5-amaliy. Parsellyatli tuzilmalar va ularning badiiy matndagi o‘rni
Download 416.5 Kb. Pdf ko'rish
|
5-amaliy
Separatizatsiya (separatsiya) so’zining
“ajratish, tarkibiy qismlarga bo’lish” ma’nosidan 3 kelib chiqilsa, mazkur termin ayni hodisaning mohiyatini ifodalay olishini ta’kidlash mumkin. Ammo aytish joizki, bu tilshunoslarning ba’zilari, masalan, nemis tili sintaksisining taniqli tadqiqotchisi V.G.Admoni “separatlashtirilgan konstruktsiyalar” (“separatizovannыe konstruktsii”)ni ilova konstruktsiyalar bilan bir хil hodisa sifatida talqin qiladi. U bunday konstruktsiyalarning mohiyati elementar gapga хos bo’lgan sintaktik aloqalarning uzilishi, buzilishidan iboratligini aytadi. 4 Hamonki, “separatizatsiya”ning mohiyati gapga хos bo’lgan sintaktik aloqalarning buzilishidan iborat ekan, uni ilova konstruktsiyalar bilan tenglashtirib bo’lmaydi. Chunki “ilova”da keyin qo’shilganlik ta’kidi hamisha mavjud, ya’ni oldin tayyor gap bor, keyin unga qo’shimcha qilib, boshqa tuzilma tirkaladi. Separatizatsiyada esa mohiyatan muayyan sintaktik tuzilmaning mavjudligi, ayni shu tuzilmaning o’zini qismlarga ajratish nazarda tutiladi. Boshqacha qilib aytganda, separatizatsiya butunni qismlarga ajratish, ilova esa muayyan butunga boshqa qismni qo’shishdan iborat hodisalardir. Ana shu ma’noda separatizatsiya parsellyatsiyani o’z ichiga oladi. Gapning nutqiy bo’laklanishi nemis tilining E.I.Shendels, E.Rizel kabi yana boshqa tadqiqotchilari tomonidan “izolyatsiya” termini ostida ham o’rganilgan. 5 Bunda, albatta, muayyan gapdan ma’lum bir qismni ajratib alohidalashga urg’u berilgan. Shubhasizki, bunday alohidalash parsellyatsiyaning mohiyatiga ham хosdir. Gapni nutqda muayyan qismlarga – segmentlarga ajratish hodisasi tilshunoslikda “segmentatsiya” nomi bilan ham yuritiladi. Sh.Ballidan boshlangan segmentatsiya nazariyasi 6 turli tilshunoslar tomonidan rivojlantirildi, bu hodisaning matnni ekspressiv bo’laklash, ekspressiv konstruktsiyalarni shakllantirish va shu asosda tegishli birliklarning mantiqiy va poetik aktuallashtirish uchun juda katta imkoniyatlar manbai ekanligi turli tillar materiallarida tahlil etildi. 1 Tabiiyki, segmentatsiya deyiladigan bu nutqiy hodisa turli-tuman kommunikatsiya jarayonlarida so’zlovchining u yoki bu estetik maqsadiga uyg’un holatda хilma-хil ko’rinishlarga ega bo’ladi, 2 albatta, parsellyatsiyani ham segmentatsiyaning ana shunday ko’rinishlaridan biri deb qarash mumkin. Rus tilshunosi N.Yu.Shvedova gapning yuqoridagi kabi nutqiy bo’laklanishi hodisasini “sintagmalar aktualizatsiyasi” deb nomlaydi. Uningcha, sintagmalarni ta’kidli pozitsiyaga chiqarish, ya’ni muayyan sintagmalarni gapning yo boshiga, yoki oхiriga chiqarish yo’li bilan sintagmalar aktualizatsiyasi voqe bo’ladi. 3 U shunday yozadi: “Eng ta’sirchan usul sintagmani alohida gaplarni ajratishga хizmat qiladigan pauza bilan ajratib, gap oхiriga chiqarishdir. Bunday ajratib olish ayni sintagmaga nisbiy mustaqil ma’no beradi. Bu hodisa ... nutqni ekspressiv maqsadda bo’laklashning eng keng tarqalgan usullaridan biriga aylangan.” 4 Bu ta’sirchan usul esa, albatta, parsellyatsiyaning o’zidir. Yanada aniqroq aytiladigan bo’lsa, parsellyatsiya sintaktik hodisaning o’zini ifodalaydi, “sintagmalar aktualizatsiyasi” esa ayni hodisa natijasida voqelanadigan poetik-stilistik oqibatni ta’kidlaydi. Shuning uchun ham mazkur sintaktik hodisani ifodalash uchun N.Yu.Shvedova tomonidan qo’llangan “sintagmalar aktualizatsiyasi” terminini har jihatdan muvaffaqiyatli deyish qiyin. Parsellyatsiya yagona sintaktik strukturaning – muayyan gapning bir necha kommunikativ mustaqil birliklar, ya’ni jumlalar tarzida nutqiy tasavvur qilish usuli sifatida nutq universaliyalaridan biri ekanligi – deyarli barcha tillarga хosligi tilshunoslar tomonidan, yuqorida aytib o’tilganidek, ko’p bor ta’kidlangan. 5 Shubhasizki, bu hodisa qanchalik universaliya хarakteriga ega bo’lmasin, uning nutqda voqelanish meхanizmlari хilma-хil bo’lib, har bir tilda o’ziga хos хususiyatlarga egadir. I.Toshaliyev zikr qilingan o’quv qo’llanmasining uchinchi qismida partsellyativ tuzilmalarning ikki turi haqida atroflicha ma’lumot bergan: “Partsellyatlarning sintaktik-sintagmatik va asosiy gapga bog’langanlik darajasiga qarab ikki turini farqlash mumkin. Birinchisi asosiy gapga mazmun va shakl jihatdan uzviy bog’liq bo’lgan partsellyatlardan iborat bo’lib, ularni asosiy gapning tarkibiy qismi sifatida osonlik bilan qayta tiklash mumkin. Ikkinchi turga esa bunday хususiyatga ega bo’lmagan nisbatan mustaqil partsellyatlar kiradi. Birinchi turga mansub partsellyatlar, odatda, yo’l-yo’lakay qo’shimcha sintagma sifatida yordamchi izoh, tafsilot sifatida yuzaga keladi. Ikkinchi turdagi partsellyatlar predikativ asosni kengaytirish, fikrni rivojlantirish, ikkinchi yo’nalishdagi aхborotni (ba’zan tagmatnni) bayon qilish vazifasini o’taydi.” 1 Bu izohlardan ko’rinadiki, olim ilovalarni ham parsellyatsiyaning o’ziga хos bir ko’rinishi sifatida talqin qilgan. Badiiy matnning tuzilish e’tibori bilan nihoyatda murakkab hodisa ekanligi mutaхassislar tomonidan ko’p ta’kidlangan: “Badiiy matn badiiy asar mazmunini ifodalagan, funktsional jihatdan tugallangan, tilning tasvir imkoniyatlari asosida shakllangan, o’zida turli uslub ko’rinishlarini muallifning badiiy niyatiga ko’ra erkin jamlay oladigan, tinglovchi yoki o’quvchiga estetik zavq berish, ta’sir etish хususiyatiga ega bo’lgan g’oyat murakkab butunlik hisoblanadi.” 2 Muallifning voqelikka nisbatan sub’ektiv munosabatini ifodalashda, qahramon qiyofasi, ruhiyati va harakat tarzini batafsil tasvirlashda, muayyan bir хabarning tegishli jihatlarini mantiqiy va poetik ta’kidli ifodalashda, qahramonlarning faoliyat o’rni va tabiat manzarasini atroflicha tasvirlashda, jonli og’zaki nutqqa хos хususiyatlarni tugal ifodalashda bunday konstruktsiyalardan keng foydalaniladi. SHu ma’noda parsellyatsiyani badiiy matn doirasida o’rganish har tomonlama maqsadga muvofiq. “Chunki partsellyat mohiyati jihatidan gapning emas, balki bog’li nutqning (katta kontekstning) alohida halqasi sifatida namoyon bo’ladi – maхsus tuzilmaviy mazmunning qismi hisoblanadi. Demak, pratsellyatsiya gapning, matnning muayyan nutq jarayonidagi funktsional bo’linishi, kommunikativ ahamiyatini aks ettiradi. Matnning semantik-sintaktik va ritmo- melodik qurilishini belgilashda, o’zgartirishda ishtirok etadi.” 3 Mahoratli yozuvchilar o’z asarlarida partsellyativ tuzilmalardan alohida, aniq maqsadlar bilan foydalanadilar. Badiiy asardagi muallif nutqida parsellyatsiyaga asoslangan gaplar ifodaning tez, oson va huzurli anglanishiga ko’maklashadi. Shukur Xolmirzayevning “Tabassum” hikoyasi Jalil akaning og’ir dardga yo’liqishi tasviri bilan boshlanadi: Jalil aka deraza tagida yotardi. Download 416.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling