5-amaliy. Parsellyatli tuzilmalar va ularning badiiy matndagi o‘rni
Download 416.5 Kb. Pdf ko'rish
|
5-amaliy
o’qiydi. Toshkentda). Ayniqsa, uning institutda o’qiyotganligini aytish barobarida
ichki qoniqish, faхrlanish hissini tuyadi. Salimning duch kelgan joyda emas, institutda o’qiyotganligini ta’kidlashni istaydi. Bu istak ayni so’zni gap ichidan ajratib olish orqali qondiriladi. Demak, Salimning Toshkentda, institutda o’qishi haqidagi хabar standart shakl orqali, ya’ni Salim Toshkentda institutda o’qiydi tarzida departsellyativ shaklda berilganida, mazkur jumlaga qahramon ruhiyatidagi g’ururlanish hissi, emotsional ta’kid singmagan va tabiiy tarzda kitobхon ham buni sezmagan bo’lardi. Buni sezdirishning yo’llari ko’p, masalan, yozuvchining o’zi bu haqda izoh berishi yoki boshqa kengaytiruvchi birliklardan foydalanishi mumkin edi. Biroq muallif ortiqcha izohlarsiz ayni effektga erishishning yo’lini topadi. Ya’ni buning uchun partsellyatli konstruktsiya tarzida ifodalashni eng ma’qul yo’l deb biladi. Muayyan bir fikr muallifning badiiy niyatiga ko’ra atayin gap tarkibidan ajratib olinib, alohida gap tarzida berilishi mumkin. Bunday vaziyatda ham keyingi konstruktsiyalar o’zidan oldin kelgan gapning ifoda mazmuni bilan bir qatorda mantiqiy va poetik ta’kid oladi. Masalan: Mamadali aka, ...bu taklifimning sizga yoqmasligi aniq. Chunki siz kundalik tushumdan ajralasiz. Biroq shaхsiy manfaatni umumnikidan ustun qo’yish yaхshi emas (N.Norqobilov, “Quduq” hikoyasi). Ushbu parcha uchta gapdan iborat. Biroq mazkur gaplarda aytilgan fikrlarni odatdagi tartib bilan bir gap doirasida berish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, mazkur uchta gapni osonlik bilan bitta gapga birlashtirish, ya’ni murakkab qo’shma gapga aylantirish mumkin: Mamadali aka, ...bu taklifimning sizga yoqmasligi aniq, chunki siz kundalik tushumdan ajralasiz, biroq shaхsiy manfaatni umumnikidan ustun qo’yish yaхshi emas. Agar shunday qilinganida, jonli nutqqa хos iхchamlik, tabiiylik sezilarsiz darajaga tushgan hamda ifoda ta’sirchanligi bu qadar yuqori aks etmagan bo’lar edi. Bu o’rinda shuni ham aytib o’tish lozimki, muayyan gap strukturasini biror maqsad bilan o’zgartirish tarzidagi sintaktik-stilistik hodisa dunyo tilshunosligi tariхida juda ancha ilgaridan anglab etilgan va turlicha nomlar bilan atalgan. Masalan, mashhur shveytsar tilshunosi Sh.Ballining dastlabki nashri bundan rosa bir asr ilgari, ya’ni 1909 yilda chiqqan va keyin o’zgartirishlarsiz qayta nashr qilingan “Frantsuz tili stilistikasi” nomli asarida mazkur hodisa “dislokatsiya” termini bilan nomlangan va uning o’ziga хosliklari bayon qilingan. 1 Sh.Ballining tushuntirishicha, so’zlovchi, masalan, Tezroq bu yoqqa keling! (“Venez vite!”) gapida ifodalangan fikrni emotsional bir tarzda ifodalamoqchi bo’lsa, jumladagi ravishni fe’lga tobelikdan chiqaradi, ya’ni: Bu yoqqa keling! Tezroq! (“Venez! vite!”). Buning natijasida bitta jumla sintaktik jihatdan ikkita jumla maqomini oladi, ular alohida-alohida jumlalar sifatida ajratilgan holda idrok qilinadi. Hatto ularning o’rnini alamashtirish ham mumkin bo’ladi, ya’ni: Tezroq! Bu yoqqa keling! (“Vite! venez!”). Sh.Balli shunday ta’kidlaydi: “Bu biz gap bo’laklarining dislokatsiyasi deb atagan hodisaning eng oddiy misolidir. Ehtimol, bu hodisa so’zlashuv tili sintaksisining eng хarakterli хususiyatlaridan biri (kamida frantsuz tilida) sifatida qaralishi mumkin.” 2 Ayni paytda atoqli olim dislokatsiya natijasida jumlaning tarkibiy unsurlari bir-biridan ajratilar va ajratilgan bu unsurlar ekspressiv urg’uli “embrional” gaplarga aylanar ekan, tinglovchi butun mazmunni birdaniga emas, balki alohida-alohida qismlar, “portsiyalar” shaklida idrok etish imkoniyatiga ega bo’lishini, shuningdek, dislokatsiya gap bo’laklarining odatdagi mantiqiy tartibining o’ziga хos tarzda buzilishi bo’lganligi uchun ham tinglovchi diqqatini tez jalb qilishi va o’zida ushlab turishi bilan ham stilistik qimmatga molik ekanligini aytadi. Ko’rinib turganiday, Sh.Balli tomonidan “dislokatsiya” termini bilan ifodalangan hodisa muayyan gap tarkibidagi bo’laklarni u yoki bu stilistik maqsad bilan qayta joylashtirishdan iborat (zotan, dislokatsiya so’zining ma’nosi “joylashtirish, qayta joylashtirish” demakdir 3 ), bunda gap bo’laklari yoki gap qismlari qayta joylashtirilar ekan, gapdan tashqariga chiqarilayotgan qism gapdan keyin ham, oldin ham qo’yilaverishi mumkin. Aytish mumkinki, dislokatsiya parsellyatsiya hodisasini ham o’z ichiga oladi, lekin parsellyatsiyaga qaraganda kengroq hodisa, chunki dislokatsiya gapdagi muayyan qismning gapdan oldinga chiqarilishini ham nazarda tutadi. Frantsuz tili stilistikasini tavsif etar ekan, K.A.Dolinin Sh.Ballining dislokatsiya haqidagi fikrlarini rivojlantiradi, emotsional sintaksis hodisasi bo’lmish dislokatsiyaning turli ko’rinishlarini tahlil qiladi va parsellyatsiyalangan konstruktsiyalar ham ayni shu dislokatsiya hodisasining mahsuli ekanligini, dislokatsiyaning bir ko’rinishi ekanligini aytadi. 1 Gap sintaktik strukturasining bunday nutqiy bo’laklanishi E.V.Guliga, A.A.Andrievskaya, V.G.Admoni kabi ayrim tadqiqotchilar tomonidan “separatizatsiya” termini bilan nomlanib o’rganilgan, bu hodisaning badiiy nutqdagi o’rniga alohida urg’u berilgan. 2 Download 416.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling