O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qalandar abduraxmonov, Samandar qurbonov
Ta’lim tizimi, turlari va shakllari
Download 1.97 Mb. Pdf ko'rish
|
П INSON TARAQQIYOTI 2 тахрир булди
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11.3. Maktabgacha ta’lim
11.2. Ta’lim tizimi, turlari va shakllari
Ta’lim tizimiga quyidagilar kiradi: davlat ta’lim standartlarini, davlat ta’lim talablarini, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini; davlat ta’lim standartlarini, davlat ta’lim talablari va o‘quv dasturlarini amalga oshiruvchi ta’lim tashkilotlarini; ta’lim sifatini baholashni amalga oshiruvchi tashkilotlarni; ta’lim tizimining faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalarni; ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlarini, shuningdek, ularning tasarrufidagi tashkilotlarni o‘z ichiga oladi. Ta’lim tizimi yagona va uzluksizdir. Ta’lim turlari quyidagilardan iborat: maktabgacha ta’lim va tarbiya; umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim; professional ta’lim; oliy ta’lim; oliy ta’limdan keyingi ta’lim; kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; maktabdan tashqari ta’lim. 11.3. Maktabgacha ta’lim Maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini hisoblanib, u har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Mustaqillik yillarida respublikada ta’lim-tarbiya tizimi va barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlari darajasiga ko‘tarildi. 138 Maktabgacha ta’lim va tarbiya bolalarni o‘qitish va tarbiyalashga, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy, yetik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek, bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan ta’lim turidir. Maktabgacha ta’lim va tarbiya olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni boshlang‘ich ta’limga bir yillik majburiy tayyor- lashni ham nazarda tutadi. Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respub- likasi Qonuni 32 va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. Ta’lim tizimining muhim bo‘g‘ini bo‘lgan maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, samarali davlat boshqaruvi tizimini yaratish, maktabgacha ta’lim muassasalari davlat va nodavlat tarmog‘ini kengaytirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta’lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5198-sonli farmoni qabul qilindi. Mazkur farmonga asosan O‘zbekiston Respublikasi Maktab- gacha ta’lim vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari hamda ularning tuman(shahar)lardagi bo‘limlari tashkil etildi. Maktabgacha ta’lim muassasalarining asosiy maqsadi maktab- gacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish, ta’lim-tarbiya berish orqali bolalarni maktab ta’limiga sifatli tayyorlash, bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish hisoblanadi. 32 O‘zbekiston Respublikasi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni. Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 22-oktabrda qabul qilingan va Senat tomonidan 2019-yil 14-dekabrda ma’qullangan. URL:https://lex.uz/docs/-4646908 139 Aytish joizki, respublika hududlarida 50, 70, 100, 120 va 150 o‘ringa mo‘ljallangan davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini qo‘shimcha barpo etish orqali bolalarni maktabgacha ta’lim bilan bosqichma-bosqich to‘liq qamrab olish, bolalarga maktabgacha ta’lim-tarbiya berishning muqobil turlarini amaliyotga joriy etishga qaratilgan kompleks dasturi ishlab chiqilgan va tasdiq- langan. Shuningdek, har yili maktabgacha ta’lim tizimining oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini hududlar bo‘yicha o‘rganish va tahlil natijalariga ko‘ra pedagogika yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalariga maqsadli qabul kvotalari shakllantiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-son qaroriga muvofiq, shuningdek, maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sog‘lom, faol, to‘laqonli, jamiyatga moslashgan bola shaxsini shakllantirish, o‘sishida turli nuqsonlari bo‘lgan bolalarni, shuningdek, reabilitatsiya qilish va sog‘lomlashtirishga muhtoj bolalarni o‘qitish, tarbiyalash va integratsiya qilish uchun qulay muhit yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-mayda “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 391- sonli Qarori qabul qilindi. Ushbu qarorda: Umumiy tipdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘g‘risidagi nizom; Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlar to‘g‘risidagi nizom; Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari va qo‘shma tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘g‘risidagi nizom; Bolalarni ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga va qo‘shma tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yo‘llash bo‘yicha tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Maktabgacha ta’lim muassasasi maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari, ta’lim-tarbiya dasturlari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga muvofiq 140 maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy rivojlanish, o‘z-o‘ziga xizmat va gigiyena, ijtimoiy-kommunikativ rivojlanish, nutq, o‘qish va chet tillarni o‘rganish, bilish jarayoni, dunyo haqidagi bilimlar va dunyoni anglashi, ijodiy-estetik rivojlanishini ta’minlaydi. Quyidagilar maktabgacha ta’lim tashkilotlari mol-mulkini va moliyaviy resurslarini shakllantirish manbalari hisoblanadi: O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari; tarbiyalanuvchining davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lgan davri uchun badal to‘lovlari; shartnoma asosida qonun hujjatlarida taqiqlanmagan pulli xizmat ko‘rsatish, bino va inshootlarni, jihoz va anjomlarni ijaraga berishdan olingan daromadlar; jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari; mahalliy, xalqaro va xorijiy tashkilotlarning grantlari; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. Download 1.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling