O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qalandar abduraxmonov, Samandar qurbonov


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-


Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/112
Sana05.05.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1429095
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   112
Bog'liq
П INSON TARAQQIYOTI 2 тахрир булди

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-
noyabrdagi “Ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash jarayonlarining 
shaffofligini ta’minlash va samaradorligini oshirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi 696-son qarori bilan oliy ta’limdan keyingi 
ta’lim va mazkur tizimga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish 
orqali oliy ta’limdan keyingi ta’lim jarayonlarining shaffofligini 
ta’minlash va samaradorligini oshirish talablari tasdiqlangan. 
 
11.8. Ta’lim sohasiga investitsiyalar 
Jahonda ta’lim sohasini moliyalashtirishning bir necha modellari 
mavjud. Ularni umumlashtirgan holda uch guruhga bo‘lish mumkin: 
1. Ota–onalarning farzandlarini bolalar bog‘chasida tarbiyalash 
uchun sarflar bir qismini qoplashga, maktab formasi, darsliklar, o‘quv 
qurollarini sotib olishga xarajatlari istisno etilganda, davlat ta’lim 
tizimi barcha bosqichlarini to‘la moliyalashtiradi. Hozirgi davrda 
sanoqli davlatlargina ushbu model asosida ish ko‘radi. 
2. Ta’lim tizimi, asosan, pullik, davlatning sohaga xarajatlari 
hajmi juda oz. Bunday model XX asrning 60–yillariga qadar qator 
Afrika mamlakatlariga xos bo‘lib, ularda hatto boshlang‘ich ta’limni 
moliyalashtirish uchun ham mablag‘ yetishmas edi. 
3. Ta’lim tizimini ko‘p manbali moliyalashtirish. Mazkur 
modelda sohani moliyalashtirish davlat budjeti va xususiy sektor 
mablag‘lari hisobiga moliyalashtirilishi bilan bir qatorda bunga tashqi 
manbalarni ham jalb etish ko‘zda tutiladi.
Hozirgi davrda jahondagi ko‘pchilik mamlakatlarda ta’lim 
tizimini moliyalashtirishning, asosan, uchinchi modeliga amal 
qilinadi. Chunki bunday usulda davlatlar o‘z moliyaviy ahvollaridan 


152 
kelib chiqqan holda ta’lim tizimini moliyalashtirish manbalarini tez 
o‘zgartirish imkoniyatiga egadirlar. 
Shu bilan birga BMT aholining barcha qatlamlari o‘zlarining 
bilim olish huquqlarini amalga oshira olishlari uchun davlatlarga 
ta’limning bepul turlarini iloji boricha kengaytirishni tavsiya etadi. Bu 
e’tiborga olingan holda tobora ko‘proq mamlakatlar maktab ta’limini 
davlat byudjeti hisobidan moliyalashtirish choralarini ko‘rmoqdalar.
Lekin jahon mamlakatlarida oliy o‘quv yurtlarini moliyalash-
tirish shakllari turlichadir (11.1-jadval).
O‘zbekistonda ta’lim tizimi uchun davlat xarajatlari faqat 
Markaziy Osiyo mamlakatlaridagiga qaraganda emas, balki Yevropa 
Ittifoqidagi davlatlarnikidan ham yuqori. Buning obyektiv sabablari 
bor. Birinchidan, O‘zbekistonda ta’limni rivojlantirish ijtimoiy–
iqtisodiy siyosatning ustuvor yo‘nalishi, barqaror iqtisodiy o‘sish va 
insonni taraqqiy ettirishning bosh omili sifatida belgilangan. 
Ikkinchidan, O‘zbekiston – yoshlar mamlakati va bevosita chuqur 
bilimli avlod mamlakatni taraqqiy etgan davlatlar qatoriga olib 
chiqishga qodir bo‘ladi. 
Mamlakatda davlat byudjeti mablag‘larining cheklanganligiga 
qaramasdan, ta’lim sohasini moliyalashtirish yildan-yilga ortib 
bormoqda. 
Ta’lim tizimining davlat tomonidan moliyalashtirilishi maqsadli 
xususiyatga ega ekanligini ham ko‘rsatish lozim. Xususan, Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi, birinchi navbatda, o‘rta maxsus, kasb-hunar 
ta’limining prinstip jihatidan mutlaqo yangi tizimini shakllantirish va 
rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, maktab ta’limini rivojlantirish 
umummilliy davlat dasturi umumiy o‘rta ta’limni tubdan yaxshilashga 
qaratildi. 
Mamlakatda ta’lim tizimini davlat byudjetidan moliyalashtirish 
uch darajalidir: 

Respublika (markaziy) budjeti. Oliy ta’lim muasssasalari, 
ularning ta’lim muassasalari va akademik listeylar, shuningdek, xalq 
ta’limi sohasi xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish minta-
qaviy institutlari respublika byudjeti hisobidan moliyalashtiriladi; 

viloyatlar mahalliy budjetlari. Ulardan kasb-hunar kollejlari va 
oliy ta’lim muassasalariga qarashli bo‘lmagan akademik listeylar 
hamda ta’lim muassasalariga kapital quyilmalar moliyalashtiriladi


153 

tuman mahalliy byudjetlari. Ulardan asosan mazkur tumanlar 
hududlaridagi maktabgacha tarbiya tashkilotlari, ixtisoslashtirilgan va 
umumta’lim maktablarining joriy xarajatlari moliyalashtiriladi. 

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling