1. Pedagogik texnologiyalar maqsadi, mazmuni va vazifalari Uzluksiz ta’lim tizimi barcha bosqichlarida matematika o‘qituvchining innovatsion pedagogik faoliyati


Download 23.57 Kb.
bet1/5
Sana30.10.2023
Hajmi23.57 Kb.
#1734787
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Pedagogik texnologiyalar. Matematik ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan innovatsiyalar. Innovatsion pedagogik faoliyatni amalga oshirish usullari.


Pedagogik texnologiyalar. Matematik ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan innovatsiyalar. Innovatsion pedagogik faoliyatni amalga oshirish usullari.


REJA:


1. Pedagogik texnologiyalar maqsadi, mazmuni va vazifalari
2. Uzluksiz ta’lim tizimi barcha bosqichlarida matematika o‘qituvchining innovatsion pedagogik faoliyati


1. Pedagogik texnologiyalar maqsadi, mazmuni va vazifalari
Hozirgi kunda pedagogik texnologiya terminini ishlatishda bir nechta talqinlar mavjud.
1. O’quv jarayoni uchun vosita, o’quv qurollari, ta’limning texnik vositalarini ishlab chiqish va qo’llash sifatidagi pedagogik texnologiyalar (B.G.Lixachev, S.A.Smirnov, R.de Kiffer, M.Meyer).
2. Ta’limni takomillashtirishda tizimli tahlilni qo’llashga qaratilgan o’quv vazifalarini amalga oshirish usuli yoki komunikasiya jarayoni sifatidagi pedagogik texnologiyalar (V.P.Bespalko, M.A.CHoshanov, V.A.Slastenin, V.M.Monaxov, A.M.Kushnir, B.Skinner, S.Gibson, T.Sakamoto).
3. Ijtimoiy, boshqaruv va tabiiy fanlarga asolangan optimal o’rgatuvchi tizimlarni loyhalash bilan shug’allanuvchi bilishning keng sohasi sifatidagi pedagogik texnologiyalar (P.I.Pidkasistыy, V.V.Guzeev, M.Eraut, R.Stakenas, R.Kaufman, D.Eli, S.Vedemeyer).
4. Pedagogik texnologiyaning bir nechta mohiyatini birgalikda qarashni taklif etuvchi ko’pjixatli yondashuv (M.V.Klarin, V.V.Davыdov, G.K.Selevko, D.Finn, K.M.Silber, P.Mitchel, R.Tomas).
Quyida pedagogik texnologiyaga berilgan bir nechta ta’riflarni keltiramiz:
Texnologiya – biror ishda, mahoratda, san’atda qo’llaniladigan usullar, yo’llar yig’indisi. ( Izohli lug’at)
Pedagogik texnologiya – o’qitishning, ta’limning shakllari, metodlari, usullari, yo’llari, tarbiyaviy vositalarning maxsus yig’indisi va joylashuvini belgilovchi psixologik tartiblar majmuasi; u pedagogik jarayonning tashkiliy uslubiy vositalaridan iborat. ( B. T. Lixachev)
Pedagogik texnologiya – o’qituvchi mahoratiga bog’liq bo’lmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan, o’quvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir. ( V. P. Bespalko)
Pedagogik texnologiya – ta’limning rejalashtiriladigan natijalariga erishish jarayoni tafsiloti. ( I. P. Volkov)
Pedagogik texnologiya – o’quv jarayonining o’quvchilar va o’qituvchi uchun
qulay sharoitlar ta’minlashni loyihalash, tashkil qilish va o’tkazish bo’yicha hamma detallari o’ylab chiqilgan birgalikdagi pedagogik faoliyat modeli. (V.M. Monaxov)
Pedagogik texnologiya – texnika resurslari, odamlar va ularning o’zaro ta’sirini hisobga olgan holda ta’lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo’yuvchi o’qitish va bilimlarni o’zlashtirishning hamma jarayonlarini yaratish, qo’llash va aniqlashning tizimli metodi. (YUNESKO)
Pedagogik texnologiya – pedagogik maqsadlarga erishish uchun foydalaniladigan barcha shaxsiy, uskunali va metodologik vositalarning tizimli yig’indisini va ularning amal qilish tartibini bildiradi. (M.V.Klarin)
Pedagogik texnologiyaning mohiyati didaktik maqsad, talab etilgan o’zlashtirish darajasiga erishishdan iborat bo’lib, uni tadbiq etishni hisobga olgan holda ta’lim jarayonini ilgaridan loyihalashtirishda namoyon bo’ladi. (U.Nishonaliev)
Pedagogik texnologiya – bu o’qituvchi (tarbiyachi) ning o’qitish (tarbiya) vositalari yordamida o’quvchi (talaba)larga muayyan sharoit va ketma-ketlikda ta’sir ko’rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan sifatlarni shakllantirish jarayonidir. (N.Saidaxmedov)
Pedagogik texnologiyalar-ta’limning rasional yo’llarini tadqiq qiluvchi va loyihalovchi pedagogik nazariya sohadagi fan sifatida, faoliyatning algoritmlar sistemasi, vositalari va ta’sir etuvchilari sifatida, ta’lim va tarbiyaning real jarayoni sifatida xizmat qiladi.
Ta’lim jarayoniga texnologik yondashuv
- pedagogik jarayonni boshqarish va katta aniqlikda natijalarni bashorat qilish;
- amaliy tajriba va uning qo’llanilishini ilmiy asoda tahlil qilish va sistemalashtirish;
-ta’limiy va ijtimoiy – tarbiyaviy muammollarni kompleks hal etish;
-shaxs rivoji uchun qulay sharoitlarni ta’minlash;
-insonga noqulay vaziyatlar ta’sirini kamaytirish;
- mavjud resurslardan optimal foydalanish;
-ijtimoiy–pedagogik muammolarni hal etishning texnologiyalar va modellarining samaralilarini tanlash va yangilarini ishlab chiqish imkoniyatini beradi.
Ta’lim va pedagogik jarayonlarga texnologik yondashuv universal bo’lmay fan va amaliyotning pedagogika, psixologiya, sosiologiya, ijtimoiy pedagogika, siyosatshunoslik kabi yo’nalishlarining ilmiy yondashuvlarini to’ldiradi.
Tizim (sistema–grekcha systema–qismlardan tuzilgan, birlashtirilgan) ma’lum bir yaxlitlikni hosil qiluvchi, bir-biri bilan ma’lum bir munosabat va bog’lanishlarda bo’lgan elementlar majmuasi.
Tizim tushunchasi ko’proq umumiylik xususiyatiga ega. Tizim tushunchasi
ko’proq statistik, tarkibiy xolatlarni ifodalashda ishlatilsa, texnologiya tushunchasi ma’lum bir vaqt oralig’ida ro’y beradigan jarayon sub’ekt va ob’ektlar orasidagi faoliyatni ko’zlangan natijaga erishishni nazarda tutishda ishlatiladi. Har qanday pedagogik tizim texnologiya bo’la olmaydi, lekin har qanday texnologiya ma’lum bir tizimni bildiradi. Bundan tashqari ―metodika‖ va ―texnologiya‖ terminlarini ham bir – biridan farq qilish lozim. Fanni o’qitish metodikasi mazmun, sifat, har xillikka urg’u bersa, fanni o’qitish texnologiyasida maqsad, jarayon, son-miqdor, mo’ljalga urg’u beriladi.
Fanni o’qitish metodikasi modullar, bo’limlar, mavzuni o’qitish, turli mashg’ulotlarni tashkillashtirish va o’tkazish; bilim, malaka va ko’nikmalarni shakllantirish metodalarini qamrab oladi. SHu bilan birga aniq bir harakatlarni amalga oshirish-misol yechish, og’zaki bayon etishda metodika termini ishlatiladi. Buning natijasida ayrim xollarda texnologiyalar ta’lim metoditkasida, ayrim metodikalar texnologiya tarkibida qatnashadi. Masalan, bumerang texnologiyasi tarkibiga nazariy ma’lumotni mustaqil o’rganish metodikasi kirsa, bumerang texnologiyasi matematika o’qitish metodikasi tarkibiga kiradi.
- Pedagogik texnika deganda – kasbiy ko’nikma, o’quvchiga ta’sir usullari majmuasi tushiniladi.
Model iborasini ta’lim texnologiyalari bilan birgalikda ishlatilganda qaralayotgan texnologiyaning boshqa bir varianti ma’nosida tushiniladi.
Ta’lim texnologiyasining tashkiliy elementlari-o’qituvchi, o’quvchi, maqsad, natija, axborotlar mazmuni, metodlar vositalar, usullar va o’qitishning tashkiliy shakllari, nazorat qilish, tashxislash, axborotlar olish usul va vositalaridan iborat.
Ta’lim texnologiyasi quydagi uch bosqichdan iborat: loyihalashtirish, amalga oshirish, nazorat qilish va baholash.

Download 23.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling