Partsellyat kommunikativ birlik, ajratilgan bo’lak esa
mustaqil kommunikativ
birlik emas. Ayni paytda ajratish gap strukturasining ichida, undan tashqariga
chiqmaydi, parsellyatsiya esa mohiyatan gapdan tashqariga chiqadi, ya’ni
ajratilgan qism bazaviy gapdan tashqariga – gapning oхiriga chiqadi.
Nazorat uchun savol va topshiriqlar
1. Parsellyatsiya nima?
2. Parsellyatsiyaning dunyo tilshunosligida o’rganilishi haqida ma’lumot bering.
3. Parsellyatsiya va ilova konstruktsiyalar o’rtasidagi farqni izohlang.
4. Parsellyatsiya va segmentatsiya o’rtasidagi farqni izohlang.
5. Parsellyatsiya va parantezalar o’rtasidagi farqni izohlang.
6. Parsellyatsiya va ajratilgan bo’lak o’rtasidagi farqni izohlang.