Mavzu:
"UCHDAN KEYIN KECH" asari tahlili
Yaponiyalik muhandis va tadbirkor Masaru Ibukaning "Uchdan keyin kech" kitobi koʻplab tillarga tarjima qilingan va bolalarni beshikdanoq tom maʼnoda rivojlantirishga intilayotgan ota-onalat uchun haqiqiy vositaga aylandi. U erta rivojlanishning asosiy tamoyillarini belgilab beradi va bolalarning intellektual merosiga ular tugʻilgan paytidan boshlab va hatto undan oldin ham gʻamxoʻrlik qilishga chaqiradi.
Yaponiyalik muhandis va tadbirkor Masaru Ibukaning "Uchdan keyin kech" kitobi koʻplab tillarga tarjima qilingan va bolalarni beshikdanoq tom maʼnoda rivojlantirishga intilayotgan ota-onalar uchun haqiqiy vositaga aylandi. U erta rivojlanishning asosiy tamoyillarini belgilab beradi va bolalarning intellektual merosiga ular tugʻilgan paytidan boshlab va hatto undan oldin ham gʻamxoʻrlik qilishga chaqiradi.
Masaru Ibuka
Kitob nashr etilganidan beri ota-onalar dunyosi 3 ta boʻlimga boʻlingan: baʼzilari Masaru Ibuka hech qanday aqlli narsa yozmagan deb hisoblasa, boshqalari „Uchdan keyin kech“ — bu uning faqat kitobi va qolganlari esa bu kitobni umuman oʻqimaganlar toifasiga kira boshlaydi
Ushbu kitob muallifi Masaru Ibukaning ta'kidlashicha, barcha yosh bolalar noyob qobiliyat egasi hisoblanishadi. U yangi tugʻilgan chaqaloqlarga muhitning ta'siri juda katta ekani haqida mulohaza yuritib, bolalarning erta rivojlanishi borasida oddiy va tushunarli usullarni taklif etadi
Quyida asardagi eng qimmatli fikrlarni taqdim etamiz:
Koʻpchilik chaqaloqni qoʻllariga oladi. Uning intellektual rivojlanishida uni ushlash katta rol oʻynaydi.
Bolaning oʻz toʻshagida uxlashiga ruxsat bering. Birgalikda uyqu uning rivojlanishiga taʼsir qiladi.
Bola bilan bolalardek gaplashmang. Tugʻilgandan boshlab u bilan kattalar tilida gaplashing.
Har kuni chaqalogʻingizga gʻamxoʻrlik qiling. Hatto kuniga 1ta dars sezilarli natijalarga olib keladi.
Bola bilan janjallashmang. Aks holda u oʻzini juda salbiy va bezovtali sezadi.
Uning boshqa bolalar bilan muloqot qilish istagini qoʻllab-quvvatlang. Bu ongini mukammal darajada ochirishiga yordam beradi.
Bolaga nafaqat ona, balki ota ham kerak. Bundan tashqari, ota va bola oʻrtasidagi muloqotda hech qanday cheklovlar boʻlmasligi kerak.
Bolani oʻz qiziqish va manfaatlarini himoya qilish uchun janjallashishiga yoʻl bering. Oʻz manfaati uchun kurash muloqot qobiliyatlarini rivojlantiradi.
Bolalar maqtash va jazoga ham muhtoj. Ayniqsa oʻgʻil bolalarni maqtash orqali jazolang.
Farzandingizga nima yaxshi, nima yomon ekanligini soʻray bermang. Uni hayot tajribasi (sizning yordamingiz bilan) yozsin va oxir-oqibat u buni ajrata boshlaydi.
Bolangizning qandaydir bir narsaga qiziqishlarini qoʻllab-quvvatlang. Ular uchun zarur sharoitlarni yarating.
Doim qoplangan materiallarni takrorlab boring. Bu bola miyasida toʻgʻri zanjir hosil qiladi.
Bolalarning fantaziyasini ahmoqona deb oʻylamang. Orzu qilish va xayol surish qobiliyati ijodkorligini rivojlantiradi.
Sheʼrlar yod oldiring. U xotirasini tarbiyalaydi.
Chaqoloqni insoniyatning eng yaxshi koʻrinishlarini oʻrab olishiga harakat qiling. Birgalikda klassik musiqalar tinglang, badiiy asarlarni diqqat bilan oʻqing.
Bolani cheklash shart emas. U oʻzining qoʻlidan keladiganini qiladi, aql-zakovati va ijodiy moyilligini rivojlantiradi.
Muallifning fikricha, yoshi kattalar mashaqqat bilan egallaydigan koʻnikmalarni bolakaylar o'ynagan holatda o'zlashtiradilar. Bu jarayondagi eng muhim narsa - bola hayotiga yangi tajribani o'z vaqtida kiritishdir.
Kichkintoy bilan doim yonma-yon boʻlgan insongina ana shu vaqtni payqay oladi. Kitob o'z farzandlariga yangi va ajoyib imkoniyatlar eshigini ochishni istagan barcha ota-onalar uchun mo'ljallangan.
E'tiboringiz
uchun
rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |