O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qalandar abduraxmonov, Samandar qurbonov
Download 1.97 Mb. Pdf ko'rish
|
П INSON TARAQQIYOTI 2 тахрир булди
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12.3. Inson taraqqiyotida madaniyat sohasining tutgan o‘rni 12.4. Madaniyat va san’at sohasini moliyalashtirish manbalari
157 12-bob. INSON TARAQQIYOTI OMILLARI 12.1. Inson taraqqiyotining gender omillari 12.2. Turar joyga egalik – insonning asosiy huquqlaridan biri sifatida 12.3. Inson taraqqiyotida madaniyat sohasining tutgan o‘rni 12.4. Madaniyat va san’at sohasini moliyalashtirish manbalari 12.5. Atrof-muhitning inson taraqqiyotiga ta’siri 12.1. Inson taraqqiyotining gender omillari Ayollar va erkaklarning teng huquqligi inson huquqlarining eng asosiylaridan biri hisoblanib, ijtimoiy adolatni ta’minlashning shartidir. Ayni vaqtda bu tenglik, rivojlanish va tinchlikka erishishning zarur va asosiy sharti ham hisoblanadi. Ayollar va erkaklarning teng huquqlilik asosida sheriklik munosabatlarini o‘rnatish inson man- faatlariga yo‘naltirilgan barqaror rivojlanishning hal qiluvchi omillaridan biri hamdir. Bevosita shuning uchun BMT Mingyillik rivojlanish maqsad- larining 3-maqsadi erkaklar va ayollar tengligini rag‘batlantirish hamda ayollar huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirishni ko‘zda tutadi. Afsuski, insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida turmushning barcha sohalarida ayollar va erkaklar tengligi to‘la ta’minlangan birorta mamlakat yo‘q. Ammo tengsizlik, ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlar va eng kambag‘al oilalarda ko‘proq uchraydi hamda bu birgina odamlarning o‘zlari uchun emas, balki umuman jamiyat uchun ijtimoiy, psixologik va iqtisodiy muammolarni keltirib chiqaradi. Ayollar va erkaklar o‘rtasidagi tengsizlik ta’lim, ish vaqti, ish haqi, umr ko‘rish davomiyligi, hokimiyatda va boshqaruvda ishtirok etish kabi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Masalan: - ayollar jahon aholisining 50,0% dan ko‘prog‘ini tashkil etadi, lekin ular jahon mulkining 1,0% ga egalik qiladi; - ayollar jahonda bajariladigan ishlarning uchdan ikki qismini qiladilar, ammo jahonda olinadigan foydaning o‘ndan bir ulushiga egalar; 158 - savodsiz va ishsizlarning ko‘pchiligi – 60,0 % dan ko‘prog‘i xotin-qizlardir; - jahondagi har uch ayoldan bittasi umri davomida hech bo‘lmaganda bir marta zo‘ravonlikdan, ko‘pincha o‘z eridan jabr ko‘rgan; - jahondagi barcha parlamentlar a’zolarining faqat 20,0% ayollardir; - ayollar haq to‘lanmaydigan uy ishlarining asosiy qismini bajaradilar; - xotin-qizlar mehnatga haq to‘lash darajasi past bo‘lgan sog‘liqni saqlash va ta’lim sohasida ish bilan bandlarning ko‘pchiligini tashkil etadilar, erkaklar esa ish haqi yuqori bo‘lgan iqtisodiyotning transport, aloqa, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tarmoqlarida ayollarga nisbatan ko‘pdir. Jahondagi umumiy iqtisodiy pasayish, shuningdek, ayrim mintaqalardagi siyosiy beqarorlik ko‘pgina mamlakatlarda rivojlanish sohasida belgilab qo‘yilgan maqsadlardan chekinishga majbur qildi. Ushbu holat qashshoqlik ko‘lamlari nihoyatda ortishiga olib keldi. Qashshoq turmush kechirayotgan bir milliard nafardan ko‘proq aholi o‘rtasida ham ayollar ko‘pchilikni takshil etadi. Iqtisodiyotning barcha sohalaridagi inqiroz ishsizlik va to‘liq bo‘lmagan ish bilan bandlik darajasini oshirdi, bu ham birinchi navbatda ayollar ahvolini og‘irlashtirdi. Ko‘pincha ayollar ish bilan barqaror band bo‘lish kafolatini bermaydigan yoki mehnat sharoitlari xavfli va zararli bo‘lgan ishlarni bajarishga majbur bo‘ladilar. Aks holda ular ishsizlar safini to‘ldirishga majbur bo‘ladilar. Ko‘pgina xotin-qizlar mehnat bozorida ish haqi past va nufuzsiz mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishga majbur bo‘ladilar. Boshqa toifa ayollar o‘z oilalari daromadiga hissa qo‘shish maqsadida mehnat migratsiyasini tanlashdan boshqa chora topa olmaydilar. Jamiyat xotin-qizlar muammolarini hal qilish masalalariga hanuzgacha yetarli darajada e’tibor bermayapti. Holbuki, ayollar va erkaklarning resurslari va ijodiy salohiyatidan iloji boricha to‘liq foydalangan holdagina iqtisodiy va ijtimoiy o‘sishga erishish mumkin. Download 1.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling