O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qalandar abduraxmonov, Samandar qurbonov


 Ko‘rsatilgan alohida xizmatlarga haq to‘lash


Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/112
Sana05.05.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1429095
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   112
Bog'liq
П INSON TARAQQIYOTI 2 тахрир булди

2. Ko‘rsatilgan alohida xizmatlarga haq to‘lash. Ushbu usulda 
moliyalash bemorlarga (yilda, chorak yoki oylik miqdoriga qarab) 
ko‘rsatilgan tibbiy yordam va tibbiy xizmatlardan kelib chiqqan holda 
amalga oshiriladi. Aholiga tibbiy yordam va tibbiy xizmatlarning narxi 
davlat tomonidan yoki moliyalashtirishni amalga oshirayotgan idora 
bilan tibbiy xizmatlarni taqdim etuvchi o‘rtasidagi bitimlarda 
belgilangan tariflar asosida tasdiqlanadi.


133 
3. Alohida ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlar uchun ball bo‘yicha 
haq to‘lash usuli. Mazkur usulda ham moliyalashtirish bemorlarda 
amalda ko‘rsatilgan xizmatga qarab amalga oshiriladi. Ammo 
yuqoridagi usuldan farqli ravishda har bir tibbiy xizmat narxi 
belgilanmasdan, maxsus shkalaga muvofiq ballarda baholanadi. Tibbiy 
xizmatni moliyalashtiruvchi tomon bunday usulda yil davomida 
ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat uchun to‘laydigan mablag‘ni ma’lum 
qiladi. Ana shu mablag‘ har bir tibbiy xodim tomonidan to‘plangan 
ballarga muvofiq taqsimlanadi. Ushbu usulning afzalligi tibbiy xizmat 
ko‘rsatish uchun xarajatlar umumiy hajmini rejalashtirish imkoniya-
tidadir.
4. Tibbiy muassasada bo‘lish miqdori bo‘yicha haq to‘lash 
usuli. Bunda bemor tomonidan tibbiy muassasada bo‘lish muddatiga 
qarab moliyalashtirish amalga oshiriladi. Yani bemorga ko‘rsatilgan 
tibbiy xizmat sifati va hajmi emas, balki uning tibbiy muassasada 
necha marta bo‘lganligi hisobga olinadi.
5. Aholi jon boshi normativi bo‘yicha haq to‘lash usuli. Ushbu 
usulda tibbiyot tashkiloti o‘z muassasasiga birikitilgan aholi sonidan 
kelib chiqqan holda moliyalashtiriladi. Bunda ham amalda 
ko‘rsatiladigan tibbiy yordam va tibbiy xizmat hajmi va sifati hisobga 
olinmaydi. Ushbu usul tibbiyot xodimlarini profilaktika ishlarini 
samarali tashkil etish uchun iqtisodiy manfaatdorligini oshiradi.

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling