O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qalandar abduraxmonov, Samandar qurbonov


  12.4. Madaniyat va san’at sohasida davlat-xususiy sherikligi


Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/112
Sana05.05.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1429095
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   112
Bog'liq
П INSON TARAQQIYOTI 2 тахрир булди

 


167 
12.4. Madaniyat va san’at sohasida davlat-xususiy sherikligi 
Madaniyat va 
san’at sohasini tubdan isloh qilish va 
takomillashtirish, madaniyat va san’at muassasalarini davlat 
tomonidan 
qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimini yaratish 
maqsadida tizimli ishlar olib boriladi.
Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish, ushbu 
sohadagi muassasalar tarmog‘ini kengaytirish va ularning moddiy-
texnik ahvolini mustahkamlash, aholiga sifatli xizmatlar ko‘rsatishni 
tashkil etish hamda davlat-xususiy sheriklik uchun qulay shart-
sharoitlar yaratib
38
kelinmoqda. 
Madaniyat va san’at sohasida davlat-xususiy sheriklikning 
quyidagi shakllarini joriy etish mumkin: 
- madaniyat va san’at yo‘nalishidagi nodavlat muassasalarining 
binolarini qurish uchun bepul asosda doimiy foydalanishga yer 
uchastkalari ajratish; 
- mavjud davlat madaniyat va san’at muassasalari binolarini 
rekonstruksiya qilish va jihozlash, keyinchalik esa ularni otaliqqa olish 
sharti bilan madaniyat va san’at yo‘nalishidagi nodavlat muassasalari 
obyektlarini qurish uchun bepul asosda yer uchastkalarini taqdim etish; 
- konsessiya asosida qurilish uchun yer uchastkasi yoki 
rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun bino ajratish
- bo‘sh turgan davlat mulki obyektlarini, shu jumladan, faoliyat 
ko‘rsatmayotgan davlat madaniyat va san’at muassasalarining 
binolarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda “nol” xarid 
qiymatida sotish; 
- davlat madaniyat va san’at muassasalarining foydalanilmayotgan 
binolarini (yoki ularning bir qismini) ijara haqining “nol” stavkasida 
maqsadli foydalanish uchun xususiy sheriklarga berish; 
- xususiy sherikning mol-mulki negizida tashkil qilingan 
madaniyat va san’at nodavlat muassasalarini moddiy-texnik, moliyaviy 
va metodik ta’minlash; 
- otaliq shaklidagi xayriya faoliyatini olib borish. 
38
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 1 avgustdagi PQ-3892-sonli Qarori. URL: 
https://lex.uz/docs/-3845354 


168 
Madaniyat va san’at sohasida davlat-xususiy sheriklik 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasi 
tomonidan 
belgilanadigan boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin. 
Davlat-xususiy sheriklik shakliga qarab xususiy sherikka quyidagi 
investitsiya majburiyatlari yuklanishi mumkinligi me’yoriy-huquqiy 
hujjatlarda belgilab qo‘yilgan: 
- madaniy xizmat ko‘rsatishda aholining ijtimoiy himoyaga 
muhtoj toifasiga imtiyozlar berish; 
- madaniyat va san’at muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, 
mukammal ta’mirlash va jihozlash borasidagi ishlarni o‘z vaqtida va 
sifatli amalga oshirish
- davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimda nazarda tutiladigan 
boshqa majburiyatlarni bajarish. 

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling