O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qalandar abduraxmonov, Samandar qurbonov


-bob. TA’LIM VA INSON TARAQQIYOTI


Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/112
Sana05.05.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1429095
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   112
Bog'liq
П INSON TARAQQIYOTI 2 тахрир булди

11-bob. TA’LIM VA INSON TARAQQIYOTI 
11.1. Ijtimoiy soha tarkibida ta’lim tizimining tutgan o‘rni 
11.2. Uzluksiz ta’lim tizimi va turlari 
11.3. Maktabgacha ta’lim 
11.4. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim 
11.5. Professional ta’lim 
11.6. Oliy ta’lim 
11.7. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim 
11.8. Ta’lim sohasiga investitsiyalar 
 
11.1. Ijtimoiy soha tarkibida ta’lim tizimining tutgan o‘rni
O‘zbekiston Respublikasi inson huquqlari va erkinliklariga rioya 
etilishini, jamiyatning ma’naviy yangilanishini, ijtimoiy yo‘naltirilgan 
bozor iqtisodiyotini shakllantirishni, jahon hamjamiyatiga qo‘shilishni 
ta’minlaydigan demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati 
qurmoqda. 
Inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi va farovonligi, 
shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan 
mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning 
andozalarini o‘zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohot-
larning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy 
intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy 
madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari 
asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish 
O‘zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir. 
O‘zbekistonda ta’lim tizimini tubdan isloh qilishning muhim 
omillari quyidagilardan iborat: 

respublikaning demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik 
jamiyati qurish yo‘lidan izchil ilgarilab borayotganligi; 

mamlakat iqtisodiyotida tub o‘zgartirishlarning amalga oshiri-
lishi, respublika iqtisodiyoti, asosan, xomashyo yo‘nalishidan 
raqobatbardosh pirovard mahsulot ishlab chiqarish yo‘liga izchil 
o‘tayotganligi, mamlakat eksport salohiyatining kengayayotganligi; 

davlat ijtimoiy siyosatida shaxs manfaati va ta’lim ustuvorligi 
qaror topganligi


136 

milliy o‘zlikni anglashning o‘sib borishi, vatanparvarlik, o‘z 
vatani uchun iftixor tuyg‘usining shakllanayotganligi, boy milliy 
madaniy-tarixiy an’analarga va xalqimizning intellektual merosiga 
hurmat; 

O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyasi, respubli-
kaning jahondagi mavqeyi va obro‘-e’tiborining mustahkamlanib 
borayotganligi. 
Davlat va jamiyat uzluksiz ta’lim va ta’lim tizimi barcha uchun 
ochiq bo‘lishini hamda hayot o‘zgarishlariga moslashuvchanligini 
ta’minlaydi. 
O‘zbekiston Respublikasi tomonidan inson huquqlari, ta’lim, bola 
huquqi sohasidagi shartnomalar va konvensiyalarning bajarilishi, 
kadrlar tayyorlash sohasida jahon ilg‘or tajribasini hisobga olish 
uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining barcha jihatlariga 
daxldor bo‘lib, uning rivojlanishi omillaridan biridir. 
Ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar quyidagilardan iborat: 

ta’lim ustuvorligining tan olinishi; 

ta’lim olish shaklini tanlash erkinligi; 

ta’lim sohasida kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmasligi; 

ta’lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta’minlanishi; 

ta’lim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning 
singdirilganligi; 

ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyati; 

ta’limning uzluksizligi va izchilligi

o‘n bir yillik ta’limning hamda olti yoshdan yetti yoshgacha 
bo‘lgan bolalarni bir yil davomida umumiy o‘rta ta’limga 
tayyorlashning majburiyligi; 

davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablari doirasida 
ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi; 

o‘quv dasturlarini tanlashga doir yondashuvning yagonaligi va 
tabaqalashtirilganligi; 

insonning butun hayoti davomida ta’lim olishi; 

jamiyatda pedagoglarni ijtimoiy himoya qilishning kafolatlan-
ganligi; 

ta’lim tizimining dunyoviy xususiyatga egaligi; 

bilimlilik, qobiliyatlilik va iste’dodning rag‘batlantirilishi; 


137 

ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvining uyg‘unligi; 

ta’lim faoliyati sohasidagi ochiqlik va shaffoflik. 

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling