Ta'lim Tizimini Ilg'or Xorijiy Tajribalar Asosida Takomillashtirish Reja: Bо‘limning asosiy vazifalari tizimini ilg'or xorijiy tajribalar
Download 15.94 Kb.
|
Ta\'lim Tizimini Ilg\'or Xorijiy Tajribalar Asosida Takomillashtirish
Ta'lim Tizimini Ilg'or Xorijiy Tajribalar Asosida Takomillashtirish Reja: 1.Bо‘limning asosiy vazifalari tizimini ilg'or xorijiy tajribalar 2. Bо‘limning asosiy vazifalari Yigʻilishda yurtimiz professional taʼlim dasturlari YUNESKO tashkiloti tomonidan qabul qilingan Taʼlimning xalqaro standart tasniflagichi (MSKO) darajalari bilan uygʻunlashmaganligi, oʻquv jarayoniga Oʻzbekistonning Milliy kvalifikatsiya tizimi toʻlaqonli joriy etilmaganligi tayyorlanayotgan kadrlarning mehnat bozorida munosib oʻrin egallashlariga toʻsqinlik qilayotganligi aytib oʻtildi. Shu sababli rivojlangan mamlakatlar tajribasiga tayangan holda Oʻzbekiston uzluksiz taʼlim tizimini milliy modelini yaratishga erishish, yaʼni muvofiqlashtirish asosida milliy taʼlim tizimini jahon taʼlim tizimi bilan integratsiya qilish lozimligi taʼkidlandi. Bu esa oʻz navbatida malaka darajasiga ega boʻlgan bitiruvchilarning xalqaro miqyosda oʻz mutaxassisligi boʻyicha ishlashi, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarning oʻquvchilari va talabalari xorij (yoki aksincha)da tahsil olishini davom ettirishi hamda taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarini tan olish va nostrifikatsiyadan oʻtkazishni soddalashtirish uchun xizmat qiluvchi yagona tizimni joriy qilishga xizmat qiladi. Ishchi guruh aʼzolari tomonidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi masʼullari tayyorlagan meʼyoriy hujjat loyihalari koʻrib chiqildi hamda ularni takomillashtirish yuzasidan tezkor vazifalar belgilab olindi. Yakunda mazkur masalalar boʻyicha hamkorlikdagi ishlarni davom ettirish va yana tez fursatlarda uchrashib erishilgan natijalarni muhokama qilishga kelishib olindi. Bо‘limning maqsadi – fanlarni о‘qitishning ilmiy-metodik, amaliy muammolarini hal etishga qaratilgan ilg‘or pedagogik texnologiyalarni va tajribalarni joriy etish hamda ilmiy tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirib borishdan iborat. Bо‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: institutda olib borilayotgan ilmiy-metodik va ilmiy tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirib borish; institutda о‘tkaziladigan ilmiy-nazariy, ilmiy-amaliy konferensiya va seminarlar ishini muvofiqlashtirib borish; institut professor-о‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan metodik hamda о‘quv-uslubiy materiallarni nashr etishga tayyorlash; institutda о‘tkaziladigan konferensiya va seminarlarning materiallarini tо‘plam shaklida umumlashtirish va о‘rnatilgan tartibda chop etishga tayyorlash; qayta tayyorlash va malaka oshirishning ilmiy, metodik va amaliy muammolarini aniqlash va ularni hal etish yuzasidan tajriba-sinov ishlarini tashkil etish; tajriba-sinovdan muvaffaqiyatli о‘tgan ilg‘or pedagogik texnologiyalarni va tajribalarni institut saytiga joylashtirish hamda ulardan foydalanish monitoringini olib borish; Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi huzuridagi shahar metodika markazi va xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bо‘limlari bilan hamkorlikda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni va tajribalarni tajriba-sinovdan о‘tkazish jarayonini muvofiqlashtirish; fanni о‘qitishning ilmiy, metodik va amaliy muammolarini hal etishga qaratilgan ilg‘or tajribalar, pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish bо‘yicha kafedralar bilan birgalikda seminarlar, treninglar, ochiq о‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish; о‘quv fani bо‘yicha qayta tayyorlash va malaka oshirish sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot yо‘nalishlari va mavzularini belgilash; respublika va xalqaro miqyosda о‘tkaziladigan fundamental va amaliy tadqiqotlar tanlovlariga qatnashuvchi talabgorlarning hujjatlarini tayyorlash; institutda xalqaro va nodavlat notijorat tashkilotlar bilan hamkorlikda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni va tajribalarni joriy etish borasida olib boriladigan ishlarni muvofiqlashtirish. 2. Bо‘lim tarkibi va lavozim vazifalari Bо‘lim tarkibi jami 3 shtat birlikka ega: Bо‘lim boshlig‘i – 1 shtat birlik; Bо‘lim uslubchisi (1-toifali) – 1 shtat birlik; Bо‘lim uslubchisi (2-toifali) – 1 shtat birlik. Bо‘lim faoliyati Xalq ta’limi vazirligining 2015 yil 16 fevraldagi 34-sonli “Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institut (markaz)larining ustavini tasdiqlash tо‘grisida”gi buyrug‘iga asosan quyidagi 3 t Download 15.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling