O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qalandar abduraxmonov, Samandar qurbonov


Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/112
Sana05.05.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1429095
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   112
Bog'liq
П INSON TARAQQIYOTI 2 тахрир булди

Ma’muriy-huquqiy uslubda aholining takror hosil bo‘lishini 
tartibga solishga qonunlar va me’yoriy-huquqiy hujjatlar, davlat 
organlari va ijtimoiy institutlar orqali ta’sir ko‘rsatiladi. Nikoh 
munosabatlari, oila, onalik va bolalikni muhofaza qilish, gender 
siyosatiga doir qonun hujjatlari, hukumat dasturlari va boshqalar 
shular jumlasidandir. 
Iqtisodiy uslub tug‘ilish darajasini oshirishni rag‘batlantirish, 
umr ko‘rish davomiyligini uzaytirishga qarartilgan shart-sharoitlarni 
yaxshilashni moliyaviy resurslar bilan ta’minlash, aholining ijtimoiy 
himoyaga muhtoj qatlamini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash kabi 
tadbirlarni qamrab oladi. 
Davlatning 
demografik 
siyosatini 
amalga 
oshirishning 
ijtimoiy-psixologik uslubi aholini “demografik tarbiyalash”, deb 
ham ataladi. U fuqarolarning oilaga, oila tarkibiga, sog‘lom turmush 
tarziga 
munosabatini 
shakllantirishga 
yo‘naltirilgan 
bo‘ladi. 
Ayniqsa, ota-onalarning “demografik savodxonligi”ga katta e’tibor 
beriladi. Demografik tarbiyaning yana bir muhim yo‘nalishi 
aholining demografik mayliga ta’sir ko‘rsatishdir. Demografik 
tarbiyalash, asosan, ijtimoiy institutlar, ta’lim va targ‘ibot 
muassasalari, ommaviy axborot vositalari orqali amalga oshiriladi. 
XVII asrdayoq Fransiya Yevropada birinchilardan bo‘lib o‘z 
aholisi soni ko‘payishini rag‘batlantirish siyosatini amalga oshira 
boshlagan. Bunga ko‘p jihatdan Fransiyaning Germaniya bilan 30 
yil-lik (1618‒1648-yillar) urushda katta talafot ko‘rgani sabab 
bo‘lgan. XVIII asrda esa manufaktura ishlab chiqarishining 
kengayishi bilan ishchi kuchiga talab kuchaygan va sanoati 
rivojlanayotgan 
davlatlarda 
tug‘ilishni 
ko‘paytirish 
qo‘llab-
quvvatlangan. 


105 

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling