Mavzu: Tasviriy sanat darslarida ko'rgazmali qurollarni tayyorlash va ulardan foydakanish usullari Reja: Asosiy qisim


Download 33.07 Kb.
bet1/6
Sana28.01.2023
Hajmi33.07 Kb.
#1136905
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tasviriy san


Mavzu: Tasviriy sanat darslarida ko'rgazmali qurollarni tayyorlash va ulardan foydakanish usullari
Reja:
Asosiy qisim

  1. Ko’rgazmali qurollar xaqida tushuncha.

  2. Tasviriy san’at darslarida ko‘rgazmalilik va ularni tayyorlash.

  3. Pedagogik rasmlar ishlash.

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko’lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq - tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik muhitini ta‘minlash uchun muhim poydevor bo’ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro’yobga chiqarish uchun zarur shart - sharoitlar yaratdi. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikga erishgan so‘ng jahonning rivojlangan mamlakatlari kabi axborot va pedagogik texnologiyalarini rivojlantirishga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Milliy tarbiya tizimini shakllantirish, barcha sohalarda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va undan foydalanish, jahon axborot resurslaridan bahramand bo’lishni kengaytirishga mustahkam zamin yaratilmoqda. Ma‘lumki, fan va texnika jadal sur‘atlar bilan rivojlanayotgan bugungi kunda ilmiy bilimlar, tushuncha va tasavvurlar hajmi keskin ortib bormoqda. Bu, bir tomondan, fan - texnika yangi soha va bo’limlarining taraqqiy etishi tufayli uning differensiyallashuvini ta‘minlayotgan bo’lsa, ikkinchi tomondan, fanlar orasida integratsiya jarayonini vujudga keltirmoqda. Darhaqiqat, yangilangan ta‘lim tizimini joriy etishda har bir bo’lajak pedagogning o’z faniga va barkamol avlod ta‘lim - tarbiyasiga oid kasbiy layoqatliligini shakllantirish va tarbiyalab borib, ularni pedagogik faoliyatda izchil qo’llay bilish mahoratiga ega bo’lishi bugungi kunning muhim talabidir. «Pedagogik texnologiya bu butun o’qitish va bilimlarni samaradorlashtirish vazifasini qo’yuvchi texnik xamda shaxs resurslari va ularning o’zaro aloqasini hisobga olib yaratish, qo’llash va belgilashning tizimli metodidir». An‘anaviy o’qitish texnologiyasi asosan «pedagog - talaba» tarzida umumiy xarakterda bo’lib, unda talaba ta‘lim jarayonining ob‘ekti, ya‘ni passiv shaxs sifatida qaraladi. Pedagogik texnologiyada «Pedagog - ta‘lim - talaba» tizimiga asoslanadi va unda talaba sub‘ektga ya‘ni, ta‘lim jarayonining faol ishtirokchisiga 4 aylanadi. Bunda talaba o’zi mustaqil izlanuvchi va o‘zini nazorat etuvchi boshqaruvchiga aylanadi. Tasviriy san‘at fanini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o’qitish ya‘ni uni takomillashtirishga salbiy ta‘sir ko’rsatayotgan quyidagi omillarni qayd etish mumkin: - oily ta‘lim muassasalaridagi – professor - o’qituvchilarning pedagogik texnologiyalarni amaliyotda qo’llashga uzluksiz ravishda tayyorlashning ilmiy asoslangan tizimi mavjud emasligi;  fan, texnika va texnologiya taraqqiyotining bugungi darajasi bilan tasviriy san‘at pedagoglarining kasbiy tayyorgarligi sifatini ta‘minlash jarayoni orasidagi nomuvofiqlikning mavjudligi; - tasviriy san‘at pedagoglarining kasbiy layoqatlarini tarbiyalash jarayonini takomillashtirish borasida to’plangan ilg’or tajribalarning amaliyotga etarlicha joriy etilmaganligi; - tasviriy san‘at pedagoglari uchun aynan pedagogik texnologiyalar asosida dars ishlanmalari tavsiya etilmaganligi, mustaqil ta‘limini tashkil etish imkonini beruvchi o’quv - metodik majmualarning etarlicha yaratilmaganligi. Shu sababli, zamonaviy o’quv texnologiyalari imkoniyatlaridan unumli foydalanish negizida tasviriy san‘at darslarida pedagogik texnologiyalarni qo’llashning nazariy hamda amaliy asoslarini yaratish dolzarbligini belgilaydi. Tasviriy san‘at darslarida o’qitishning interfaol usullarini qo’llash hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Tasviriy san‘at darslariga interfaol usullardan aqliy hujum, klaster, suhbat, bahs, munozara, boshqotirma, rolli o’yinlar pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish zaruriyati pedagogik texnologiyaning mazmuni hamda an‘anaviy ta‘lim mohiyatini o’rganish, tahlil etish asosida yuzaga keladi. Bizga yaxshi ma‘lumki, an‘anaviy ta‘lim mazmunini asosan pedagog bu jarayondagi avtoritar mavqei, tasviriy san‘at o’quvchilarining sust faoliyati asosiga qurilgan bo’lib, tasviriy san‘at uchun ajratilgan vaqtning asosiy qismi pedagoglar 5 tomonidan muhim nazariy ma‘lumotlarni bayon etishga sarflanar, tasviriy san‘at talabalarining faolligini ta‘minlashga zaruriyat sezilmasligini ifoda etardi. Yuqoridagilarni inobatga olib o‘quv qo‘llanma ustidan ishni olib borish qaroriga keldik. Qo‘llanmada, biz o’z oldimizdagi maqsad va vazifalarni quyidagicha belgilab oldik: Tasviriy san‘at darslarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish va uni o’qitish usullarini mazmunini yoritish. Tasviriy san‘at darslarini samaradorligini oshirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish jarayoni. Tasviriy san‘at darslarini samaradorligini oshirishda interfaol usullarni qo’llash. Tasviriy san‘at darslarida qo’llaniladigan ta‘lim vositalarining mazmuniga pedagogik texnologiya elementlarini singdirish, darslarning samaradorligini oshirish, shuningdek, talabalarining bilim, ko’nikma, malakalari darajasini ortirish.


Download 33.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling