O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «iqtisodiyot» fakulteti
Jahon mehnat bozorining rivojlanishiga ta’sir etuvchi iqtisodiy omillar
Download 1.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Ташқи иқтисодий фаолият статистикаси.Аюбжонов А.Х ва бош. Ў-қ 2007.
5.3. Jahon mehnat bozorining rivojlanishiga ta’sir etuvchi iqtisodiy omillar
tahlili Ma’lumki, jahon mehnat bozoridagi vaziyat boshqa barcha bozorlar kabi talab va taklif asosida aniqlanadi hamda bir qator omillar bilan belgilanadi. Bu omillar shartli ravishda iqtisodiy, demografik, siyosiy omillarga bo‘linib, ular o‘zaro bog‘langan. Bular orasida iqtisodiy omillar eng muhim sanaladi, chunki qolgan barcha omillar pirovardida iqtisodiy muammolarga aylanadi yoki iqtisodiy oqibatlarga olib keladi. Chunonchi, mamlakatlardagi ishchi o‘rinlariga nisbatan aholining tez sur’atlar bilan o‘sishi. Iqtisodiy omillar deganda, har bir davlat iqtisodiy tizimining mustahkamligini, uning o‘sish darajasi va rivojlanish ko‘lami tushuniladi. Dunyoning turli mintaqalarida iqtisodiy imkoniyatlar, mehnat sharoitlari va ish haqi o‘rtasida yuzaga kelgan sezilarli farq ishchi kuchini mamlakatlararo ko‘chib yurishiga sabab bo‘luvchi muhim omil hisoblanadi. Masalan, AQSh va Meksikadagi daromadlarning taxminan 10 baravarga farq qilishi meksikalik ishchilarni AQShga ish qidirib ko‘chib o‘tishlarining asosiy sababidir. 80-yillarning boshida Evropa Hamjamiyati mamlakatlarida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot hajmi Hamjamiyatga a’zo bo‘lmagan mamlakatlarnikidan 4,7 marta ortiq bo‘lgan. Shunday qilib, Er yuzida boy va rivojlanmagan mamlakatlarning mavjudligi xalqaro mehnat bozori amal qilishini belgilovchi asosiy omil hisoblanadi. Jahon mehnat bozorining ahvoli u yoki bu davlatlarning iqtisodiy rivojlanish sur’atlari o‘zgarishiga bog‘liq bo‘ladi. Jumladan, bunday bog‘liqlik davriy pasayishlar va ko‘tarilishlar paytida, jahon bozorida ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklifda bevosita aks etadi hamda mamlakat qanchalik yirik bo‘lsa, uning ta’siri ham shunchalik kuchli bo‘ladi. Masalan, 1991-1992 yillarda dunyoning rivojlangan mamlakatlarida davriy pasayish ro‘y berdi. Buning natijasida, 1992 yilning o‘rtalariga kelib rasmiy ro‘yxatlardan o‘tgan ishsizlar soni 30 mln. dan oshib ketdi, ishsizlik darajasi 1974 yildagi 5,2%dan 6,0%ga ko‘tarildi. Shu bilan birga bunday holat o‘z navbatida rivojlangan mamlakatlarda xorijiy ishchi kuchiga bo‘lgan talab pasayishiga olib keladi. O‘zbekiston Respublikasida mehnat bozori tub ma’noda mustaqillik yillaridan boshlab shakllanib bordi. 1992 yilda Oliy Majlis tomonidan "Aholi bandligi to‘g‘risida" qonun qabul qilindi. Shundan so‘ng respublikada bandlik sohasida bozor infratuzilmalari va uni boshqarish mexanizmlari yaratila boshlandi. Natijada hozirgi paytga kelib mehnat faoliyatining turli mulkchilik shakllari, tadbirkorlikka asoslangan turli shakl va usullari paydo bo‘ldi. Bozor munosabatlariga faol kirishgan aholining tadbirkor qatlamlari shakllandi. Oxirgi paytlarda aholini ishga joylashtirish masalasida ustunlik ko‘proq nodavlat sektoriga berilmoqda. Respublikamizda ishlab chiqilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tishning umumiy strategiyasi bir qancha qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarda o‘z ifodasini topdi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish masalasining rivojlanib ketishiga mamlakatimiz Prezidentining 1994 yil 21 yanvarida qabul qilgan "Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk va tadbirkorlik rivojini himoyalash to‘g‘risida"gi Farmoni katta turtki bo‘ldi. Natijada mehnat bozori sohasida ham katta o‘zgarishlar yuz berdi bozor iqtisodiyotiga o‘tishning ikkinchi bosqichiga o‘tildi. 64 Respublikamizda oxirgi yillarda aholining mutlaq va nisbiy bandligi oshib bormoqda. Iqtisodiyotda band bo‘lganlar soni muttasil oshib bormoqda. Agar 1991 yilning oxirlarida iqtisodiyotning turli sektorlarida band bo‘lganlar soni 8.254,6 ming kishini, 1996 yilda 8.561,0 ming kishini tashkil qilgan bo‘lsa, 2004 yil oxiriga kelib 9.910,6 ming kishini tashkil qildi. Ya’ni, band aholi soni 2004 yilda 1991 yilga nisbatan 1.656,0 ming kishiga yoki 20,1 foizga oshdi. Band aholining o‘rtacha yillik qo‘shimcha o‘sish sur’ati yiliga 3,4 foizni tashkil qildi (2.2.1-jadval). Ishchi kuchining ochiq bozori iqtisodiy faol aholining nisbatan kam qismini qamrab olgan, unda asosan malakasiz (o‘rta ma’lumotli kishilar) kadrlar qatnashadi. 2004 yilda mehnat resurslarining o‘rtacha soni 14.021 ming kishini tashkil qilib, u doimiy aholining 54,2 foiziga teng. Iqtisodiy faol aholi soni 9.945,5 ming kishi bo‘lib, undan 99,6 foizi, ya’ni 9.910,6 ming kishi iqtisodiyotda band bo‘lgan. 2004 yilda band bo‘lgan aholining 31,0 foizi qishloq va o‘rmon xo‘jaligida, 13,3 foizi maorif, madaniyat, san’at, fan va fanga xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida, 13,0 foizi sanoatda, 8,7 foizi savdo, umumiy ovqatlanish, ta’minot va tayyorlash tarmoqlarida, 8,2 foizi qurilishda va 7,0 foizi sog‘liqni saqlash sohasida faoliyat yuritganlar (5.3.1- jadval). Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling