O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qalandar abduraxmonov, Samandar qurbonov
Download 1.97 Mb. Pdf ko'rish
|
П INSON TARAQQIYOTI 2 тахрир булди
11.1-jadval Jahon mamlakatlarida oliy o‘quv yurtlarini moliyalashtirish shakllari 34 Ko‘rsatkichlar Mamlakatlar Moliyalash manbalari Davlat oliy o‘quv yurtlari talabalalari uchun bepul Avstriya, Daniya, Finlandiya, Germaniya va Yevropadagi qator boshqa davlatlar Davlat, munistipial byudjetlari, homiylar mablag‘lari, oliy o‘quv yurtlari o‘zlari ishlab topgan mablag‘lar Davlat oliy o‘quv yurtlari talabalarining bir qismi uchun bepul (davlat grantlari) Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari, shu jumladan, O‘zbekiston Davlat byudeti mablag‘lari, homiylar mablag‘lari, oliy o‘quv yurtlari o‘zlari ishlab topgan mablag‘lar Talabalar ta’lim olish xarajatlari bir qismini qoplaydi, qolgani – davlat byujeti hisobidan AQSh, Buyuk Britaniya,Yaponiya Davlat subsidiyalari va ta’lim uchun to‘lovlar Davlat oliy o‘quv yurtlari talabalalari uchun pullik Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasidagi rivojla- nayotgan davlatlar Ta’lim uchun to‘lovlar Xususiy oliy o‘quv yurtlari talabalalari uchun pullik Rivojlangan davlatlardagi nufuzli oliy o‘quv yurtlari Ta’lim uchun to‘lovlar Xususiy oliy o‘quv yurtlari talabalalari uchun subsidiyalar Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotiga a’zo mamlakatlar, Chili, Tailand, Hindiston va boshqalar Ta’lim uchun to‘lovlarning bir qismi (beshdan uch qismidan, uchdan bir qismigacha) davlat subsidiyalari hisobidan 34 Tadqiqotlar asosida mualliflar ishlanmasi. 154 Umumta’lim maktablarini moliyalashtirishga davlat byudjeti mablag‘lari bilan birga maktab ta’limini rivojlantirish umummilliy davlat dasturi asosida tashkil etilgan byudjetdan tashqari maktab ta’limi jamg‘armasining hissasi tobora ortmoqda. Maktab ta’limi jamg‘armasi uch manba hisobiga shakllantiriladi: maktabni rivojlantirish uchun soliq. Ushbu soliq soliq tizimi doirasida yuridik shaxs sifatida ro‘yxatga olingan savdo tashkilot- laridan savdodan olingan daromadlarining 1,0 % miqdorida olinadi; mahalliy hokimiyat organlarining badallari; byudjetdan tashqari boshqa badallar, shu jumladan homiylik yordamlari. Ta’limga investitsiyalarning samaradorligi algoritmi quyidagilarda namoyon bo‘ladi. Ya’ni: inson ta’lim olish, malaka oshirish hisobiga o‘z bilimlarini oshiradi; ushbu bilimlardan mehnat jarayonida foydalanish natijasida mehnat unumdorligi ortadi; bu pirovard natijada milliy iqtisodiyot o‘sishini ta’minlaydi; yuqori samarali mehnat hisobiga insonning ish haqi va daromadi ortadi, turmush sifati yaxshilanadi; chuqur bilim va yuqori malakaga ega bo‘lishdan shaxsiy manfaatdorlik insonni o‘z bilimlarini yanada boyitishga undaydi. Ta’limga investitsiyalar kiritish samarasini hisoblab chiqish uchun uni oddiygina tarzda: daromadni xodimlar soniga bo‘lgan holda aniqlash taklif etiladi 35 : Ta’limga investistiyalar samaradorligining koeffitsiyenti = (Foyda - (Xarajatlar - [Ish xaqi+Imtiyozlar]) : Ish xaqi + Imtiyozlar Xodimning ta’lim olishiga investistiyalar, uning inson kapitalini shakllantiradi va muayyan davrdan so‘ng o‘z egasiga quyidagi formula bo‘yicha foyda keltiradi: Y n = X 0 + RC n , 35 Фитц-енц Я. Рентабельность инвестиций в персонал: измерение экономической ценности персонала/ Пер. с англ., под общ. ред. В.И. Ярных. - М.: Вершина, 2006. – С.137. 155 Bu yerda: Y n - n yil ta’limga ega shaxsning ish haqi; X 0 – nol daraja ta’limga ega xodimning ish haqi; R – ta’limga sarflarning joriy samarasi normasi; C n - n yil ta’lim olish davomida investistiyalar hajmi. Ta’limga xarajatlar va buning natijasida olinadigan foyda aniqlanganidan so‘ng olingan foyda miqdori chiqimlar miqdori bilan taqqoslanadi. Bu ikki miqdor o‘rtasidagi farq olingan ta’lim qiymatini ko‘rsatadi. Download 1.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling