O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qalandar abduraxmonov, Samandar qurbonov


 Pensiya tizimining shakllanish tarixi


Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/112
Sana05.05.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1429095
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   112
Bog'liq
П INSON TARAQQIYOTI 2 тахрир булди

9.2. Pensiya tizimining shakllanish tarixi 
Dastlabki pensiya ta’minoti qadimda Rim imperiyasida Yuliy 
Sezar tomonidan o‘z askarlari uchun joriy qilingan. Zamonaviy 
pensiya tizimi XIX asr oxirida shakllana boshladi. Bevosita ana shu 
davrda ayrim kam sonli davlat xizmatchilarining davlat ta’minoti 
o‘rniga mamlakat barcha fuqarolarini qamrab oladigan to‘la ko‘lamli 
pensiya tizimi tarkib topgan. Bu birinchi bo‘lib Germaniyada kansler 
Otto Bismark tomonidan joriy etilgan – ushbu mamlakatda 1883-yilda 
bemorlar va mayib bo‘lgan fuqarolarni moliyaviy qo‘llab-
quvvatlashdan 1889-yilda yalpi pensiya ta’minotiga o‘tilgan. 
Germaniyadagi pensiya tizimining moliyaviy manbayi gildiyalar 
va ishchilar birlashmalari tomonidan tashkil etilgan ko‘ngilli o‘zaro 
yordam jamg‘armalari tamoyiliga asoslangan bo‘lsa ham ish beruv-
chilar va xodimlar tomonidan to‘lanadigan majburiy badallar hisob-
lanardi. Mazkur tizimda pensiya olish huquqini fuqarolar tomonidan 
avval to‘lagan badallari berardi. 
Shundan so‘ng 1891-yilda Daniyada, 1908-yilda Buyuk 
Britaniyada, 1910-yil Shvetsiyada, 1919-yil Italiyada, 1919-yil 
Gollandiyada ham aholining pensiya ta’minoti yo‘lga qo‘yilgan. Lekin 
bu davlatlarda avval yordamga muhtoj fuqarolar aniqlangan va ularga 
kam ta’minlangan shaxslar sifatida moliyaviy yordam ko‘rsatilgan. 
Lotin Amerikasida birinchi bo‘lib Chilida 1924-yilda pensiyaning 
umummilliy taqsimlash tizimi joriy qilingan, ammo bu davlat 1980- 
yilda birinchi bo‘lib bu tizimdan voz kechgan. 
Amerika Qo‘shma Shtatlarida “Amerikan Ekspress” kompaniyasi 
1875-yilda o‘z xodimlariga pensiya to‘lagan, 1915-yildan davlat 
xizmatchilariga pensiya tayinlana boshlaganiga qaramasdan, fuqaro-
larga pensiya to‘lash 1930-yilga kelib yo‘lga qo‘yilgan. Lekin AQSh 


108 
birinchi bo‘lib – 1935-yilda federal pensiya sug’urta tizimini joriy 
qilgan. 
1952-yil 4-iyunda Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT)ning Bosh 
konferenstiyasi kun tartibiga ijtimoiy ta’minotning eng kam normalari 
to‘g‘risidagi masala qo‘yilgan va “Ijtimoiy ta’minotning eng kam 
normalari” to‘g‘risidagi 102-Konvensiyasi qabul qilingan.

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling