O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qalandar abduraxmonov, Samandar qurbonov


  12.2. Turar joyga egalik – insonning asosiy huquqlaridan


Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/112
Sana05.05.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1429095
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   112
Bog'liq
П INSON TARAQQIYOTI 2 тахрир булди

 


159 
12.2. Turar joyga egalik – insonning asosiy huquqlaridan
biri sifatida 
Kommunal xo‘jalik sohasining iqtisodiy kategoriyalari sifatiga
xususiy va jamoa mulkchilik shakllariga asoslangan hamda o‘sha 
mulkni samarali tasarruf etish, kommunal xizmatlarining moddiy va 
ma’naviy resurslardan to‘laqonli foydalana olish huquqini beruvchi 
iqtisodiy munosabatlar, xizmatlar uchun o‘z vaqtida to‘lovlarni
belgilab boruvchi shartnomalar kiradi. 
Kommunal xo‘jaligi sohasining davlatning milliy iqtisodiyo-
tidagi asosiy funksiyasi boshqa sohalarda yaratiladigan moddiy va 
man’aviy ne’matlarni odilona taqsimlash va qayta taqsimlash 
mexanizmlari asosida fuqarolarning farovon yashash darajasini 
muntazam saqlab va oshirib borish uchun turar joylariga o‘z vaqtida 
va to‘laqonli yetkazib turish xizmatidan iboratdir. 
Kommunal xo‘jalik sohasining ob’ektlari uy-joy va kommunal 
xizmatlarni yetkazib beruvchi texnik energetika va elektr inshootlari 
bo‘lsa, subyektlari davlat, fuqarolar va kommunal xo‘jalik idoralari 
hisoblanadi. 
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 25-moddasida 
“Har bir inson o‘zining hamda oilasining salomatligi va 
farovonligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan turmush darajasiga ega 
bo‘lish, jumladan... turar joyga... ega bo‘lish... huquqiga egadir”
36
deb ko‘rsatilgan.
Turar joyga ega bo‘lish deyilganda inson uchun faqat boshpana 
mavjud bo‘lishi nazarda tutilmaydi. Inson istiqomat qiladigan turar 
joy uning yashashi uchun munosib bo‘lishi kerak. Munosib turar joy 
deyilganda esa quyidagilar nazarda tutiladi: 

shaxsiy hayotga aralashmaslikni ta’minlaydigan turar joy 
sharoitlari; 

munosib turar joy maydoni; 

yashash uchun zarur darajadagi xavfsizlik

turar joy saqlanishining kafolati; 
36
Инсон ҳуқуқлари бўйича халқаро шартномалар. – Т.: Адолат, 2004. – Б.35. 


160 

turar joy mavjud infratuzilmalarining barqarorligi va 
pushiqligi; 

turar joylarning zarur darajada yoritilishi, isitilishi va shamol-
lattirishi; 

suv ta’minoti, zarur sanitariya sharoiti, chiqindilarni olib 
chiqib ketish kabi zarur infratuzilmalarning mavjudligi; 

turar joy hududidagi atrof muhitning qulayligi; 

turar joyning ish joyi va xizmat ko‘rsatish sohasi 
korxonalariga yaqinligi
37

Yuqorida qayd etilgan talablarga javob beradigan turar joy 
narxlari ham aholining xarid qobiliyati uchun maqbul bo‘lishi lozim. 
Turar joyning munosibligi manfaatdor shaxslar bilan birgalikda 
aniqlanishi hamda bu turar joy muntazam yaxshilanib borilishi 
nazarda tutilishi kerak. 
Jahondagi barcha mamlakatlari hukumatlari zimmasida aholini 
turar joy bilan ta’minlash majburiyati bor. Turar joylarni adolatli 
taqsimlash va ulardan foydalanishni tartibga solish davlat ijtimoiy 
siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan biridir. Bu turar joy qurilishi 
ko‘lamlarini kengaytirish, ularga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish,
aholini, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni turar joy
bilan ta’minlash dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, bu 
sektorni rivojlantirishga imtiyozlar berish, boshqa choralarni ko‘rishni 
talab etadi.
Ijtimoiy turar joy (ing. “social housing”) – davlat yoki munistipa-
litet mulki hisoblangan turar joylar hisobiga fuqarolarni turar joy bilan 
ta’minlashdir. Ijtimoiy turar joy dasturi Gonkong gubernatori 
A.Grentmenning 1953-yilda shaharning shimoli-g‘arbiy qismida ro‘y 
bergan yong‘in natijasida boshpanasiz qolgan 53 ming kishini turar joy 
bilan ta’minlash zarurati sababli ishlab chiqilgan edi. O‘shanda 
yong‘in sodir bo‘lgan hududda aholini arzon kvartiralar bilan 
ta’minlash maqsadida ko‘p qavatli binolar qurilishi boshlandi. 
Buning uchun Gonkong Ijtimoiy ishlar departamenti tomonidan 
barpo etila boshlangan mazkur ko‘p qavatli binolar, asosan, besh 
37
Абдураҳмонов Қ. Ўзбекистонда инсон омили ва манфаатлари – энг олий қадрият. 
Иқтисодий, илмий-таҳлилий рисола. – Т.: Ғафур Ғулом номидаги нашриёт-матбаа 
ижодий уйи, 2017. – 202-203-б. 


161 
kishiga mo‘ljallangan, 24-28 kvadrat metr foydali maydonga 
(kattalarga o‘rtacha 2,2 kvadrat metrdan, bolalarga - 1,1 kvadrat 
metrdan to‘g‘ri keladigan) ega bo‘lgan bir xonali kvartiralardan iborat 
bo‘lgan. Bunda ushbu kvartiralar uchun fuqarolar oyiga 10-14 dollar 
(bozor narxi 100 dollar edi) ijara haqi to‘laganlar. 
Ijtimoiy turar joy dasturini amalga oshirishning ikkinchi bosqi-
chida bir xonali kvartiralar foydali maydoni 35 kvadrat metrgacha 
(katta kishiga o‘rtacha 3,3 kvadrat metrdan to‘g‘ri kelgan) 
kengaytirildi. 
Ijtimoiy turar joylar janubiy-sharqiy Osiyoda keng ommalashgan. 
Jumladan, Singapurda ijaraga beriladigan kvartiralarning asosiy qismi 
davlat byudjeti hisobiga qurilgan va davlat mulki hisoblanadi. Ularda 
mamlakatdagi turar joy ijarachilarining 85,0 % ga yaqini istiqomat 
qiladi. Ijtimoiy turar joylar Ko‘chmas mulk departamenti tomonidan 
barpo etiladi va boshqarib boriladi. Ushbu binolar joylashgan
mavzelarda maktablar, shifoxonalar, savdo va maishiy xizmat 
ko‘rsatish shahobchalari, sport inshootlari kompleks barpo etiladi. 
Ijtimoiy turar joylardagi ikki xonali kvartiralar 45,0 kvadrat metr, 
uch xonalilar – 60,0-74, to‘rt xonalilar – taxminan 93,0 kvadrat metr 
foydali maydonga ega bo‘ladi. 
Munosib turar joy yashash uchun qulay bo‘lishi bilan birga zarur 
infratuzilmalar bilan ta’minlanishni ham nazarda tutadi. Aholi 
istiqomat qiladigan turar joylardagi binolarning muhandislik 
infratuzilmalari ishlashini ta’minlaydigan, yashash uchun qulaylik 
yaratadigan hamda talab etiladigan xizmatlarni taqdim etadigan 
sohalar majmuasi turar joy kommunal xo‘jaligidir. 
Turar joy kommunal xo‘jaligi murakkab, ko‘p tarmoqli ishlab 
chiqarish texnikaviy majmua bo‘lib, uning tarkibiga turar joydan 
foydalanishni ta’minlovchi korxonalar, turar joy xo‘jaligi hamda 
ta’mirlash-foydalanish ishlab chiqarishi va obodonlashtirish xizmati 
kiradi. 
Turar joy fondiga xizmat ko‘rsatuvchi va undan foydalanuvchi 
tashkilotlar vazifasiga turar joy umumiy mulkini, turar joy ichki 
muhandislik tuzilmalarini saqlash va normal ishlashini ta’minlash, 
kommunal xizmatlar ko‘rsatuvchilar va boshqa tashkilotlar bilan 
tegishli shartnomalar tuzish kiradi. 

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling