Mavzu: ekologiya asoslari tarixi. Reja


Ekologik me`yorlash tizimi


Download 53.87 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana04.11.2023
Hajmi53.87 Kb.
#1748295
1   2   3   4   5
Bog'liq
EKOLOGIYA ASOSLARI TARIXI

Ekologik me`yorlash tizimi. Ekologik me`yor biz tomondan iqtisodiy rivojlantirish 
maqsadida tabiiy resurslardan foydalanish va atrof muhitga ko`rsatiladigan salbiy 
ta`sirlarni tartibga solsa, ikkinchi tomondan insonning qulay yashash sharoitini 
ta`minlaydigan tabiat boyliklarini asrashdir. 
Ekologik me`yor tabiiy muhit va uning ob`yektlariga ko`rsatiladigan zararli 
ta`sirlarning oldini olish hamda qulay atrof muhitga bo`lgan inson huquqini amalga 
oshirish imkonini yaratadi. Atrof tabiiy muhit tozaligini belgilovshi vakolatli davlat 
organlari tomonidan ta`qiqlanadigan texnik me`yorlardir.
Odatda ekologik me`yorlar alohida tabiiy resurslar va ularga ta`sir ko`rsatish 
turlariga qarab belgilanadi. Ushbu me`yorlar quyidagicha ko`rsatgichlardan iborat 
bo`lishi mumkin:
- Tabiiy resurslardan foydalanish hajmini belgilash. 



- Tabiiy ob`yektlarning umumiy sifat ko`rsatkishlari. 
- Tabiiy ob`yektlarga zararli ta`sir ko`rsatish miqdorlari. 
Tabiatni muhofaza qilish to`g`risidagi qonunni buzganligi uchun huquqiy 
javobgarlik. Tabiatni muhofaza qilish huquqiy javobgarligi – bu huquqiy 
javobgarlikning tarkibiy qismi bo`lib, huquqiy javobgarlik uchun mansub barcha 
shakllar, usullar va shartlar ham unga xosdir. Shuning bilan birga uning o`ziga xos 
jihatlari ham mavjud. 
Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga doir qonunni buzganlik uchun 
huquqiy javobgarlik quyidagi holatlarda amal qiladi: 
- tabiat qo`riqxona fondi hududlari va ob`yektlaridan o`z o`rnida foydalanmaslikda, 
muhofaza etiladigan hududlarni barpo etish va ularning ishini yo`lga qo`yish 
loyihalari talablari buzilganda;
- muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, ularning muhofaza etiladigan chegaralari 
doirasida man etilgan xo`jalik faoliyati bilan shug`ullanganda; 
- muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning ob`yektlari va muhofaza etiladigan 
chegaralarida oldindan ekologik ekspertiza o`tkazmay turib yoki bunday ekspertiza 
xulosalarini buzganda xo`jalik faoliyati yo`lga qo`yilganda; 
- muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda faoliyatlarning ekologik oqibatlari va 
boshqa zararli ta`sirlarning oldini olish va ularni bartaraf etish choralari ko`rilganda; 
- tabiatni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirayotgan 
idoralarning ko`rsatmalari bajarilmaganda; 
- muhofaza etiladigan tabiiy hududlar barpo etish to`g`risidagi iltimosnomalarni 
qarab chiqish muddatlari va tartibi buzilganda; 
- muhofaza etiladigan hududlardan foydalanish tartiblari buzilganda; tabiiy 
boyliklardan o`zboshimchalik bilan foydalanishda, davlat ekologiya ekspertizasi 
talablarini bajarilmaganda, muhofaza etiladigan tabiiy hududlardan foydalanishda 
ashyoviy, fizik, biologik va boshqa ta`sirlar yo`l qo`yiladigan me`yordan oshib 
ketganda, bunday hududlarni istifoda etish uchun berilgan ruxsatnomalarning 
talablari buzilganda; 



- muhofaza etiladigan tabiiy ob`yektlarning tabiiy majmualari hamda ularning 
tarkibiga kiritishni mo`ljallab asrab qo`yilgan joylar buzilganda ularga shikast 
yetkazilganda yoki ular yo`q qilinganda
- muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning chegarasi o`zboshimchalik bilan 
o`zgartirilganda, bunday hududlarni o`z bilganicha boshqa ehtiyojlar uchun ajratib 
berganlikda aybdor bo`lgan shaxslar ma`muriy, jinoiy, moddiy va javobgarlikka 
tortiladilar.
Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga doir qonunni buzgaligi uchun 
quyidagi ma`muriy javobgarlik turlari qo`llaniladi: 
1. jarima solish; 
2. ma`muriy tartibni buzishga sababchi bo`lgan qurollarni olib ko`yish; 
3. Qonunga xilof ravishda ma`muriy tartib buzish sababchisi bo`lgan qurollarni 
musodara qilish; 
4. ma`muriy qamoqqa olish. 
O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 8-
bobida javobgarlik turlari aniq ko`rsatilib berilgan. 82-moddada shunday deyiladi: 
Davlat qo`riqxonasi tartibini buzish fuqarolarga eng kam ish haqining bir 
baravaridan ush baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa uch baravaridan besh 
baravarigacha jarima solishga sabab bo`ladi. 
74-moddada suvdan foydalanish qoidalarini buzish – fuqarolarga eng kam ish 
haqining 3/1 qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – bir 
baravaridan uch baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab bo`ladi deb yozib 
qo`yilgan. Yer osti boyliklaridan foydalanish talablarini buzish fuqarolarga eng kam 
ish haqining bir baravaridan ikki baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa uch 
baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo`ladi. Tabiatni 
muhofaza qilishda intizomiy javobgarlik ham qo`llaniladi. Bunda aybdor xulqida 
noo`rin hatti-harakat mavjudligi inobatga olinadi. 
Tabiatni muhofaza qilish to`g`risidagi qonunni buzganlik uchun intizomiy, 
ma`muriy, jinoiy, moddiy javobgarliklar quyidagi holatlarda sodir bo`ladi: 
- davlatning tabiat manbalariga nisbatan egalik huquqi buzilganda; 



- tabiiy boyliklardan o`zboshimchalik bilan foydalanilganda; 
- davlat ekologiya ekspertizasi talablari bajarilmaganda; 
- atrof muhitni ifloslagani uchun belgilangan haqni to`lashdan bosh tortganda; 
- alohida muhofaza qilinadigan hududlar va ob`yektlarning huquqiy tartiboti 
buzilganda; 
- atrof muhitga zararli ta`sirni hisobga olish qoidalari buzilganda: 
- atrof muhit holati va uning resurslaridan foydalanish to`g`risida o`z vaqtida va 
to`g`ri axborot berishdan bosh tortganda. 

Download 53.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling