O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qalandar abduraxmonov, Samandar qurbonov


Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/112
Sana05.05.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1429095
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   112
Bog'liq
П INSON TARAQQIYOTI 2 тахрир булди

Filippin va Gruziya tajribalari. Bu borada, xorijiy mamlakatlar 
tajribasini, aynan Filippin va Gruziya tajribalarini o‘rganish maqsadga 
muvofiq hisoblanadi. Masalan, Gruziya 2019-yil 1-yanvardan yangi 
pensiya tizimini joriy qildi. Ushbu islohotdan birinchi maqsad pensiya 
yoshidagi fuqarolarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘lsa, ikkinchi 
maqsad kapital bozorini rivojlantirish hisoblanadi. 
Gruziyada yangi pensiya tizimini to‘liq tadbiq qilishni bir necha 
bosqichda amalga oshirish rejalashtirilgan. Birinchi bosqichda 2019-
yil 1-yanvardan 40 yoshdan kichik bo‘lgan barcha ishchilar (ish bilan 
ta’minlanganlardan tashqari) yangi pensiya tizimiga majburiy kiritildi. 
Yoshi 40 yoshdan oshgan ishchilar va o‘z-o‘zini ish bilan 
ta’minlaganlar ixtiyoriy ravishda yangi tizimda ishtirok etishlari 
mumkinligi belgilandi. 
Gruziya yangi pensiya tizimi 2+2+2 sxemasida ishlaydi. Ya’ni 
yillik daromadi 24 000 larigacha (79,6 mln. so‘m) bo‘lgan ishchilar 
uchun daromadining 2 foizi miqdorida badal ishchi tomonidan, 2 foizi 
– ish beruvchi tomonidan va yana qo‘shimcha 2 foizi miqdorida davlat 
tomonidan o‘tkaziladi. Yiliga 24 000 laridan 60 000 larigacha (199 
mln. so‘m) daromad oluvchilar uchun davlat tomonidan 1 foiz 
miqdorida pensiya badallari o‘tkazilib beriladi. Agar yillik daromadi 
60 000 laridan oshsa, davlat tomonidan ulush qo‘shilmaydi. 


122 
Shuningdek, birinchi bosqichda yangi pensiya tizimida qatnashish 
yoki qatnashmasligidan qat’i nazar nafaqaga chiqqan har bir gruziyalik 
standart davlat pensiyasini (hozirda 180 lari – 62 AQSh dollar) olishga 
haqli. 
Mazkur pensiya tizimida qatnashuvchilar o‘z jamg‘armalarini 
investitsiyalarga yo‘naltirishda uchta tanlovga ega. Bunda qatnashuv-
chilar kelajak uchun jamg‘arayotgan mablag‘larini investitsiyalarning 
risk darajasi va undan keladigan daromaddan kelib chiqib, kam riskli, 
o‘rtacha riskli va yuqori riskli investitsiyalarga yo‘naltirishlari 
mumkin. Shunday bo‘lsada, a’zolikning dastlabki besh yilida qatna-
shuvchilar faqat kam riskli investitsiya portfelini tanlay oladilar. 
Gruziya tajribasini chuqur tahlil qilgan holda hamda mamlaka-
timizda 2019-yil 1-yanvardan joriy qilingan yangi soliq tizimiga 
asosan fuqarolarning majburiy badallarini (8 foiz) bekor qilinishi 
hamda shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya badallarining 2 foizdan 
0,1 foizga tushirilishi samaradorligini hisobga olib, mamlakatimizda 
davlat pensiya ta’minoti tizimiga qo‘shimcha ravishda davlat ijtimoiy 
himoya fondi yoki xususiy pensiya fondlarini tashkil etish maqsadga 
muvofiq hisoblanadi. Bunday pensiya fondlarining paydo bo‘lishi 
iqtisodiy rivojlanish uchun zarur bo‘lgan uzoq muddatli mablag‘larni 
jamg‘arishga va bu orqali kapital bozorini rivojlantirishga yordam 
beradi. 
Shu bilan birga, ta’kidlash lozimki, Gruziya pensiya tizimiga 
o‘xshash xususiy pensiya fondlarini (yoki davlat ijtimoiy himoya 
fondini) tashkil etilishi xususiy sektorda faoliyat olib borayotgan 
ishchi-xizmatchilar uchun ham manfaatli bo‘lganligi bois ularning ish 
haqlarini “konvert”dan buxgalteriya balansiga ko‘chirilishiga rag‘bat 
uyg‘otadi. 
Fondlarda jamg‘arilgan mablag‘lar kreditlar uchun garov vazifa-
sini o‘taydi. Shuningdek, mazkur fondlarda jamg‘arilgan mablag‘lar 
aholi tomonidan olinadigan kreditlar uchun garov vazifasini o‘tashi 
mumkin. 
Xususiy pensiya fondlarini (yoki davlat ijtimoiy himoya fondini) 
tashkil etishda Xalq bankida jamg‘ariladigan shaxsiy jamg‘arib 
boriladigan pensiya badallariga to‘lanadigan real foiz stavkalari 
ijobiyligini aniqlash va mazkur mablag‘lardan foydalanish samarador-
ligini baholash hamda mazkur fondlarning moliya bozorida ishtirok 


123 
etishini belgilab beruvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar bazasini 
shakllantirish lozim bo‘ladi. 

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling