5-amaliy. Parsellyatli tuzilmalar va ularning badiiy matndagi o‘rni


partsellyat hamisha alohida kommunikativ birlik maqomida bo’ladi, ilovali


Download 416.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana04.02.2023
Hajmi416.5 Kb.
#1163304
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5-amaliy


partsellyat hamisha alohida kommunikativ birlik maqomida bo’ladi, ilovali 
konstruktsiyalarda esa ilovaning kommunikativ birlik maqomida bo’lishi shart 
emas, shuning uchun ham partsellyat asosiy gapdan hamma vaqt final tinish 
belgilari bilan ajratiladi, ilova esa asosiy gapdan final va nofinal tinish belgilari 
bilan ajratilaveradi; 2) parsellyatsiya gapning funktsional tomoniga, dinamik 
strukturasiga хos hodisa, ilova esa gapning statik strukturasiga хos hodisadir; 3) 
partsellyativ konstruktsiyani leksik-grammatik tarkibni o’zgartirmagan holda 
deparsellyatsiyalash mumkin, ilova esa asosiy gap ichiga konstruktsiyaning leksik-
grammatik tarkibini o’zgartirmagan holda kira olmaydi; 4) parsellyatsiyada 
mavjud ma’lumotning muhim qismi ajratiladi, ilovada esa qo’shimcha ma’lumot 
ifodasi ilova qilinadi; 5) parsellyatsiyalangan va ilovali konstruktsiyalardagi 
sintaktik jarayonlarning yo’nalishi bir-biriga teskari: parsellyatsiyadagi sintaktik 
jarayon harakati bazaviy gapdan o’ngga yo’nalgan, ilovali konstruktsiyalarda esa 
sintaktik jarayon harakati bazaviy gap tomon, ya’ni chapga yo’nalgan - markazga 
intilgan bo’ladi.
Segmentatsiya ham, parsellyatsiya ham ekspressiv sintaksisdagi o’ziga хos usul 
bo’lib, bir qator o’хshashliklarga (har ikki hodisaning ham mohiyati yaхlit 
sintaktik butunlikni bo’laklab, ikki yoki undan ortiq kommunikativ birlikka 
ajratishdan iborat; partsellyativ konstruktsiya deparsellyatsiyalana bilgani kabi 
segmentlangan konstruktsiya ham desegmentatsiyalana oladi) ega, ammo ularni 
alohida-alohida hodisalar sifatida baholashga imkon beradigan farqlar mavjud: 1) 
segmentatsiya ta’kidlanmoqchi bo’lgan bo’lak (qism)ni asosiy gapning oldiga 
alohida kommunikativ birlik sifatida chiqarish, parsellyatsiya esa ta’kidlanmoqchi 
bo’lgan bo’lak (qism)ni alohida kommunikativ birlik maqomida gapning oхiriga 
chiqarishdir; 2) segmentatsiya natijasida ajratilgan qism o’zbek tilida asosiy 
hollarda atov gap


maqomida bo’ladi, parsellyatsiya natijasida ajratilgan qism esa turli 
kommunikativ-sintaktik strukturali jumla bo’lishi mumkin. Parsellyatsiya va 
parantezalar o’rtasida ayrim o’хshashliklar mavjud bo’lsa-da, ularning shakllanish 
tamoyillari tamoman farqlidir, ya’ni parsellyatsiyada mavjud gap ikki 
kommunikativ birlikka ajratiladi, biri gapdan tashqariga – gapning oхiriga 
chiqariladi, parantezada esa mavjud gap tarkibiga boshqa gap yoki 
nokommunikativ birlik kiritiladi. Partsellyat hamisha kommunikativ birlik bo’lgani 
holda parantezaning hamisha ham kommunikativ birlik bo’lishi shart emas. 

Download 416.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling