O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qalandar abduraxmonov, Samandar qurbonov


-rasm. Aholi sonining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar


Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/112
Sana05.05.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1429095
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   112
Bog'liq
П INSON TARAQQIYOTI 2 тахрир булди

8.1-rasm. Aholi sonining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar 
 
Tug

ilish 
 
O

lim 
 
Migratsiya 
Hududdagi 
aholi soni 
Ijtimoiy-demografik 
rivojlanish omillari 
Iqtisodiy 
rivojlanish 
omillari 
Ijtimoiy -
psixologik 
omillar 
Tarixiy miqyosda ijtimoiy-iqtisodiy 
jarayonlarning davomiyligi 


99 
Ro‘yxatdan o‘tkazish ma’lumotlarini yig‘ish va qayta ishlash-
ning qiyinligi ma’lum bir vaqtda olingan aholi sonining faktik 
miqdori, odatda, ma’lum bir sustkashlik bilan aniqlanishiga olib 
keladi. Shuning uchun aholi soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar 
ko‘pincha oxirgi yillar uchun aholi o‘sish sur’atlari tendenstiyalarini 
ekstropolyatsiyasiga asoslangan qisqa muddatli prognoz qilish yo‘li 
orqali olinadigan baholar sifatida namoyon bo‘ladi. 
Aholi soni dinamikasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning tahlili 
uchun tarkibiy ko‘rsatkichlardan foydalaniladi, masalan, ayrim 
hududlarda yashayotgan aholi soni va ulushini solishtirish. Bunda 
guruhlash va indekslar qo‘llaniladi: o‘sish va o‘sish sur’atlari, teng 
bo‘lmagan vaqt oraliqlari uchun esa o‘sish va o‘sish sur’atining 
o‘rtacha yillik sur’atlari olinadi. 
U yoki bu vaqt uchun aholi miqdorining o‘zgarishi, birinchidan, 
aholining tabiiy o‘sish sur’ati deb nomlanuvchi tug’ilganlar va 
o‘lganlar miqdorining farqlari bilan; ikkinchidan, agar so‘z 
mamlakat yoki aholi manzilgohi haqida ketadigan bo‘lsa, ularning 
miqdori aholi migratsiyasi (keluvchilar va ketuvchilar nisbati) bilan 
aniqlanadi. Immigratsiya va emigratsiya o‘rtasidagi farq aholining 
migrastion o‘sishi deb nomlanadi. 

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling