Mavzu: ekologiya asoslari tarixi. Reja
Download 53.87 Kb. Pdf ko'rish
|
EKOLOGIYA ASOSLARI TARIXI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekologik, huquq uning tashkiliy asoslari
1 MAVZU: EKOLOGIYA ASOSLARI TARIXI. REJA: 1. Ekologiya huquqi tushunchasi va uning mohiyati. 2. Ekologiya huquqi ob`yektlari 3. Ekologik huquqiy javobgarlik 4. Yerdan, suvdan, yer osti boyliklaridan foydalanish va ularni huquqiy muhofaza qilish 2 Ekologik, huquq uning tashkiliy asoslari . BMT nizomi va xalqaro inson huquqlari prinsiplariga mos keluvchi «XXI asr kun tartibi» strategik dasturining 3- tamoyilida «Rivojlanish huquqiga shunday rioya qilinishi lozimki, bu hozirgi va kelajak avlodlarning qulay atrof-muhitga ega bo`lishi huquqi va taraqqiyot sohasidagi ehtiyojlarini teng ravishda ta`minlab bersin» deyiladi. Fuqarolar ekologik huquqlarining tamoiliy-huquqiy asosi deganda fuqarolarni xavfsiz va qulay tabiat muhitga bo`lgan talabini qondirish borasida davlat, jamoa va mansabdor shaxslarning ekologik munosabatlarni tartibga solishdagi yuridik jihatdan mustahkamlangan harakatlari majmuasini tushunamiz. Ushbu harakatlar tizimining nazariy asosi prezidentimizning asarlarida xususan, «O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot omillari» nomli asarida atrofiysha yoritib berilgan. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining mahsus qarorlari bilan tasdiqlangan «1999-2005 yillarda O`zbekiston Respublikasining atrof-muhitini muhofaza qilish dasturi»da, «O`zbekiston Respublikasida tabiatni muhofaza qilish va barqaror rivojlanishini Ekologik ta`minlashning Milliy harakatlar rejasi»da, «O`zbekiston Respublikasida atrof-muhit gigienasi bo`yicha milliy harakatlar dasturi»da, «Biologik rang-baranglikni saqlash bo`yicha milliy strategiya va harakatlar rejasi»da ifoda etilgan. Tabiatni muhofaza qilish organlari, shuningdek, tabiatdan foydalanuvchilar zimmasiga ikkilamshi hom ashyo hamda tabiiy resurslarning hisob-kitobini yuritish vazifasi yuklatilgan. Zero, atrof-muhit tozaligini samarali boshqarish, tabiat resurslarining barcha turlari miqdori va sifat ko`rsatgishlari to`g`risida aniq tasavvurga ega bo`lishni taqozo etadi. Qonunga binoan, tabiatni muhofaza qilish davlat idoralari oldiga yagona davlat kadastrlarini ishlab chiqish va yuritish vazifasi qo`yilgan. Download 53.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling