Statistik kuzatish mohiyati va uning oldiga qo‘yiladigan talablar


Download 1.07 Mb.
bet1/3
Sana18.12.2022
Hajmi1.07 Mb.
#1026799
  1   2   3
Bog'liq
To\'ychiyev Dilmurod

    Bu sahifa navigatsiya:
  • REJA.

Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti, Iqtisodiyot(tarmoqlar va sohalar bo’yicha) yo‘nalishi 2OT56F-22I guruh talabasining “Statistika " fanidan tayyorlagan MUSTAQIL ISHI.

Talaba: To‘ychiyevD

Qabul qildi: Nishonova I

MAVZU: STATISTIK KUZATISH USLUBIYATINI O‘RGANISH.

REJA.

  • Statistik kuzatish mohiyati va uning oldiga qo‘yiladigan talablar
  • Statistik kuzatishni tayyorlash uslubiyati
  • Statistik kuzatish turlari
  • Mavzuga doir misol yechimi.

Statistik kuzatish mohiyati va uning oldiga qo‘yiladigan talablar


Ommaviy jarayonlarni statistika jihatidan o‘rganish, ya’ni bir turli hodisalar va ularning belgilari orasidagi bog‘lanishlarni miqdoriy ifodalab ularning to‘plarida namoyon bo‘ladigan statistik qonuniyatlarni aniqlash uchun dastlab ular haqida, o‘rganilayotgan obtektlar to‘g‘risida boshlang‘ich ma’lumotlar yoki boshqa so‘z bilan aytganda xom statistik materiallarni to‘plash kerak. Mana shu jarayon statistik kuzatish deb ataladi.
1) biror narsa (predmet, obtekt)ni bilish, aniqlash maqsadida sinchiklab ko‘zdan kechirish;
2) biror narsa yoki kimsani zimdan qarab tekshirib turish, ta’qib qilish;
3) voqealarni o‘rganish, tekshirish, biror narsa yoki maqsadni nazarda tutish.
Kuzatish so‘zi quyidagi lug‘aviy ma’noga ega:
Turli shakldagi korxonalar va ularning uyushmalarida ho‘jalik voqealari buxgaltyeriya va opyerativ texnika hisoblarida qayd qilinadi. Statistik kuzatish ko‘pincha ana shu hisob turlari ma’lumotlariga tayanadi. Shu bilan birga ayrim iqtisodiy, ishlab chiqarish masalalarini o‘rganish uchun bevosita kuzatish ham amalga oshiriladi.
Statistik kuzatishni tayyorlash uslubiyati
Turmushimizda, kundalik hayotimizda u yoki bu masalani yechishni ko‘zlab qiladigan har bir xatti-harakatimizdan oldin nima uchun?, nima?, kim?,qanday qilib?, qancha? va qayyerda? degan savollarga duch kelamiz va ularga javob axtaramiz. Bunday savol statistik kuzatishlarni tashkil etishda ham tug‘iladi va o‘z yechimini kutadi. Statistik kuzatishda nima uchun? degan savolga kuzatish maqsadi va vazifalari, nima? degan savolga esa kuzatish obtekti, uning birligi va dasturi, statistik formulyarlar va ularni tuzish uchun yo‘riqnomalar javob beradii.

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling