O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qalandar abduraxmonov, Samandar qurbonov


Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/112
Sana05.05.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1429095
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   112
Bog'liq
П INSON TARAQQIYOTI 2 тахрир булди

Qisqacha xulosa 
 
Ayollar va erkaklarning teng huquqligi inson huquqlarining eng 
asosiylaridan biri hisoblanib, ijtimoiy adolatni ta’minlashning 
shartidir. Ayni vaqtda bu tenglik, rivojlanish va tinchlikka erishishning 
zarur va asosiy sharti ham hisoblanadi. Ayollar va erkaklarning teng 
huquqlilik 
asosida 
sheriklik 
munosabatlarini 
o‘rnatish inson 
manfaatlariga yo‘naltirilgan barqaror rivojlanishning hal qiluvchi
omillaridan biri hamdir.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 25-moddasida 
“Har bir inson o‘zining hamda oilasining salomatligi va farovonligini 
ta’minlash uchun zarur bo‘lgan turmush darajasiga ega bo‘lish, 
jumladan... turar joyga... ega bo‘lish... huquqiga egadir”. Turar joyga 
ega bo‘lish deyilganda inson uchun faqat boshpana mavjud bo‘lishi 
nazarda tutilmaydi. Inson istiqomat qiladigan turar joy uning yashashi 
uchun munosib bo‘lishi kerak.
Turar joy-kommunal xo‘jaligi murakkab, ko‘p tarmoqli ishlab 
chiqarish texnikaviy majmua bo‘lib, uning tarkibiga turar joydan 
foydalanishni ta’minlovchi korxonalar, turar joy xo‘jaligi hamda 
ta’mirlash-foydalanish ishlab chiqarishi va obodonlashtirish xizmati 
kiradi. 
Madaniyat iqtisodiy nuqtayi nazaridan quyidagicha tasniflanadi: 
badiiy ijod; madaniy ne’matlarni yaratish va tarqatish; madaniyat 
muassasalari faoliyati; madaniy merosni asrash. 
 
Mavzu bo‘yicha savollar 
 
1. Inson taraqqiyotida gender omillarining o‘rni qanday?
2. Turar joyga egalik insonning asosiy huquqimi yoki 
majburiyatimi?
3. O‘zbekistonda turar joy kommunal xo‘jaligidagi islohotlar 
haqida nimalarni qo‘shimcha qila olasiz? Xalqaro tajribada qaysi 
islohotlarni tavsiya etgan bo‘lardingiz?
4. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlarini moddiy 
rag‘batlantirish qanday amalga oshiriladi?
5. Inson taraqqiyotida madaniyat sohasining tutgan o‘rni qanday?


171 
6. Madaniyat muassasalarini moliyalashtirish manbalarini sanab 
bering? Yana nimalarni kiritish muhim deb hisoblaysiz?
7. Madaniyat va san’at sohasida davlat-xususiy sherikligida 
qanday xorijiy tajribalarni bilasiz?
8. Atrof-muhitning inson taraqqiyotiga ta’siri qanday? Nega aynan 
shunday deb hisoblaysiz?


172 

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling