O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qalandar abduraxmonov, Samandar qurbonov
Download 1.97 Mb. Pdf ko'rish
|
П INSON TARAQQIYOTI 2 тахрир булди
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Sog ‘liqni saqlash sohasini byudjet orqali moliyalashtirish tizimi.
10.4. Sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirish Sog‘liqni saqlash sohasida iqtisodiy munosabatlar o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Mazkur tarmoqda tibbiy xizmatlarni taqdim etuvchilar – tibbiyot muassasalar va tibbiyot xodimlaridir. Bu xizmatlarning iste’molchilari esa bemorlar bo‘lib, ular tibbiy xizmatlarga talabni shakllantiradilar. Biroq tibbiy xizmatlar bozoridagi talab va taklif tovar bozorlaridagidan farq qiladi. Ushbu tafovutlar quyidagilarda o‘z ifodasini topadi: talab paydo bo‘lishining mavhumligi; manfaatlar ziddiyati; xizmatlar taqdim etuvchilarning monopol holati. Yuqorida qayd qilingan xususiyatlar sog‘liqni saqlash sohasini moliyalashtirishga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bunda tarmoqni moliyalashtirishning quyidagi tizimlari amal qiladi: 1. Sog‘liqni saqlash sohasini byudjet orqali moliyalashtirish tizimi. Mazkur tizimda aholiga bepul tibbiy yordam miqdori va sifatiga qarab soliq tushumlaridan shakllanadigan davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi. 132 2. Sog‘liqni saqlash sohasini majburiy tibbiy sug‘urta hisobidan moliyalash tizimi. Ushbu tizimda aholiga bepul tibbiy yordam va tibbiy xizmat ko‘rsatishni moliyalash manbayi sug‘urta- chilar ayrim toifalari tomonidan majburiy ravishda to‘lanadigan sug‘urta badallar hisobidan shartnoma talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Majburiy tibbiy sug‘urta tizimi amal qiladigan ko‘pgina mamlakatlarda sug‘urta badallari odatda ish beruvchilar va yollanma xodimlar tomonidan teng hissada to‘lanadi. 3. Sog‘liqni saqlash sohasini xususiy moliyalashtirish tizimi. Mazkur usulda ko‘rsatilgan tibbiy xizmatning miqdoriga qarab moliyalashning manbayi fuqarolarning shaxsiy daromadlari, homiylar va ish beruvchilarning mablag‘lari hisobidan amalga oshirilanadi. Fuqarolar ixtiyoriy ravishda o‘zlari va oila a’zolari uchun ixtiyoriy tanlagan ishonchli tibbiy sug‘urta kompaniyalarining polislarini xarid qilishlari mumkin. Ixtiyoriy tibbiy sug‘urta polisi uning egalariga malakali tibbiy yordam va tibbiy xizmatni uning hisobiga olish imkoniyatini beradi yoki birmuncha engilliklar berishi mumkin. Sog‘liqni saqlash tizimi amal etishi samaradorligining eng muhim omili - tibbiy yordam va tibbiy xizmatlar taqdim etuvchilarni moliyalashtirishni samarali tashkil etishdir. Jahon amaliyotida mazkur tarmoqni moliyalashtirishda quyidagi asosiy usullar qo‘llaniladi: 1. Smetali moliyalashtirish. Bu usulda moliya mablag‘lari miqdori tibbiyot muassasalariga byudjet xarajatlari yillik reja moddalari bo‘yicha ajratiladi. Odatda xarajatlarning bu moddalari mehnatga haq to‘lash, tibbiyot uskunalari, jihozlari, dori-darmonlar xarid qilish, transport, aloqa, kommunal xizmatlar, ta’mirlash va hokazolar uchun xarajatlarni mujassamlashtiradi. Smetali moliyalashtirishda byudjet mablag‘lari profilaktika–davolash muassasalari kategoriyasiga qarab ajratiladi. Davlat tibbiyot muassasalari byudjet mablag‘larini qat’iy belgilangan maqsadga sarflanishi nazorat qilinadi. Download 1.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling