O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qalandar abduraxmonov, Samandar qurbonov


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va


Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/112
Sana05.05.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1429095
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   112
Bog'liq
П INSON TARAQQIYOTI 2 тахрир булди

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va 
san’at sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun 
shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 1-
avgustdagi PQ-3892-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, 
madaniyat va san’at sohasida davlat-xususiy sheriklik uchun qulay 
shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 
9-iyuldagi “Madaniyat va san’at sohasida davlat-xususiy sheriklikni 
amalga oshirishga ko‘maklashish va moliyalashtirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi 570-son qarori chiqdi. Undagi “Madaniyat va san’at 
sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi qonunchilik asosida 
amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish uchun alohida 
ochiladigan shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i mablag‘larini jamlash va 
undan foydalanish tartibi to‘g‘risida” tasdiqlangan Nizom asosiy 
dasturul amal bo’lib xizmat qilmoqda.
 
12.5. Atrof-muhitning inson taraqqiyotiga ta’siri 
Dastavval insonni rivojlantirish konsepsiyasiga yalpi milliy 
mahsulot hajmi kabi iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yaxshilash vositasi 
sifatida qaralar edi. Biroq bugungi kunda xalqaro hamjamiyat iqtisodiy 
rivojlanish, atrof-muhitning holati va odamlar sog‘lig‘ini muhofaza 
qilish o‘rtasida o‘zaro qalin bog‘liqlik mavjud ekanligini e’tirof 
etmoqda. So‘nggi 50 yil mobaynida jahondagi aholining katta qismi 
moddiy ahvolini yaxshilashda ulkan taraqqiyotga erishildi. Biroq


169 
surunkali qashshoqlik, rivojlanish darajasining pastligi muammolari 
ayrim mamlakatlarda iqtisodiy o‘sish keskin sur’atlari oqibatidagi 
salbiy hodisalar bilan birga yanada chuqurlashib, jahondagi inson va 
tabiiy resurslariga nihoyatda kuchli bosim o‘tkazmoqda. Masalan, Yer 
yuzidagi 1,1 milliard kishi xavfsiz ichimlik suvi iste’mol qilish 
imkoniyatiga ega emas. Rivojlanayotgan mamlakatlardagi barcha 
kasalliklarning 10,0% ichimlik suvi iflosligi, umuman ichimlik 
suvining etishmasligi bilan izohlanadi. Mazkur muammolar qishloq 
joylarida yanada o‘tkirdir. Qishloq joylaridagi aholining 29,0 % toza 
ichimlik suv iste’mol qilishdan, 62,0 % oddiy sanitariya sharoitlaridan 
mahrum. 
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, 
dunyodagi kasalliklarning 25,0-33,0 % ekologiya muammolari bilan 
bog‘liqdir. Dunyodagi 2,4 milliard odam sanitariya qoidalariga javob 
bermaydigan sharoitlarda yashaydi. Katta shaharlardagi aholining 40,0 
% turar joyi kulbalardan iborat. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarining 
tarkibidagi kimyoviy moddalarning miqdori hosildorlik ortishiga 
qaraganda tezroq sur’atlarda ko‘paymoqda. Texnogen omillar va 
aholining atrof-muhitga salbiy ta’siri oqibatida tabiiy fojialar 
takrorlanib turibdi. Insoniyat sivilizatsiyasiga xavf solayotgan omillar 
o‘rtasida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:

yer yuzida haroratning ortishi; 

o‘rmonzorlarning qisqarishi; 

sahrolarning kengayishi; 

tuproqning ifloslanishi va zaharlanishi oqibatida uning 
unumdorligi kamayishi; 

suv resurslarining ifloslanishi; 

okean sathining ko‘tarilishi; 

radiaktiv muhitning o‘sishi; 

o‘simlik va hayvonat dunyosi turlari yo‘qolishining tezlashishi. 
Ushbu tendensiyalar ekologik vaziyatni keskin yomonlash-
tirmoqda, chunki aholi ortishi bilan tabiatga bosim kuchayishi 
o‘rtasidagi bevosita bog‘liqlik yaqqol ko‘zga tashlanadi. Yuqorida 
qayd etilganlar ekologik barqarorlikni ta’minlash vazifasini BMT 
Mingyillik rivojlanish maqsadlariga kiritishni qat’iyan talab etdi. 


170 

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling