O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qalandar abduraxmonov, Samandar qurbonov


Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/112
Sana05.05.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1429095
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   112
Bog'liq
П INSON TARAQQIYOTI 2 тахрир булди

 
 


157 
12-bob. INSON TARAQQIYOTI OMILLARI 
 
12.1. Inson taraqqiyotining gender omillari
12.2. Turar joyga egalik – insonning asosiy huquqlaridan biri 
sifatida 
12.3. Inson taraqqiyotida madaniyat sohasining tutgan o‘rni 
12.4. Madaniyat va san’at sohasini moliyalashtirish manbalari 
12.5. Atrof-muhitning inson taraqqiyotiga ta’siri 
 
12.1. Inson taraqqiyotining gender omillari 
Ayollar va erkaklarning teng huquqligi inson huquqlarining eng 
asosiylaridan biri hisoblanib, ijtimoiy adolatni ta’minlashning 
shartidir. Ayni vaqtda bu tenglik, rivojlanish va tinchlikka erishishning 
zarur va asosiy sharti ham hisoblanadi. Ayollar va erkaklarning teng 
huquqlilik asosida sheriklik munosabatlarini o‘rnatish inson man-
faatlariga yo‘naltirilgan barqaror rivojlanishning hal qiluvchi
omillaridan biri hamdir. 
Bevosita shuning uchun BMT Mingyillik rivojlanish maqsad-
larining 3-maqsadi erkaklar va ayollar tengligini rag‘batlantirish 
hamda ayollar huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirishni ko‘zda 
tutadi. 
Afsuski, insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida turmushning 
barcha sohalarida ayollar va erkaklar tengligi to‘la ta’minlangan 
birorta mamlakat yo‘q. Ammo tengsizlik, ayniqsa, rivojlanayotgan 
mamlakatlar va eng kambag‘al oilalarda ko‘proq uchraydi hamda bu 
birgina odamlarning o‘zlari uchun emas, balki umuman jamiyat uchun 
ijtimoiy, psixologik va iqtisodiy muammolarni keltirib chiqaradi. 
Ayollar va erkaklar o‘rtasidagi tengsizlik ta’lim, ish vaqti, ish haqi
umr ko‘rish davomiyligi, hokimiyatda va boshqaruvda ishtirok etish 
kabi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Masalan: 
- ayollar jahon aholisining 50,0% dan ko‘prog‘ini tashkil etadi,
lekin ular jahon mulkining 1,0% ga egalik qiladi
- ayollar jahonda bajariladigan ishlarning uchdan ikki qismini 
qiladilar, ammo jahonda olinadigan foydaning o‘ndan bir ulushiga 
egalar; 


158 
- savodsiz va ishsizlarning ko‘pchiligi – 60,0 % dan ko‘prog‘i 
xotin-qizlardir; 
- jahondagi har uch ayoldan bittasi umri davomida hech 
bo‘lmaganda bir marta zo‘ravonlikdan, ko‘pincha o‘z eridan jabr 
ko‘rgan; 
- jahondagi barcha parlamentlar a’zolarining faqat 20,0% 
ayollardir; 
- ayollar haq to‘lanmaydigan uy ishlarining asosiy qismini 
bajaradilar; 
- xotin-qizlar mehnatga haq to‘lash darajasi past bo‘lgan sog‘liqni 
saqlash va ta’lim sohasida ish bilan bandlarning ko‘pchiligini tashkil 
etadilar, erkaklar esa ish haqi yuqori bo‘lgan iqtisodiyotning transport, 
aloqa, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tarmoqlarida ayollarga 
nisbatan ko‘pdir. 
Jahondagi umumiy iqtisodiy pasayish, shuningdek, ayrim 
mintaqalardagi siyosiy beqarorlik ko‘pgina mamlakatlarda rivojlanish 
sohasida belgilab qo‘yilgan maqsadlardan chekinishga majbur qildi. 
Ushbu holat qashshoqlik ko‘lamlari nihoyatda ortishiga olib keldi. 
Qashshoq turmush kechirayotgan bir milliard nafardan ko‘proq aholi 
o‘rtasida ham ayollar ko‘pchilikni takshil etadi. Iqtisodiyotning barcha 
sohalaridagi inqiroz ishsizlik va to‘liq bo‘lmagan ish bilan bandlik 
darajasini oshirdi, bu ham birinchi navbatda ayollar ahvolini 
og‘irlashtirdi. 
Ko‘pincha ayollar ish bilan barqaror band bo‘lish kafolatini 
bermaydigan yoki mehnat sharoitlari xavfli va zararli bo‘lgan ishlarni 
bajarishga majbur bo‘ladilar. Aks holda ular ishsizlar safini 
to‘ldirishga majbur bo‘ladilar. Ko‘pgina xotin-qizlar mehnat bozorida 
ish haqi past va nufuzsiz mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishga majbur 
bo‘ladilar. Boshqa toifa ayollar o‘z oilalari daromadiga hissa qo‘shish 
maqsadida mehnat migratsiyasini tanlashdan boshqa chora topa 
olmaydilar.
Jamiyat xotin-qizlar muammolarini hal qilish masalalariga 
hanuzgacha yetarli darajada e’tibor bermayapti. Holbuki, ayollar va 
erkaklarning resurslari va ijodiy salohiyatidan iloji boricha to‘liq 
foydalangan holdagina iqtisodiy va ijtimoiy o‘sishga erishish mumkin. 

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling