shakllantirish, 
o‘sishida turli nuqsonlari bo‘lgan bolalarni, shuningdek, reabilitatsiya 
qilish va sog‘lomlashtirishga muhtoj bolalarni o‘qitish, tarbiyalash va 
integratsiya qilish uchun qulay muhit yaratish maqsadida Vazirlar 
Mahkamasining 2019-yil 13-mayda “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari 
faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 391-
sonli Qarori qabul qilindi.
Ushbu qarorda: 
Umumiy tipdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim 
tashkilotlari to‘g‘risidagi nizom; 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlar 
to‘g‘risidagi nizom; 
Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari 
va qo‘shma tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘g‘risidagi 
nizom; 
Bolalarni ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim 
tashkilotlariga va qo‘shma tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga 
yo‘llash bo‘yicha tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya to‘g‘risidagi 
nizom tasdiqlandi. 
Maktabgacha 
ta’lim 
muassasasi 
maktabgacha 
ta’limga 
qo‘yiladigan davlat talablari, ta’lim-tarbiya dasturlari, sanitariya 
qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga muvofiq 


140 
maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy rivojlanish, o‘z-o‘ziga 
xizmat va gigiyena, ijtimoiy-kommunikativ rivojlanish, nutq, o‘qish va 
chet tillarni o‘rganish, bilish jarayoni, dunyo haqidagi bilimlar va 
dunyoni anglashi, ijodiy-estetik rivojlanishini ta’minlaydi. 
Quyidagilar maktabgacha ta’lim tashkilotlari mol-mulkini va 
moliyaviy 
resurslarini 
shakllantirish 
manbalari 
hisoblanadi: 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Davlat 
budjeti 
mablag‘lari; 
tarbiyalanuvchining davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lgan 
davri uchun badal to‘lovlari; shartnoma asosida qonun hujjatlarida 
taqiqlanmagan pulli xizmat ko‘rsatish, bino va inshootlarni, jihoz va 
anjomlarni ijaraga berishdan olingan daromadlar; jismoniy va yuridik 
shaxslarning homiylik xayriyalari; mahalliy, xalqaro va xorijiy 
tashkilotlarning grantlari; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa 
manbalar. 

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling