O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qalandar abduraxmonov, Samandar qurbonov


Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-oktyabrdagi “Umumiy o‘rta


Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/112
Sana05.05.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1429095
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   112
Bog'liq
П INSON TARAQQIYOTI 2 тахрир булди

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-oktyabrdagi “Umumiy o‘rta 
ta’lim muassasalarining 10-11-sinflari o‘quvchilariga kasbiy 
ta’lim berishga ixtisoslashgan o‘quv-ishlab chiqarish majmua-
larini tashkil etish chora-tadbirlari to‘grisida”gi 868-sonli qarori 
qabul qilindi. 
Aytish joizki, o‘quvchilarga kasbiy ta’lim berish uzluksiz ta’lim 
tizimining tarkibiy qismi bo‘lib, ularning kasb-hunar o‘rganishga 
bo‘lgan ehtiyojini qondirish, kasbiy bilim va ko‘nikmalarini shakllan-
tirish, respublika iqtisodiyoti tarmoqlari uchun zarur mutaxassislarni 
tayyorlashni ta’minlaydi. 
Kasbiy ta’lim olish o‘quvchilar uchun majburiy bo‘lib, bepul 
amalga oshiriladi. 
Umumiy 
o‘rta 
ta’lim 
muassasalarining 
10-11-sinflari 
o‘quvchilariga kasbiy ta’lim berish muddati 2 yil bo‘lib, o‘rta maxsus, 
kasb-hunar ta’limi muassasalari va umumiy o‘rta ta’lim muassasa-
laridagi majmualarda tashkil etiladi. 
Kasbiy ta’lim berishning maqsadi o‘quvchilarga maxsus va 
chuqurlashtirilgan tayyorgarlikni talab etmaydigan kasb-hunar 
o‘rgatishdan, shu kasb bo‘yicha ijodiy fikrlaydigan, tashkilotchilik 
hamda tadbirkorlik ko‘nikmalariga ega bo‘lgan shaxsni tarbiyalashdan 
hamda o‘quvchilarning qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqqan 
holda kasb-hunar tanlashda ularga ko‘maklashishdan iborat. 
Kasbiy ta’lim berishning vazifalari quyidagilardan iborat: 

o‘quvchilar tomonidan kasb-hunar ko‘nikmalarining o‘zlashti-
rilishini ta’minlash, maxsus va chuqurlashtirilgan tayyorgarlikni talab 
etmaydigan kasblarni o‘rgatish orqali ularning kasb-hunar olishga 
bo‘lgan ehtiyojini qondirish

kasbiy ta’lim berish jarayonida “usta-shogird” an’analari, 
mahalliy va xorijiy ilg‘or tajribani o‘rgangan holda eng maqbul usul-


143 
lardan foydalanish hamda kasblarning malaka talablarini va kasbiy 
ta’lim berish jarayonining metodik ta’minotini takomillashtirib borish; 

kasbiy ta’lim berish jarayoniga innovatsion pedagogik va 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali 
kasbiy ta’lim berish sifatini ta’minlash;

o‘quvchilarda mustaqil ijodiy fikrlagan holda mehnat jarayonini 
tashkil etish ko‘nikmalarini shakllantirish orqali ularning mehnat 
faoliyati bilan faol shug’ullanish imkonini beruvchi kasb egasi 
bo‘lishlarini ta’minlash; 

mehnat bozori uchun maxsus va chuqurlashtirilgan tayyorgarlik 
talab etilmaydigan kasblar bo‘yicha raqobatbardosh kadrlar tayyor-
lashni ta’minlash. 

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling