Mavzu: ekologiya asoslari tarixi. Reja


Davlat ekologik ekspertizasi, jamiyatning ekologik xavfsizligini


Download 53.87 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana04.11.2023
Hajmi53.87 Kb.
#1748295
1   2   3   4   5
Bog'liq
EKOLOGIYA ASOSLARI TARIXI

Davlat ekologik ekspertizasi, jamiyatning ekologik xavfsizligini 
ta`minlash huquqiy ta`minlashning alohida shakli. Ekologik ekspertiza 
to`g`risidagi qonunga binoan, smeta bahosi va tegishliligi, shuningdek, lisenziyalar 
va sertifikatlarning ekologik asoslaridan qat`iy nazar, O`zbekiston hududida amalga 
oshirilishi ko`zda tutilgan barcha reja va loyihalar davlat ekostik ekspertizasidan 



o`tkazilishi lozim. Bu ishni o`tkazilishining majburiyligi tamoyili falokatlar va 
tabiiy ofatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish bo`yicha 
kompleks chora-tadbirlar tizimining muhim elementi sifatida qaralishi kerak. 
Ekologik sug`urta tizimi tabiiy falokatlar oqibatida fuqarolar sog`ligi yoki mulkiga 
yetadigan zararni qoplashni kafolatlashga yo`naltirilgan. Bundan tashqari, fuqarolar 
sog`ligi majburiy va ixtiyoriy sug`urta ob`yektidir. «Tabiatni muhofaza qilish 
to`g`risidagi qonun»ning 23-moddasiga ko`ra, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, 
shuningdek, fuqarolar, ularning mulklari va foydalari, ekologik, tabiiy ofatlardan
ixtiyoriy yoki majburiy ravishda davlat ekologik sug`urtasi bilan kafolatlanib 
qo`yiladi. 
Fuqarolarning qulay atrof muhitga ega bo`lish huquqini ta`minlashning kompleks 
chora-tadbirlaridan biri sifatida meditsina xizmati samaradorligini oshirish 
maqsadga muvofiq bo`lishi uchun esa Ekologik xavfsizlikni ta`minlash borasidagi 
qonun va me`yorlarni, sanitariya-gigiena me`yorlarining amaldagi tizimini yanada 
takomillashtirmsh lozim.
Aholiga ekologik ta`lim-tarbiya berish fuqarolarning ekologik huquqini aniq 
ta`minlashning ishonchli kafolatlarini yaratishda muhim imkoniyatdir. 
Fuqarolarning ekologik huquqi tegishli ekologik talab va qonunlarga rioya etish, 
atrof-muhitni muhofoza qilish bo`yicha huquqiy majburiyatlarni ijro etish hamda 
toza atrof muhitga ega bo`lish sub`yektiv huquqidan foydalanish kabi yo`llar bilan 
amalga oshiriladi. 
Ekologik huquq ob`yektlari. O`zbekiston qonunshiligiga ko`ra, tabiatning huquqiy 
muhofaza ob`yekti tabiiy muhit, ya`ni tabiatdir.U ob`yektiv tarzda, insondan 
tashqarida mavjuddir, uning ongiga bog`lik emasdir. U inson yashaydigan makon, 
uning hayotining shart-sharoitlari va vositasidir. Xo`sh, ekologik huquq 
ob`yektlariga nimalar kiradi? Bularga yer usti va yer osti suvlari, atmosfera havosi, 
nodir va qimmatbaho mineral konlari, baliq xo`jaligi, o`rmonlarning 
qo`riqlanadigan mintaqalari, tarixiy-tabiiy va yodgorlik bog`lari, botanika va 
hayvonot bog`lari, o`simlik va hayvonot dunyosi, dendrariylar hamda O`zbekiston 
Respublikasi qonunlari va xalqaro shartnomalar bilan belgilab qo`yiladigan tartib 



asosidagi boshqa hududlar hamda alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar 
kiradi. 
Ushbu ob`yektlar o`zining mazmun-mohiyatiga ko`ra ikki turga bo`linadi: 1)tabiat 
resurslari; 2) tabiiy muhitning tarkibiy qismi. 
Iste`mol manbai bo`lgan va inson tomonidan foydalaniladigan tabiat unsurlariga 
tabiat resurslari deyiladi.
Davlat milliy tabiat bog`lari tabiatni muhofaza qilish muassasalari bo`lib, ularning 
hududlari alohida ekologik, tarixiy va estetik qimmatga ega bo`lgan, madaniy 
maqsadlarda foydalanishga mo`ljallangan tabiat majmui. 
Davlat tabiat yodgorliklari deb, ekologik, ilmiy, estetik, madaniy jihatdan noyob
o`rnini to`ldirib bulmas, qimmatli, kelib chiqishi tabiiy bo`lgan ob`yektlarga 
aytiladi. 
O`z navbatida tabiiy resurslar ham ikki xil bo`ladi: tugaydigan va tugamaydigan. 
Tugaydigan tabiiy resurslar qayta tiklanmaydigan va tiklanadigan turlarga bo`linadi. 
Birinchisiga neftь ikkinchisiga torf qatlamini kiritish mumkin.
Tugamaydigan tabiiy resurslarga suv, iqlim, fazo kiradi. Biroq bu nisbiy baho. 
Atrofimiizdagi tabiiy muhitda bunga misollar ko`p. Masalan Orol, Amudaryo
Sirdaryo, Dneprning suvining kamayishi. 

Download 53.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling