O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qalandar abduraxmonov, Samandar qurbonov


Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/112
Sana05.05.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1429095
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   112
Bog'liq
П INSON TARAQQIYOTI 2 тахрир булди

Qisqacha xulosa 
 
Inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi va farovonligi, 
shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan 
mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning 
andozalarini 
o‘zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan 
islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir.
Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar 
asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnolo-
giyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal 
tizimini shakllantirish O‘zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir.
Ta’lim turlari quyidagilardan iborat: maktabgacha ta’lim va 
tarbiya; umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim; professional ta’lim; oliy 
ta’lim; oliy ta’limdan keyingi ta’lim; kadrlarni qayta tayyorlash va 
ularning malakasini oshirish; maktabdan tashqari ta’lim. Hozirgi 
davrda jahondagi ko‘pchilik mamlakatlarda ta’lim tizimini moliyalash-
tirishning asosan uchinchi modeli - ko‘p manbali moliyalashtirishga 
amal qilinadi. Chunki bunday usulda davlatlar o‘z moliyaviy 
ahvollaridan kelib chiqqan holda ta’lim tizimini moliyalashtirish 
manbalarini tez o‘zgartirish imkoniyatiga egadirlar. 
 
Mavzu bo‘yicha savollar 
 
1. O‘zbekistonda ta’lim tizimini tubdan isloh qilishning muhim 
omillari nimalarni o‘zida qamrab olgan?
2. Ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar nimalarda iborat? 
3. Ta’lim tizimi nimalarni o‘z ichiga oladi?
4. Ta’lim turlarini sanab bering? O‘zaro farqlar qanday?


156 
5. Maktabgacha ta’lim haqida qanday me’yoriy hujjatlarni bilasiz? 
O‘zbekistonda u rasman necha yoshdan boshlanadi? 
6. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim qaysi ta’lim turlarini 
o‘zida jamlagan?
7. Professional ta’limning umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’limdan 
farqli jihatlari nimada?
8. Oliy ta’lim necha yilni tashkil etadi? Qanday bosqichlardan 
iborat?
9. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim haqida ma’lumot bering?
10.Bakavr darajasini olgach, stajyor-tadqiqotchilikka davogarlik 
qilish mumkinmi?

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling