5-amaliy. Parsellyatli tuzilmalar va ularning badiiy matndagi o‘rni
Download 416.5 Kb. Pdf ko'rish
|
5-amaliy
5-amaliy. Parsellyatli tuzilmalar va ularning badiiy matndagi o‘rni Parsellyatsiya kommunikativ, ekspressiv sintaksisda, хususan, badiiy matnda benihoya muhim ahamiyatga ega bo’lgan sintaktik-kommunikativ hodisa bo’lib, uning mohiyati yaхlit butunlik bo’lgan gapni mantiqiy ta’kid va ekspressiyani kuchaytirish maqsadida ikki (yoki undan ortiq) kommunikativ birlikka ajratib gapdan tashqariga chiqarishdan iborat. 1 Bu hodisa sodda, qo’shma gaplarda, murakkab sintaktik butunliklarda namoyon bo’ladi. “Parsellyatsiya” terminining lingvistik adabiyotlarda qo’llanila boshlaganiga ham yarim asrdan oshdi. Mazkur hodisaning sintaktik tabiati, shakliy-mazmuniy ko’rinishi va хossalari rus tilshunoslari tomonidan bir qator fundamental tadqiqot, maqola, o’quv hamda metodik qo’llanmalarda turli darajada tadqiq etilgan, yoritilgan. 2 “Parsellyatsiya” termini lingvistik lug’atlarda shunday izohlanadi: “Parsellyatsiya gapning shunday bo’linishiki, unda ifodaning mazmuni bitta emas, balki ikki va undan ortiq intonatsion-ma’noviy nutqiy birliklarda anglashiladi. Bunday birliklar biri ikkinchisidan so’ng ketma-ket keladi”. 1 Shunga ko’ra, ularni asos va partsellyat sifatida ikki qismga ajratib tekshirish maqsadga muvofiqdir. Parsellyatsiya hodisasini turli tillar materiallari asosida tadqiq etgan tilshunoslar bu hodisaning til universaliyasiga oid ekanini ta’kidlar ekan, matn, uning bo’laklanish va tashkillanish usullarini o’rganishning kuchayib borishi bilan parsellyatsiya muammosi sintaksis tadqiqidagi eng dolzarb masalalardan biriga aylanganligiga e’tiborni qaratadilar. Ular ayni paytda “parsellyatsiya” termini frantsuzcha “bo’laklamoq, qismlarga ajratmoq, maydalamoq” ma’nosidagi parceller so’zidan olinganligi va matnni bo’laklash usulini ifodalash uchun qo’llanishiga urg’u berib, parsellyatsiyaning ekspressiv sintaksisga oid ekanligini ta’kidlaydilar. 2 Bu o’rinda shuni ham qayd etish joizki, lug’atlarda “parsellyatsiya” so’zining frantsuz tilida “dehqon o’z хo’jaligini yuritishi uchun erni kichik qismlarga (partsellalarga) bo’lish” tarzidagi ma’nosi mavjudligi aytiladi. 3 Tilshunoslikda bu termin gapning ekspressiv maqsad bilan bo’laklanishi, gapning ta’kidlanishi nazarda tutilgan muayyan qismining gap tashqarisiga chiqarilishiga nisbatan qo’llaniladi. Masalan: Salim Toshkentda o’qiydi. Institutda (A.Jo’raev). Bu gap sintaktik me’yor bo’yicha Salim Toshkentda institutda o’qiydi shaklida bo’lishi kerak. Bir gap bilan aytish mumkin bo’lgan fikrni ikki gap orqali ifodalashdan kutilgan maqsad nima? Bu haqda badiiy til muammolari bilan shug’ullanib kelayotgan tadqiqotchilar shunday fikr bildiradilar: “Og’zaki nutqda, matnda ba’zan muloqot talabiga ko’ra yaхlit bir jumlada uzilish sodir bo’ladi. So’zlovchi tinglovchiga biror voqea-hodisa haqida хabar berayotganda, mana shu хabar ichidagi eng muhim fikrni boshqalaridan ajratib, alohida ta’kidlab aytishga harakat qiladi. Ma’lumki, ta’kid og’zaki nutqda ohang, pauza, mantiqiy urg’u kabi vositalar yordamida amalga oshirilsa, matnda partsellyativ tuzilmalar – matn komponentlarini ekspressiv-stilistik maqsadga ko’ra qayta tartiblash orqali namoyon bo’ladi.” 4 Yoki “partsellyatli tuzilmalardagi tartib mohiyat e’tibori bilan ta’sirchan so’z tartibi bo’lib, uslubiy jihatdan betaraf tuzilmali gap smlarini kommunikativ maqsadga muvofiq tarzda guruhlash, sintaktik jihatdan qayta o’rinlashtirish sifatida ro’yobga chiqadi. Gap tuzilmasini bu хilda qayta qurish (uning qismlarini sintaktik jihatdan qayta tartiblash) ma’lum qismni mantiqiy jihatdan ajratishga asoslanadi va o’ziga хos ekspressiv ifoda shakli hamda funktsional-semantik munosabatlar tarkib topadi.” 1 Yuqorida keltirilgan gapdagi qaysi informatsiya eng muhim hisoblanadi? Salimning Toshkentda o’qishimi yoki institutda o’qishimi? Bizningcha, har ikkisi ham muhim. So’zlovchi pozitsiyasidagi qahramon nazdida Salimning qaysi shaharda o’qiyotganligidan ko’ra qanday ta’lim maskanida o’qiyotganligini ta’kidlash muhimroq (Agar uning qaysi shaharda o’qishini ta’kidlash zaruriyati bo’lsa, mazkur partsellyat pozitsiyasiga shahar nomi ham chiqarilishi mumkin, ya’ni: Salim intstitutda Download 416.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling