[
OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.01.00.00
Umumiy qoidalar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.01.00 Umumiy qoidalar]
[
TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sug‘urta, ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy himoya]
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida
Ushbu Qonun O‘zbekiston Respublikasi
fuqarolarining qariganda, mehnat qobiliyatini to‘liq yoki qisman yo‘qotganda, boquvchisiz qolganda ijtimoiy ta’minlanishdan iborat konstitutsiyaviy huquqlarini ro‘yobga chiqarish, davlat pensiyalarining
yagona tizimini, ularni tayinlash,
hisoblab chiqarish, qayta hisoblash va to‘lash tartibini belgilaydi.
I BOB. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Fuqarolarning davlat pensiya ta’minotiga taalluqli huquqlari
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda davlat tomonidan pensiya bilan ta’minlanish huquqiga egadirlar.
Respublika hududidan tashqarida yashab turgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolarini pensiya bilan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng ravishda pensiya olish huquqiga egadirlar.
Ish stajiga ega bo‘lmagan fuqarolar va ularning oilalari ushbu Qonunga binoan davlat pensiyalari olish huquqiga ega emaslar. Ularning ijtimoiy ta’minlanish tartibini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilab qo‘yadi.
2-modda. Davlat pensiyalarining turlari
Ushbu Qonun bilan davlat pensiyalarining quyidagi turlari belgilanadi:
yoshga doir pensiya;
nogironlik
pensiyasi;
boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi.