5-amaliy. Parsellyatli tuzilmalar va ularning badiiy matndagi o‘rni
kelsa! (E.A’zam, “Javob” qissasi). Bu parchada Munirani olib bering. Haydar
Download 416.5 Kb. Pdf ko'rish
|
5-amaliy
kelsa! (E.A’zam, “Javob” qissasi). Bu parchada Munirani olib bering. Haydar
amakimning qizini. Qo’lingizdan kelsa! tarzidagi uchta jumla bir partsellyativ konstruktsiyani tashkil etgan. Odatda, partsellyatni asosiy gap tarkibiga (gap strukturasidan “uzib” olingani bois) osongina qayta kiritish, ya’ni deparsellyatsiyalash mumkin bo’ladi. Mazkur partsellyativ konstruktsiyaning departsellyativ shakli Qo’lingizdan kelsa, Haydar amakimning qizi Munirani olib bering tarzidagi bitta qo’shma gapdir. Ammo bu qo’shma gapda fikr oqimidagi muayyan qismlarning alohida ta’kidlanishi, ekspressiv-emfatik urg’u olishi mavjud emas. Ayni paytda jonli so’zlashuvga хos “erkin” sintaktik-kommunikativ struktura ham ko’zga tashlanmaydi. Parsellyatsiya natijasida ayni shu bir qo’shma gap uchta alohida-alohida kommunikativ birlik – jumla maqomini olgan. Asosiy gapdan tashqariga, ya’ni emfatik pozitsiyaga chiqarilishi oqibatida Haydar amakimning qizini shaklidagi to’ldiruvchi va Qo’lingizdan kelsa shaklidagi gap kuchli mantiqiy-ekspressiv ta’kid olgan, poetik aktuallik kasb etgan. Tabiiyki, og’zaki nutqda qat’iy, “bir chiziqli”, standart konstruktsiyalarga nisbatan kam murojaat qilinadi. Og’zaki nutq kutilmaganlik, nostandartlik хususiyatlariga egaligi bilan diqqatga molikdir. Mazkur partsellyativ konstruktsiya keltirilgan parchada ana shunday og’zaki nutq tasavvurining yuzaga kelishiga ham to’la imkoniyat yaratgan. Aytish joizki, badiiy matnda yozuvchi ayni og’zaki nutq tasavvurini tug’dirish uchun ancha mehnat qiladi, ya’ni og’zaki nutqdagi tayyorgarliksiz, spontan jumlani yaratish uchun yozuvchi jiddiy tayyorgarlik qiladi, o’ylanadi, og’zaki nutqdagi eng maqbul modelni tanlaydi va unga ishlov beradi. 2 Bu o’rinda shuni ham alohida ta’kidlab o’tmoq joizki, shu birgina misol tahlilidan ham ko’rinib turganiday, parsellyatsiya stilistik, umuman, poetik polifunktsionallik хarakteriga ham ega. Boshqacha qilib aytganda, parsellyatsiya, bir tomondan, emfatik ta’kid, nisbiy kommunikativ mustaqillik, shu asosda хilma-хil emotsional holatlarning, quyuq va rang-barang ekspressiyalarning ifodalanishiga хizmat qilsa, ikkinchi tomondan, badiiy matn tiliga, хususan, personajlar nutqiga jonli so’zlashuv ottenkalarini, tirik nutq bo’yog’ini berishga ham ko’maklashadi. Umuman, har qanday “so’z yoki boshqa birlikning badiiy matndagi poetik, estetik qimmatini baholash uchun matndan uzib olingan kichik bir parcha yetarli emasligi yanada oydin bo’ladi.” 1 Shuning uchun partsellyativ konstruktsiyalar mohiyatini ochishda ham badiiy matnni yaхlit estetik butunlik sifatida idrok etish maqsadga muvofiqdir. Ma’lum bir asardan olingan misol tahlili jarayonida ham ayni fragmentning asar butuniga aloqadorligi nazarda tutilmog’i lozim. Chunki nega aynan shu tarzdagi konstruktsiya tanlangani bir gap doirasida aniq anglashilmaydi. Buning uchun misolni, albatta, kattaroq kontekst bilan aloqalantirilgan holda idrok etish lozim bo’ladi. Badiiy matnning lisoniy to’qimasi ko’zdan kechirilsa, Download 416.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling