Mavzu: ekologiya asoslari tarixi. Reja


Yer qonunchiligi. Yerdan foydalanishni huquqiy tartibga solish


Download 53.87 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana04.11.2023
Hajmi53.87 Kb.
#1748295
1   2   3   4   5
Bog'liq
EKOLOGIYA ASOSLARI TARIXI

Yer qonunchiligi. Yerdan foydalanishni huquqiy tartibga solish. 
Qonunlar yerga oqilona munosabatda bo`lish, asrab avaylash, qadrlash, doimo 
tuproq unumdorligini oshirib borish talabini qo`yadi, yerdan foydalanish qoidalari 
buzilganda uni himoya qiladi. Mazkur huquqiy chora-tadbirlar jinoyat, fuqarolik, 
mehnat, yer kodekslari me`yorlarida uz ifodasini topgan. Jumladan, «Ma`muriy 
javobgarlik to`g`risida»gi kodeksninig 60-moddasida yerdan o`z boshimchalik bilan 
foydalanish yoki yerga egalik huquqiga zid bitimlar tuzish, yerdan foydalanish 
huquqini boshqalarga berish, yer uchastkalarini o`z boshimchalik bilan egallab olish, 
eng kam ish haqining besh baravaridan o`n besh baravarigacha miqdorda jarima yoki 
15 sutkagacha muddatga ma`muriy qamoq bilan jazolanadi. Ushbu kodeksning 65-
moddasida ko`rsatilishicha yerdan xo`jasizlarcha foydalangan fuqarolarga eng kam 
ish haqining bir baravaridan ush baravarigacha jarima solinadi. Mansabdor 
shaxslarga esa uch baravaridan besh barvarigcha miqdorda jarima solinadi. Yer 
berish tartibini buzgan mansabdor shaxsga eng kam ish haqining uch baravaridan 
etti baravarigacha miqdorida jarima solinadi.
Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 16 fevraldagi 66-sonli qaroridan:
- Yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga 
oshiruvchi davlat organlarining funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari.
- yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga 
oshiradigan davlat organlari o`z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega: 
- yerdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishni belgilangan tartibda 
tekshirish; 



- yerga oid qonun hujjatlari buzilishini bartaraf etishga va yerdan oqilona 
foydalanish va uni muhofaza qilish bilan bog`liq tadbirlarni amalga oshirishga 
qaratilgan, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy bo`lgan 
ko`rsatmalar berish; 
- aybdor mansabdor shaxslarni va fuqarolarni belgilangan tartibda ma`muriy 
javobgarlikka tortish, yerga oid qonun hujjatlari buzilishi natijasida yetkazilgan 
zararni qoplash haqida da`volar kiritish, yerga oid qonun hujjatlari buzilishida 
aybdor shaxsni javobgarlikka tortish uchun tegishli korxona, muassasa, tashkilotga 
taqdimnomalar yo`llash va materiallarni huquqni muhofaza qilish organlariga 
taqdim etish.
2002 yil 13 dekabrda O`zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi «Yer osti 
boyliklari to`g`risida» gi Qonuni qabul qilindi.
Qonunning 32-moddasida yer qa`ridan foydalanuvchilarning huquqlari, 33-
moddasida esa yer qa`ridan foydalanuvchilarning majburiyatlari ko`rsatib berilgan. 
Qonunning 34- moddasiga binoan yer osti uchastkalaridan foydalanish huquqi 
cheklanishi to`xtatib turilishi yoki muddatdan ilgari tugatilishi mumkin.
- Hammasi yer osti uchastkalaridan foydalanish bilan bog`lik ishlar ta`siri 
doirasidagi aholi hayotiga, sog`ligiga yoki atrof muhitga ta`ziq yuzaga kelganda.
- Agar yer ostidan foydalanuvchi bir yil mobaynida yer usti uchastkasidan 
foydalanishga kirishmagan bo`lsa. 
- Yer ostidan foydalanganlik uchun to`lovlar muntazam ravishda to`lanmagan 
taqdirda. 
- Yer ostidan foydalanuvchi litsenziyaning asosiy shartnomalarini buzganda. 




Download 53.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling